Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan


Download 46.54 Kb.
bet4/12
Sana16.06.2023
Hajmi46.54 Kb.
#1517830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Konsentrlangan nitrat kislota olinishi

Olinishi Tarixi.
Nitrat kislota XVIII asrdan buyon ma`lum. Ming yillardan ko`proq vaqtdan beri uni selitrani temir ko`porosi yoki qo`sh tuzlar- achchiq toshlar bilan aralashtirib qizdirish yo`li bilan olingan. XVIII asirning oxirlarida XX asirning 20-yillarigacha nitrat kislata faqat tabiy selitradan konts.sulfat kislata ta`sir ettirib olingan.
NaNO3+H2SO4=HNO3+NaHSO4
Nitrat kislataning azot oksidlaridan olish mumkinligi ilgari vaqtlardan buyon ma`lum.Ammo azot oksidini sanoatda olishning tuzukroq usuli uzoq yillar davomida topilmadi.Azot oksidi olishning birinchi plazma (elektr yoy) usuli iqtisodiy samaradorligi darajasi pastligi uchun xalq xo`jaligi sohasida keng tarqalmadi. Ammo bu usulda tabiatda havodagi elektr razryadi paytida azot va kislaroddan azot oksidlari hosil bo`lib turadi. Masalan chaqmoq chaqqanda 1500kg gacha azot birikma holga o`tadi va u qor va yomg`ir suvlarida erib azot birikmalari shaklida erga tushadi va erni azotga boyitadi.Ammiakni oksidlash usuli. Bu usul 1839 yilda Kyul'man NH3 platina ishtirokida azot oksidiga aylantirish mumkin ekanligini aniqlagan paytdan boshlab ma`lum. Ammo bu jarayonni sanoatda ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida XX asirning boshlaridagina V.Ostvol'd chuqur o`rgandi. Natijada 1909 yilda Germaniyada Ostvol`d usuli bo`yicha birinchi tajriba zavodi qurildi. Keyinchalik Evropaning ko`pgina mamlakatlarida (Bel`giya,Angiliya)ham yuqoridagidek zavodlar ko`rila boshlandi. Ammo bu zavodlarning mahsuldorligi past edi (masalan, Germaniyadagi zavod yiliga 1800t kuchsiz nitrat kislata ishlab chiqarardi xolos). 1914-16 yillarda injener I.I.Andreev ammiakning oksidlanishga turli faktorlarining ta`sirini o`rganib bu jarayonni ancha takkomillashtirdi.I.Andreev loyixasi asosida Rossiyada birinchi nitrat ishlab ishlab chiqarish zavodi, 1917 yilda Yuzovka xozirgi Donetskiy shahrida qurildi. Unda ko`mirni kokslashda olinadigan ammiakni ajratib olish va tozalashning yangi usuli qo`llaniladi. Kontakt apparatining keng yuzali konsturuksiyasi va platina - iridiyli kattalizatordan foydalanish yuttirish minoralari qurilishida kislataga chidamli granitdan foydalanish kabi ko`bgina ijobiy yangiliklar qo`llanilishi sababli zavod mahsuldorligini ancha oshirishga erishildi. I.I.Andreevning bu sohadagi ishlari sovet va hatto dunyoda nitrat kislata ishlab chiqarish taraqqiyotiga katta hissa bo`lib qo`shildi.Sanoatda nitrat kislataning quyidagi turlari ishlab chiqariladi.1.Kuchsiz yoki suyuq holda;
1-nav -56 %li.
2-nav -47 %li.
3-nav -45 %li.
2.Kontsentrlangan.
1-nav -98 %li.
2-nav -97 %li.
3.Melanj (fransuzcha so`z bo`lib aralashma ma`nosini anglatadi) 89 % nitrat kislata.7,5 % sulfat kislatadan iborat.


Download 46.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling