AZOT (II)-OKSIDINI AZOT (IV) -OKSIDIGACHA OKSIDLASH VA AZOT (IV)-OKSIDINI DIMERLASH
Azot (II) -oksidining azot (IV)-oksidiga aylanish reaktsiyasi, kinetik xududda boruvchi ,nokattalatik,gomogen reaktsiyadir. Nitrat kislata ishlab chiqarishda eng sekin boruvchi bosqich NO ni NO2 ga oksidlanishi reaktsiyasidir.Mana shu reaksiya ishlab chiqarish jarayonining umumiy tezligini belgilaydi. Bu reaktsiya nitrat kislata ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichi bo`lib ,qu`yidagi tenglama bo`yicha boradi.
2NO+O2 =2NO2+112,3kJ
Bu reaktsiya 1500 С dan past haroratda, amalda to`liq hosil bo`lishi tomonga yo`naladi. Agar haroratga oshirilsa muvozanat chapga, ya`ni NO2 ni parchalanib NO va O2 hosil bo`lish tomon siljiydi. 8000 С da NO2 ning hosil bo`lishi umuman to`xtaydi. Barcha bir bosqichli reaktsiyalarda haroratning ortishi reaktsiya tezligini keskin oshiradi, ammo NO ning NO2 ga oksidlanish reaktsiyasi, bu umumiy qoidaga bo`ysunmaydi, aksincha haroratning ortishi bu reaktsiya tezligini kamaytiradi. Bu hodisani tushuntirish uchun bir necha gipotezalar o`rtaga tashlangan. Bulardan nisbatan to`g`ri deb tan olingani, bu NO ning oksidlanishi orqali mahsulot demir hosil bo`lish bilan borish reaktsiyasidir.Ikkinchidan reaktsiya natijasida hosil bo`lgan NO bosimning yuqoriligi va havo o`rniga ortiqchasi bilan toza kislorod olinganligi uchun darhol NO2 ga va NO2 qisman N2O4 ga aylanadi. uchinchidan haroratning oshirilganligi NO2 ni suv bilan o`z ta`sirini oshiradi.Bunda boradigan reaktsiyalarni (tenglamalarni soddalashtirish maqsadida NO2 ning suv bilan o`zaro ta`siri reaktsiyasini hisobga olmay yozsak) quyidagicha yozish mumkin.
N2O4 =2N2O= 4NaNO3+2 NO
2NO+O2=NO2
Bitta tenglama bilan ifodalaydigan bo`lsak quyidagicha yoziladi:
2N2O4+2N2O+O2= NO3 +78,6kJ
Reaktsiya uchun olingan suvning hammasi birikkanligi uchun yuqori kontsentratsiyali kislota hosil bo`ladi. Ortiqcha NO2 va N2O4 lar suv tugagach kislotada erib nitroolium hosil qiladilar. Bosim qanchalik yuqori bo`lib harorat past bo`lsa NO2 va N2O4 lar kislotada shunchalik tez eriydi. -100S da 98 %li nitrat kislota 30%li nitroleum hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |