Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan


Download 46.54 Kb.
bet8/12
Sana16.06.2023
Hajmi46.54 Kb.
#1517830
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Konsentrlangan nitrat kislota olinishi

4NН3(б)Q5О2(г0=4NО(г)Q6Н2О(б)QQ (1)
Bir texnologik qurilmada bunday kontakt apparatidan ikkita bo‘lib, har birini diametri 2,2metrga tengdir. Kontakt apparati ichida ustma-ust qo‘yilgan 12ta, asosan plastikadan yasalgan, to‘r joylashtirilgan. Harorat 1200К(930оС)atrofida ammiakni to‘la oksidlanish darajasi 96%gacha erishiladi. Hosil bo‘lgan nitroza gazlari shu kontakt apparatining davomi sifatida uni pastki qismiga joylashtirilgan qozon-foydalangichga yuboriladi. U yerda nitroza gazlari issiqligi xisobiga bosimi 1,7MPa, haroratni 500K bo‘lgan bug‘ olinadi. So‘ngra nitroza gazlari oksidlovchi apparat (11)ga beradi. U yerda azot monooksidi nitroza gazi tarkibidagi kislorod bilan reaksiyaga kirishib, azot dioksi NО2ni hosil qiladi:
2NО(г)2(г)=2NО2(г)QQ (а)
Bu ekzotermik reaksiya hisobiga nitroza gazlari yanada isiydi. Shu munosabat bilan, nitroza gazlarini sovutish maqsadida, nitroza gazlari havoni isitish (6) va sovutgich (7)larga yuboriladi, va ularda 320Kgacha sovutiladi. Bu vaqtda nitroza gazlari tarkibidagi bug‘ning asosiy qismi kondensatsiyalanib, suyuqlikka o‘tadi. Bu vaqtda qisman konsentratsiya 40% bo‘lgan nitrat kislotasi ham xosil bo‘ladi:
3NО2(г)2О(с)=2НNО3(с)QNО(г)QQ (6.)
So‘ng nitroza gazlari separator (8)ga yuboriladi. U yerda hosil bo‘lgan kondensat nitroza gazidan ajratiladi. Azot oksidlari deyarli to‘liq nitrat kislotasiga aylanishiga erishish uchun nitroza gazlari absorbsion minora (9)ning pastki qismiga yuboriladi. Bu minoraning tepa qismidan esa texnologik suv beriladi. Separator (8)dan chiqayotgan kondensat, ya’ni 40%lik nitrat kislota eritmasi absorbsion minora (9)ning o‘rtarog‘ida joylashgan, taxminan 47%li nitrat kislotasi hosil bo‘ladigan liqobga (tarelkaga) yuboriladi. (31.b.) reaksiya geterogen bo‘lgani azot oksidlari bilan suvni uchrashish yuzasini oshirishga erishish uchun absorbsion minora (9) ichida 50ta tursimon liqobga qo‘llanadi. To‘rning diametri 2mm, absorbsion minora diametri 3,2m, balandligi esa 44m ni tashkil etadi. Azot oksidlarining absorbsiyalanish darajasi 99-99,5%ni tashkil etadi. Natijada konsentratsiyasi 56-60% bo‘lgan nitrat kislotasi olinadi. Bu hosil bo‘lgan nitrat kislotasi puflash minorasi (10)ga yuboriladi. U yerda 0,73Mpagacha siqilgan 400K haroratdagi atmosfera havosi bilan puflanib, nitrat kislotasi tarkibidagi oshiqcha fizik absorbsiyalangan NO2gazlari kislota tarkibidan chiqazib tashlanadi. Tozalangan bu nitrat kislotasi omborxonaga, azot oksidlari esa absorbsion minoraning o‘rta qismiga yuboriladi. Absorbsion minoraning tag qismidan ham 400 haroratdagi siqilgan havo berib turiladi, nitroza gazlaridan foydalanish darajasini oshirishga erishish uchun. Reaksiyaga kirishaolmay qolgan nitroza gazlari absorbsion minora (9)dan aralashtirgich (5)ga yuboriladi. U yerda turbokompressor (2)dan kelayotgan sikilgan havoning uchdan bir qismi, so‘ng tabiiy gaz bilan aralashib, reaktor (4)ga yuboriladi. U yerda tabiiy gaz havodagi kislorod bilan ekzotermik reaksiyaga kirishadi:

Download 46.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling