Suyuq nitrat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxema. Nitrat kislota ishlab chiqarish usuli qo`llaniladigan bosimga qarab 3-tipga bo`linadi:
1. Atmosfera bosimida ishlovchi qurilmalar;
2. Yuqori bosimda ishlovchi qurilmalar;
3. qurama(kombinatsiyalangan, qo`shilgan) qurilmalar.
Binobarin bunda, ammiakni oksidlash pastroq bosimda 0,3-0,4 MPa, azot oksidlarini azot kislatasiga aylantirish, yuqoriroq bosimda (0,8-1,2 MPa) olib boriladi.Atmosfera bosimida ishlovchi qurilmalarda maxsuldorlikning pastligi NO ni oksidlanishi va NO2 ni adsorbsiyasi intensivligining pastligi, katta hajmdagi adsorbsiya qurilmalari talab qilinishi, atmosferaga chiqib ketuvchi gazlarni azot oksidlaridan tozalash uchun ko`p ishqor sarflanishi kabi kamchiliklari tufayli hozirgi vaqtda bu tipdagi qurilmalar ishlatilmaydi.
Yuqori bosimda ishlovchi qurilmaning atmosfera bosimida ishlovchi qurilmadan ustunligi quyidagilardan iborat:
1. Azod oksidlarini nitrat kislotaga aylantirish 98-99 %gacha ortadi. Olingan kislota kontsentratsiyasi 60-62 %ga ko`tariladi ishqoriy adsorbtsiyalash jarayoniga ehtiyoj qolmaydi;
2. Adsorbtsion kolonnasining hajmi, atmosfera bosimida ishlovchi qurilmada qo`llaniladigan nasadkali minoralar hajmidan o`nlab marotaba kichik
3. qurilmalarni qurish uchun kam mablag sarflanadi;
4. qurilmalarda xizmat qilish, ularni ishlatish ancha soddalashadi.
Ammo,yuqori bosimda kattalizatorning yo`qotilishi va energiyani ko`p talab qilishi bu tipdagi qurilmalarni keng tarqalishga katta to`siq b`o`lmoqda. SHuning uchun ham keyingi yillarda qurama tipdagi qurilmalar keng tarqalmoqda.
Qurama (kombinatsiyalangan) usulda suyuq nitrat kislota ishlab chiqarish.
qurama (kombinatsiyalangan) usulda suyuq nitrat kislota ishlab chiqarish
Bu usulda ishlovchi kurilma sxemasi 68-rasmda berilgan.
Kompressorda 0,4 MPa bosimgacha siqilgan va 2000S gacha qizigan havo kontakt apparatining g`ilofi orqali o`tib qiziydi va aralashtirgichga borib fil'trlangan va qizigan ammiak bilan aralashadi, so`ngra kontakt apparatining o`ziga o`rnatilgan tozalagichdan o`tgib tozalangan, havo-ammiak aralashmasi ikki qavat kattalizator (platinali to`r qavat va uning ostida platinasiz kattalizator kavatlari) orqali o`tadi. Platinali qavatdan o`tgach fil'tirlanib platina zarrachalari ushlab qolinadi. Nitroza gazlari (850-8800S) reaktor ichida o`rnatilgan bug` gazoni orqali o`tadi,keyin suv isitgichdan o`tib o`z issiqligini yana 1800S gacha pasaytiradi.So`ngra havo sovutgichlar orqali o`tib 600S gacha sovuydi va nitroza kislota bilan sug`orilib turuvchi yuvgichga boradi. Yuvgich ostiga yig`ilib qolgan 47 %li nitrat kislota adsorbergayuboriladi. Sovugan nitroza gazlari nitroza kompressorida 1,1-1,2 MPa bosimgacha siqiladi va suv qizdirgich, keyin havo sovutgichi orqali o`tib sovugach adsorbsion kolonnaga kiradi. hosil bo`lgan 60 %li nitrat kislota, puflash kolonnasiga va undan omborxona qavzasiga boradi. Puflash kolonnasidan chiqqan nitroza gazlari yuvgichga kirishdan oldin tsiklga qo`shiladi. CHiqindi gazlar yuqori bosimda ishlovchi qurilmadagidek parchalab yuboriladi. Bunday qurilmalarning maxsuldorligi 3 marta oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |