Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan
Xulosa…………………………………………………………………………….27
Download 54.74 Kb.
|
Natriy yodid xw (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi va vazifalari
- Kurs ishining ob’ekti
- Kurs ishining tarkibiy qismini
Xulosa…………………………………………………………………………….27
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………...…28 Mavzuning dolzarbligi Bu mavzu orqali natriy va yod tutgan birikmalarini chiqindisiz texnologiyalar va tannarxi arzon bo’lgan xomashyodan olish usullarini o’rganiladi. Natriy yodid orqali olingan turli xildagi mahsulotlarning qanday sohalarda ishlatilishini va uni yanada kengroq sohada ishlatilishni o’rganishimiz mumkin. Eng muhimi natriy yodidning turli xil usullarda olinishini ko’rib chiqish mumkin. Bu usullar orqali O’zbekistonda natriy yodidning olishning eng arzon usulini ko’rib chiqish mumkin. Bu xomashyo sarfini kamaytirib, undan qoladigan chiqindilarni kamaytiradi. Bu esa o’z navbatida atrof-muhitni turli xil chiqindilardan zararlanishini saqlaydi. Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Bu mavzu orqali, nartiyning davriy sistemadagi o’rnini va atom tuzilishini, tabiatda tarqalishini, fizik va kimyoviy xossalarini, uning birikmalarini tabiatda tarqalishini, birikmalarini fizik va kimyoviy xossalarini, ularga qisqacha ta’rifni o’rganishimiz mumkin. Eng muhimi bu mavzu orqali natriy yodidga qisqacha ta’rif, uning turli usullar bilan olinishini, qanday sohalarda ishlatilishi va hayotimizdagi ahamiyatini bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari natriy yodidning turli xildagi birikmalari haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarga ham ega bo’lamiz. Kurs ishining ob’ekti: Natriy yodidning olinishi va xossalari kimyo adabiyotlari. Kurs ishining predmeti: Natriy yodidning olinishi va xossalari tuzulishi , tarkibi, molekulyar og’irligi , zichlik, kimyoviy xossalar, o‘rganish va tahlil qilish tadqiqot predmetini tashkil etadi. Kurs ishining tarkibiy qismini kirish, ikkita qism , birinchi qismda uch paragrafdan , ikkinchisida bir paragrfdan iborat, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar iborat. 1.1 Yod va uning birikmalari haqida umumiy tushuncha Yod (lot. Iodum, yun. iodis — binafsha rangli), I — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami —53, atom massasi 126,9045. Yod 1811 yilda fransuz kimyogari Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Yod atom massasi 127 ga teng boʻlgan bitta barqaror izotopdan iborat. Oksidlanish darajasi — 1, +1, +3, +5 va +7; elektronga moyilligi —3,08 eV. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,5; at. radiusi 0,136 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion soni keltirilgan) I-—0,206 nm (6), 15+—0,058 nm (3), 0,109 nm (6), -0,056 nm (4), 0,067 nm (6). Yod tarqoq element, minerallaridan — yodargarit Agl lar tarkibida, magma va choʻkma togʻ jinsida uchraydi. Yod togʻ jinslaridan suv taʼsirida yuvilib ajraladi va organizmlarda yigʻiladi. Masalan, suv oʻtlarida (ularning kulida) Yod miqdori 0,5% gacha boʻladi. Yod ning asosiy manbai okean suvlaridir (1l suvda oʻrtacha 5-10~5 g). Yod organik moddalarda oson yigʻiladi. Sanoat miqyosida Yod neft va gaz konlaridan ular bilan birga chiqadigan yoʻlakay suvlar va yer osti issiq shoʻr suvlari (0,01—0,1 kg/m3), selitra qatlamlaridan (1% gacha) olinadi. Suyuqlanish temperaturasi 113,5°C, qaynash temperaturasi 184,35°C; qattiq Yod ning zichligi 4,94 g/sm3, suyuq Yodniki 3,96 g/sm3. Download 54.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling