Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan


Natriyni laboratoriyalarda qo’llanishi


Download 54.74 Kb.
bet6/9
Sana09.06.2023
Hajmi54.74 Kb.
#1469999
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Natriy yodid xw (1)

1.3 Natriyni laboratoriyalarda qo’llanishi
Kimyo laboratoriyalarida asosan natriydan biror bir reaksiyaning borishidagi suvdan qutilish uchun foydalaniladi. Efirlar bilan bajariladigan muayyan kimyoviy reaksiyalar faqatgina ularning tarkibida suv bo’lmagan hollardagina amalga oshadi. Juda-juda kam miqdordagi suv ham bunday reaksiyani butunlay imkonsiz qilib qo’yishi muqarrar bo’ladi. Lekin, efir saqlanadigan istalgan idishda istaysizmi, yo’qmi - baribir qandaydir miqdorda suv qoldig’i bo’ladi. O’sha kichik miqdordagi suvdan xalos bo’lish uchun esa, kimyogarlar tubida kichik tirqish bo’lgan tor silindr idishga natriy bo’lakchasini soladilar. Keyin esa silindrga porshen tiqiladi va richag yordamida pastga bosiladi. Porshen bosimi ostida yumshoq natriy silindr tubidagi tirqishdan chiqib keladi (xuddi tyubikdan tush pastasi siqib chiqarilgandek) va efir saqlanayotgan kolbaga tushiriladi. Kolba zich berkitiladi va natriy o’z ishini boshlaydi. U efir bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin uning tarkibidagi suvni o’ziga torta boshlaydi. Buni kolbada vodorod pufakchalari hosil bo’lishidan bilish mumkin bo’ladi.
Natriydan shuningdek, natriyli bug’-yorug’lik lampalarida foydalaniladi. Bu holatda, lampani to’ldirib turgan neon gaziga ozgina natriy qo’shiladi. Ushbu neonnatriy aralashmasidan elektr toki o’tkazilganda, undagi natriy bug’lanadi hamda juda yorqin sariq nur taratadi. Bunday lampadan taralgan nur, oddiy lampa nuriga qaraganda kuchliroq bo’ladi va tuman sharoitida ancha uzoqroq masofani yoritib bera oladi.
Natriyning ko’plab birikmalari bizga juda yaxshi tanish va kundalik turmushda keng qo’llaniladi. Lekin, juda foydali, biroq, ko’pchilikka notanish bo’lgan natriyli birikma natriy peroksidi (Na2O2) deyiladi. U ikki atom natriy va ikki atom kisloroddan iborat bo’lib, natriyning yonishidan hosil bo’ladi. Xuddi vodorod periksidi va ozon singari, natriy peroksid ham oqartiruv maqsadlarida qo’llanishi mumkin. Lekin, uning bundan-da muhimroq o’zga vazifasi ham mavjud. U uglerod dioksiddagi uglerod va bitta kislorod atomi bilan birikadi. Bunda bitta kislorod atomi erkin holda ajralib chiqadi. Agar nafas chiqarishda, chiqarilayotgan havoni natriy peroksiddan o’tkazilsa, uning tarkibidagi karbonat angidrid gazi, ya’ni, uglerod dioksidi kislorod bilan almashadi. Natijada, o’pkadan chiqqan havo yana nafas olishga yaroqli holga keladi. Natriy peroksidning ushbu xossasi, havodan erkin kislorod olishga bo’lgan imkoniyat juda past bo’lgan yopiq joylarda ishlovchi odamlar uchun kislorod ta’minotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, orbital stansiyalarda va suvosti kemalarida aynan bir hajm havoni nafas olishda takroran ishlatish uchun natriy peroksiddan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Natriy va kaliy atomlari kimyoviy reaksiyalarda valent elektronlarini oson berib, musbat zaryadlangan ionlarga N a+ va K+ ga aylanadi. Bu metallarning ikkalasi — kuchli qaytaruvchilar. Havoda natriy bilan kaliy tez oksidlanadi, shu sababli ular kerosin ostida saqlanadi. Ular ko‘pchilik metallmaslar — galogenlar, oltingugurt, fosfor va boshqalar bilan oson reaksiyaga kirishadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda vodorod bilan gidridlar N aH , KH hosil qiladi.
Metallarning gidridlari suv ta’sirida oson parchalanib, tegishli ishqor bilan vodorodni hosil qiladi: NaH + H20 = NaOH + H2 T Natriy m o‘l kislorodda yondirilganda natriy peroksid Na2O2 hosil bo‘ladi, u havodagi nam karbonat angidrid bilan reaksiyaga kirishib, kislorod ajratib chiqaradi: 2Na202 + 2C02 = 2Na2C03 +02T Natriy peroksidning suv osti kemalarida kislorod olish uchun va yopiq binolarda havoni regeneratsiya qilish uchun ishlatilishi ana shu reaksiyaga asoslangan.
Ishqoriy metallarning atomlarida 4 va undan ko‘p erkin oibitallarga bitta tashqi elektron to‘g‘ri kelganligi va atomning ionlanish energiyasi kamligi sababli metallarning atomlari orasida metall bog‘lanish vujudga keladi. Metall bog‘lanishli moddalar uchun metall yaltiroqligi, plastiklik, yumshoqlik, elektr o'tkazuvchanlik va issiqlik o ‘tkazuvchanligining yaxshiligi xos xususiyat hisoblanadi. Natriy va kaliyning ham ana shunday xossalari bor. N atriy va kaliy — kum ushsim on-oq metallar, natriyning zichligi 0,97 g/sm 3, kaliyniki — 0,86 g/sm 3, juda yumshoq, pichoq bilan oson kesiladi. Tabiiy natriy bitta ” Na izotopdan, kaliy esa — ikkita barqaror izotop (93,08%) va ^ К (6,91 %) hamda bitta radioaktiv ^ K (0,01%) izotopdan tarkib topgan. Ilmiy tekshirishlarda sun’iy yo ‘l bilan olinadigan radioaktiv izotoplar ishlatiladi.
Natriy barcha kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Uning deyarli barcha tuzlari suvda eriydi. Ulardan eng muhimlari — natriy xlorid (osh tuzi), soda va natriy sulfat. Natriy xlorid N aC l — ovqatga solinadigan zarur modda, oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda, shuningdek, natriy gidroksid, xlor, xlorid kislota, soda va boshqalar olish uchun xomashyo sifatida foydalaniladi.
Natriy tuzlari (natriy ionlari) gorelka alangasini sariq rangga kiritadi. Bu birikmalardagi natriyni aniqlashning eng seziluvchan usulidir.
Natriy yodidi yod manbai bo’lib, tomir orqali oziqlantirishning bir turi bo’lgan umumiy parenteral ovqatlanish uchun qo’shimcha sifatida berilishi mumkin.
Qalqonsimon bez diagnostikasi va davolashda.O’zining radioaktiv shaklida
NaI ba’zi bemorlarda qalqonsimon bezning funktsiyasini va tuzilishini baholash uchun diagnostika vositasi sifatida ishlatilgan

Download 54.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling