Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan


Download 54.74 Kb.
bet4/9
Sana09.06.2023
Hajmi54.74 Kb.
#1469999
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Natriy yodid xw (1)

1.2. Natriy va uning birikmalari


Natriy birikmalari dengiz suvida hamda, tirik to‘qimalarda juda ko‘p miqdorda uchraydi. Ular hayot uchun muhimdir. Odam organizmning o‘zi ham
0.15% qismi natriydan iboratdir.
Natriyning ko‘plab birikmalari bizga juda yaxshi tanish va kundalik turmushda keng qo‘llaniladi. Lekin, juda foydali, biroq, ko‘pchilikka notanish bo‘lgan natriyli birikma natriy peroksidi (Na2O2) deyiladi. U ikki atom natriy va ikki atom kisloroddan iborat bo‘lib, natriyning yonishidan hosil bo‘ladi. Xuddi vodorod periksi va ozon singari, natriy peroksid ham oqartiruv maqsadlarida qo‘llanishi mumkin. Lekin, uning bundan-da muhimroq o‘zga vazifasi ham mavjud. U uglerod dioksiddagi uglerod va bitta kislorod atomi bilan birikadi. Bunda bitta kislorod atomi erkin holda ajralib chiqadi. Agar nafas chiqarishda, chiqarilayotgan havoni natriy peroksiddan o‘tkazilsa, uning tarkibidagi karbonat angidrid gazi, ya'ni, uglerod dioksidi kislorod bilan almashadi. Natijada, o‘pkadan chiqqan havo yana nafas olishga yaroqli holga keladi. Natriy peroksidning ushbu xossasi, havodan erkin kislorod olishga bo‘lgan imkoniyat juda past bo‘lgan yopiq joylarda ishlovchi odamlar uchun kislorod ta'minotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, orbital stansiyalarda va suvosti kemalarida aynan bir hajm havoni nafas olishda takroran ishlatish uchun natriy peroksiddan foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Natriyli birikmalar orasida, nisbatan kuchsiz asos xossasiga ega bo‘lgan natriy karbonati (Na2CO3) molekulasida ikkita natriy, bitta uglerod hamda uchta kislorod atomlari bo‘ladi.
Natriy kumush kabi oq, yumshoq metall; pichoq bilan oson kesiladi. Kimyoviy jihatdan juda faol. Havoda oson oksidlanadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib (reaksiya baʼzan portlash bilan boradi), natriy gidroksid NaOH va H2 hosil qiladi. Vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt,uglerod va boshqa bilan reaksiyaga kirisha oladi. Natriy suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Koʻpgina metallar bilan qotishmalar beradi.
Na — Mendeleyev davriysistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor. Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 23Na va 24Na muhim Metall holidagi Natriyni 1807-yilda ingliz olimi Devi oʻyuvchi natriyni elektrolizlab ajratib olgan.
Tabiatda uchrashi. Nartiy tabiatda keng tarqalgan. Massa jihatdan Yer poʻstining 2,64% ini tashkil qiladi. Quyosh atmosferasi va yulduzlararo fazoda nartiy borligi aniqlangan. Dengiz suvida 1,5t natriy bor. Natriy tabiatda faqat birikma (tuzlar) holida uchraydi. Ulardan eng muhimlari: natriy xlorid, yaʼni osh tuzi (tosh tuz,galit) NaCl, natriy sulfat (mirabilit, glauber tuzi) Na2SO10H2O, natriy nitrat (chili selitrasi) NaNO3, natriy sulfat (tenardit) Na2SO4, trona NaH(CO3)2, natriy alyuminiy geksaftorid (kriolit) 3NaF×AlF3, natriy tetraborat. Bundan tashqari, Natriy Sa, Sr, Ba, Mg, Al va nodir elementlari bilan birgalikda koʻpgina tabiiy silikatlar tarkibiga kiradi. Natriy oʻsimliklar (boʻyimodaron, dengiz oʻti) tarkibida ham bor. Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida boʻladi.
Olinishi. Sanoatda natriyning suyuqlantirilgan yuzlarini elektroliz qilib olinadi. Masalan, nartiy xlorid suyuqlanmasi tegishli ionlarga dissotsiatlanadi: NaCl=Na+ + Cl-
Doimiy tok o‘tkazilganda bu suyuqlanmadagi nartiy ionlari katodga tortiladi va elektron qabul qilib, erkin holda ajraladi; xlor ionlari anodga tortiladi va elektron berib erkin xlor gazi holida ajralib chiqadi.
Na+ + ē = Na0; 2Cl- + 2ē = Cl02; Cl- +Cl- = Cl2

Download 54.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling