Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan
Download 54.74 Kb.
|
Natriy yodid xw (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atom xossasi
- Kimyoviy xossalari
- Termodinamik xossalari
- Kristall panjarasi
Yod / Iodum (I)
Yod-l birikmalari juda oz miqdorda dengiz suvlarida uchraydi. Dengizda o’sadigan ba’zi o’simliklar yod birikmalarini o’zida to’playdi. Chili selitrasining ba’zi qatlamlarida 0,1%ga qadar NaIO3 bo’ladi. Yod o’simlik va hayvon organizmi uchun zarur elementdir. Organizmda yod yetishmay qolganda endemik buqoq deb ataladigan kasallik vujudga keladi. Tarkibida yod bo’ladigan ba’zi neft suvlari va mineral suvlar yod olish uchun asosiy manba hisoblanadi. Toza yod qoramtir gunafsha tusli metal ka’bi yaltiraydigan rombik kristallardan iborat modda. 200Cda solishtirma og’irligi 4,98ga teng. Uning suyuqlanish temperatutasi 1140C, qaynash temperaturasi 1830C. Yod ohista isitilsa, suyuqlanmasdan bug’lanib ektadi, bug’lari sovutilsa, qattiq holga o’tadi, ya’ni sublimatlanadi. Yod bug’lari zaharli. Ammiakning suvdagi eritmasi bilan portlovchi modda azot yodid NI3 hosil qiladi. Yod olishda neft va gaz konlari (quduqlari)dan chiqqan yoʻlakay suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlari, dengiz suvoʻtlari hamda natriyli selitra olishda ajralgan natriy yodatga boy eritma xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Yod, asosan, 3 xil usulda olinadi: 1) sorbent va ionitlarni boyitib; 2) yodli suv oʻtlarini kuydirib; 3) havo yordamida ajratish va yutilish (Masalan, NaOH eritmasi va sorbentlarda) usullari. Oʻzbekistonda yod tarkibida 15—40% yod boʻlgan neft quduqlari va yer osti shoʻr suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qoʻllab olinadi. Bu suvlarda Yod, asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi. Yodli suvlarni kislotali (H2SO4 yoki HCl) sharoitda oksidlovchilar (Cl2, NaNO2 yoki kalsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit) eritmasi va boshqalar ishtirokida yod birikmalarining suv tomchilariga (60—75°Cda) bosim ostida xavo yuborib, yod havoga erkin holda oʻtkaziladi. Bunday sharoitda havoga qisman vodorod yodid kislotasi ham oʻtadi. Havoga ajralgan 12 suvli sharoitda sorbentlar yordamida (Masalan 20—25 g/l gacha natriy ishqori eritmasida) boyitiladi. Yodga boyitilgan ishqor eritmasini neytrallab, kislotali (H2SO4) sharoitda oksidlovchilar (Masalan, Cl2, NaNO2, K2Cr207 va hakazolar) ishtirokida elementar yod (yod pastasi) ajratib olinadi. Neft bilan birga chiqadigan oqova suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlaridan olingan Yod tarkibida qisman organik birikmalar ham boʻlganligi uchun uni sublimatsiya yoki sanoat sharoitida (125—140°C da) konsentrlangan H2SO4 bilan tozalanadi. Selitra sanoatidan chiqqan NaIO3 eritmasidan elementar Yod olish uchun eritmaga SO2 bilan ishlov beriladi. Suv oʻtlarida Yod juda oz miqdorda boʻlganligi sababli, ularni avval yoqiladi, boyitilgan kulni suvli eritmaga oʻtkazib, eritmaga oksidlovchilar taʼsir ettiriladi. Yod va uning birikmalari, asosan, tibbiyotda qoʻllaniladi. Yod eritmasi bakteriya va mikroblarga karshi kurashish xossasiga ega boʻlib, uni shikastlangan terini davolashda, Yod ning kaliy va natriyli tuzlari Yod yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarda (Masalan, buqoq, asab kasalliklari, semirish, aql zaifligi, turli yukumli kasalliklarda) qoʻllaniladi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun yodlangan osh tuzini isteʼmol qilish zarur. Hozirgi kunda respublikamizda yodni yer osti issiq suvlaridan ajratib olish texnologiyasi Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysida yoʻlga qoʻyilgan. Kristall holdagi Yod dan kaliy yodid olinadi. Xoʻjaikon tuz zavodi (Surxondaryo)da osh tuzini sanoat miqyosida yodlanadi. Yod anorganik va organik sintezda, analitik kimyoda (yodometriya), radiatsion kimyoda, fotografiyada, sof holdagi metallar (Ti, Zn), oʻta nur sezgir moddalar, maxsus motor yoqilgʻilari olishda, antidetonator sifatida, qutblanish xossasiga ega boʻlgan maxsus shishalar olishda, kumush yodat esa bulutdagi suvning kristallizatsiya markazini hosil qilishda qoʻllaniladi. Vodorod va kislorod aralashmasiga atigi 0,002% Yod bugʻi qoʻshilsa, portlash xossasi yoʻqoladi. Download 54.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling