Berlin lazurining zoli. 0,1 ml 47%li FeСl3 eritmasidan 100ml suvga solib eritiladi hamda hosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan holda 20%li K4[Fe(CN)6] eritmasidan 1 tomchi qо‘shiladi. Tо‘q havo rangli berlin lazuri Fe 4[Fe(CN)6]3 temir II- geksatsianoferrat hosil bо‘ladi.
K4[Fe(CN)6] + FeСl3→ [Fe4[Fe(CN)6]3] + KСl
Berlin lazurining zoli. 0,5 ml 20%li K4[Fe(СN)6] mо‘l eritmasini suv bilan 100 ml gacha suyultiriladi. Hosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan holda 1 tomchi 47%li FeСl3 eritmasidan tomizilganda eritma havo rangga kiradi. Eritmaga yana 2 tomchi yuqoridagi eritmadan tomizilganda uning rangi tо‘q havo rangga aylanadi.
Mis geksatsianoferrat-III zoli. 0,5 ml 20%li berlin lazurini K4[Fe(CN)6] suv bilan 100 ml gacha suyultiriladi. Hosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan holda 3-4 tomchi 10%li CuSO4 eritmasi qо‘shilganda mis geksatsianoferrat III zoli hosil bо‘ladi.
Kumush geksatsianoferrat - II zoli. 10 ml 20%li K4[Fe(CN)6] ni 100 ml gacha suv bilan suyultiriladi, hosil qilingan eritmaga sekin tomchilatib, aralashtirilib turgan holda 5 ml 1,7%li AgNO3 eritmasi qо‘shiladi. Kо‘kimtir rangli kumush geksatsianoferrat II zoli Ag4[Fe(CN)6] hosil bо‘ladi.
Kumush yodid zoli. 10 tomchi 1,7%li AgNO3 mо‘l eritmasini 100 ml gacha suv bilan suyultiriladi, hamda hosil qilingan eritmaga aralashtirgan holda tomchilatib, 1,7%li KJ eritmasidan 1ml qо‘shiladi. Oqish havo rangli kumush yodid zoli hosil bо‘ladi.
Kumush yodid zoli. 10 ml 1,7%li KJ eritmasini 100 ml gacha suv bilan suyultiriladi, hamda hosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan holda tomchilatib, 1,7%li AgNO3 eritmasidan 5 tomchi qо‘shiladi. Oqish havo rangli kumush yodid zoli hosil bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |