Namangan davlat universiteti “Madaniyatshunoslik” kafedrasi
MAVZU: DAVLAT MUZEY FONDI
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Muzeyshunoslik
12.MAVZU: DAVLAT MUZEY FONDI.
Reja: 1.Muzey fondi tushunchasi. 2.Muzey fondlarini ilmiy asosda tashkillashtirish. 3.Fond ishlarining asosiy yo‘nalishlari. 4.Muzey ashyolarini o‘rganish uslubiyati. 5.Muzeylarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyati Muzey faoliyati muzey fondlari orqali amalga oshiriladi. Muzey funksiyasi bajarilishining muvafaqiyatli bo‘lishi, muzey kadrlarining bilim manbalari va emotsional va madaniy qadriyatlarni, yaxshi bilishga va tashkil etishga bog‘liq ya'ni muzey predmetlarining o‘ziga xosligi va ularning tarixiy jarayonlarni aks ettirishini to‘g‘ri tushuna olish va tashkillashtira olishga bog‘liq. Muzey fondlarini saqlash, tadqiq etish va ilmiy, tarbiyaviy ishlarda ulardan to‘g‘ri foydalanish kerak bo‘ladi. Fondlar orqali o‘gmish, bugun va kelajakni bog‘lash mumkin. Fond ishlarida boshqa yirik davlatlarda bo‘lgani kabi tarixiylik, ilmiylik, xolislik uslubiyatlari asosiy o‘rinni egallaydi. Tarixiylik prinsipi orqali 77 muzey ashyolari jamiyatning tarixiy rivojlanishining jonsiz gu voxi va natijasi sifatida o‘rganiladi. Tarixiy qonuniyatlarga aloxida e'tibor beriladi. Tarix yo‘nalishidagi muzeylar fondlariga muzey ashyolari, ijtimoiy — iqtisodiy jarayonlarning hujjatlari, ichki va tashqi siyosat, madaniyat tarixiga oid materiallar kiradi. Muzey fondlari arxiv va kutubxona fondlaridan farq qilib tarixiy jarayonlarni kompleks xujjatlashtiradi.1) Moddiy. 2) Tasviriy. 3) Yozma. 4) Fonoyozuv,kinofilm.(manbalar) Muzey uchun nafaqat semantik informatsiya, balki e'tibor jalb qilish, ya'ni attraktiv jixati xamda to‘lqinlantira olish (xayajonlantirish) — ya'ni ekspressiv jixati xam bo‘lishi kerak. Muzey fondlarini ilmiy tashkillashtirish. Muzey fondlari predmetlarning murakkab kompleksi bo‘lib ularning ijtimoiy axamiyati bir —biridan farqlanadi. Muzey faoliyatida ham ularning roli bir — biridan farqlanadi. Muzey fondlarini ilmiy asosda tartibga solish kerak bo‘ladi. Ularning: 1 — dan muzey ashyosi ekanligiga; 2 —dan ilmiy yordamchi ashyo ekanligiga e'tibor beriladi. Fondlarni ilmiy tashkillashtirish boshqa tomondan ham katta ahamiyatga egadir. Fond predmetlari o‘zaro qarindoshlik belgilari bilan farqlanadi. Ular materiallar turi, tuzilishi, mavzusi, syujeti (yozma, tasviriy manbalar, kinohujjat va fonoyozuvlar) joyi, vujudga kelgan vaqti, avtori aloxida shaxsga tegishliligi bilan bir —biriga yaqin bo‘ladi. Fondlarni ilmiy tashkillashtirishda informatsiya qimmati (uning sifati, hajmi) ga xam e'tibor beriladi. Bir yoki bir necha belgisining o‘xshashligi, ilmiyligi, badiiyligining bir — biriga yaqinligidan tashkil topgan predmetlar muzey kolleksiyalari deyiladi. Masalan ularga o‘zbek va g‘arbiy yevropa matolari, sharq qurollari, qishloq xo‘jalik qurollari va boshqalar misol bo‘la oladi. Kolleksiyaning muzeyga xosligi uni son va sifatdan to‘laligiga bog‘liq. Kolleksiya shuningdek o‘zaro tarixiy jarayonlarning u yoki bu jihatini xujjatlashtirishga ham bog‘liq Masalan g‘arbiy yevropa matolari va sharq qurollari O‘zbekistonning chet el bilan olib boradigan aloqalarini aks ettirishi kerak. Bir kolleksiyadagi jarayonlar boshqa kolleksiyadagi mazmunni to‘ldirishi kerak. Fondlarni ilmiy tashkillashtirish ikkita masalani yechadi. Birinchidan, predmetlarning fan va madaniyat uchun axamiyatini ko‘rsatadi, aloxida muzey ishini yuritishda va predmetlarning yuridik jixatlarini tashkillashtirishda kerak bo‘ladi; 78 Ikkinchidan, predmetlarni saqlash, tadqiq qilish, ulardan foydalanish kabi jihatlarini o‘rganadi. Muzey fondlari: muzey predmetlari fondi va ilmiy — yordam fondiga bo‘linadi. Muzeyda saqlanadigan barcha predmetlar asosiy fond deyiladi. Muzey fondlari 2 ga bo‘linadi: 1.Muzey ashyolari fondi. 2.Ilmiy-yordam fondlari. Muzey ashyolari fondi: Asosiy fond va almashuv fondiga bo‘linadi. a) Asosiy fond: kolleksion va dublet fondiga bo‘linadi; Kolleksion fond: yirik va tipik predmetlariga bo‘linadi. Dublet fondiga yirik va tipik predmetlar kiradi. b) Almashuv fondiga: noyo‘nalish predmetlari va ortiqcha dublet nusxa fondlari kiradi. Noyo‘nalish fondida xam yirik va tipik predmetlar fondi kiradi. O‘zaro bir —biriga yaqin predmetlar va ularni chuqur o‘rganishga maksimal yo‘nalish bera olish, o‘rganish, to‘ldirish, saqlash, foydalanish muzey fondlari strukturasi deyiladi. 1. Aniq asosda bo‘linadi. Masalan shisha predmetlarni bir vaqtning o‘zida ham materiali, ham rangiga qarab bo‘lib bo‘lmaydi. 2. Manbalarni turiga qarab bo‘lib bo‘lmaydi. 3. Fondlarga bo‘lishda ular bir —biridan farq qilishi kerak. Misol uchun rasm solingan piyola bir vaqtda xam moddiy , xam tasviriy manbaga kirmasligi kerak. 4. Misol uchun qurollar sovuq va portlovchi qurollarga bo‘lib uning aniq tiplari bo‘linmaydi. Moddiy, tasviriy, yozma manbalarga fonoyozuv va kinohujjatlarga qarab bo‘linadi. Muzeylarning eng muhim masalalaridan biri ularning ilmiy — tadqiqotchilik faoliyatlaridir. Bu faoliyat orqali muzeylar o‘z manbalarini boyitish bilan birga muzeylardagi ashyolar vositasida tarix qirralarini ochishga katta xizmat qiladi. Z e r o m u z e y a s h y o l a r i o ‘ g m i s h n i n g j o n s i z g u v o x l a r i , xujjatlaridir. Tadqiqotlar muzeylar ilmiy faoliyatining eng asosiy bo‘g‘inlaridandir. Ilmiy tadqiqotlar natijasida ashyolarni ta'mirlash, muzey kolleksiyalarini saqlash va qo‘riqlash ekspozitsiyalar yaratish, tomoshabinlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa xarakatlar darajasi aniqlanadi. 79 Muzey polufunksional muassasadir, shu tufayli uning tadqiqotchilik darajasi ham keng va ko‘p xarakterlidir. Masalan, ekspozitsiya — nafaqat maxsus ilmiy, balki muzey, psixologik — pedagogik, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar natijasidir. Muzey tadqiqotchilik ishining murakkab tomoni shundaki tarmoq muzeylarida (masalan, adabiyot, tabiiy, tarixiy) o‘sha soxani mukammal bilish bilan muzeyshunoslikning ilmiy asoslarini ham chuqur bilish talab etiladi. Turli soxalarni o‘rganish muzey ishini rivojlantirishga mo‘ljallanadi. Muzey ilmiy — tadqiqotchiligi diqqat markazida muzey ashyosi turadi. Bundan tadqiqot muzey tadqiqotchiligining maxsus turiga kiradi. Tadqiqot ashyoning manbaiy qimmatini aniqlashga, tabiat va jamiyat rivojlanishini xujjatlaiggirishga, ashyolarni saqlashga, xamda bilimlarga manbaviy asos bo‘lishga, estetik zavq berishga, xissiyot uyg‘otishga xizmat qiladi. Keyingi vaqtlarda muzeyga maxsus ilmiy — tadqiqot instituti sifatida qaralmoqda. Tarix muzeylarining xam ilmiy — tadqiqotchilik faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tarix muzeylari muzeyshunoslikning o‘ziga xos xususiyatlari bilan birga umum tarix fanlarining o‘zaro bog‘lanishi va umumiy qarashlariga tayanadi. Unda tarixiy rivojlanishining ob'ektiv xususiyatlari, hozirgi va kelgusidagi rivojlanishi, o‘zaro bog‘liqligi xodisona yoritilishi kerak. Olimlar, xususan, muzeyshunos olimlar o‘tmishdan ajdodlardan qolgan boy ilmiy — madaniy merosni tarixiylik, xolislik, taqqoslash, tanqidiy va boshqa uslublar asosida o‘rganadilar. Ularning ilmiy izlanishlari tarixni aniq va xatolarsiz jonlantirishga xizmat qilishlari kerak. Tarix muzeylarining tadqiqotchilik faoliyatiga jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanishi masalalarini tadqiq etish kiradi. Ashyoviy, tasviriy va yozma manbalar tadqiqot ob'ektiga kiradi. Tadqiqotdan maqsad bu ashyolarning tarix fanida tutgan ahamiyatini o‘rganish, o‘rganilgan yangi ma'lumotlarni ilmiy doiraga tadbiq etish, bu orqali tarix fanini yana —da boyitish, ishonchliligini tasdiqlash va boshqalardan iboratdir. Mustaqillik yillarida muzey tadqiqotchiligi ayniqsa rivojlanmoqda. Sovet davri muzeylarining ilmiy — tadqiqotchili — gidan bugungi kun muzeyshunosligidagi tadqiqotlar shu jihatlari bilan farq qiladiki, avvalo muzey mafkuradan xoli, u milliy tariximizni ilmiy va xolis yaratishga xizmat qiladi. Hukumatimiz sa'i — harakatlari bilan 1999 yildan muzeylar faoliyatiga bag‘ishlangan «Moziydan sado» jurnalining chop etilishi ham muzey tadqiqotchiligi xaqida kengroq ma'lumot olishga xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling