Namangan davlat universiteti “Madaniyatshunoslik” kafedrasi


-Mavzu: Muzey fondlarini to‘ldirish va muzey ashyolarini hisobga


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/32
Sana16.06.2023
Hajmi5.04 Kb.
#1514395
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Muzeyshunoslik

13-Mavzu: Muzey fondlarini to‘ldirish va muzey ashyolarini hisobga 
olish . 
Reja: 
1. Muzey fondlarini to‘ldirish. 
2. Muzey ashyolariga ilmiy pasportlar qo‘yish. 
3. Muzey fondlarini xisobga olishning maqsad va 
vazifalari. 
4. Fondlarni xisobga olish va xisob xujjatlari.
5. Muzey fondlarini ilmiy kataloglashtirish. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston muzeylarida to‘xtovsiz davom etgan 
yig‘uv faoliyati tufayli numizmatik, harbiy-tarixiy, etnografik, zoologik, 
botanika va badiiy xarakterga ega bo‘lgan katta miqdordagi asl muzey ashyolari 
to‘plandi. Yig‘ilgan muzey materiallaridan fanda foydalanish uchun dastavval 
ularni muzey xodimlarining o‘zlari o‘rganib chiqishlari taqozo qilinadi, chunki 
xar bir yodgorlikning xaqiqiyligi 'va ilmiy manba sifatidagi ahamiyatini 
belgilovchi aniq ilmiy pasporti bo‘lishi lozim. 
Barcha mamlakatlarda bo‘lgani singari, O‘zbekistonda ham muzey 
fondlarini to‘ldirish va ularning ilmiy bo‘lishiga katta e'tibor beriladi. 
To‘ldirishning xususiyatlari uning rejali va maqsad sari yo‘naltirilgan 
bo‘lishida ko‘rinadi. Ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilish tabiat va turmushni rejali 
ilmiy tekshirishning yagona yo‘lidir. Ekspeditsiya — lar to‘xtovsiz ravishda yangi 
materiallar topib turmasa, muzeylarning ilmiy faoliyatini zarur darajaga ko‘tarish 
qiyin. Kam o‘rganilgan noxiyalarda ish yuritadigan va malakali ilmiy 
mutaxassislarga ega bo‘lgan ekspeditsiyalar ayniqsa yaxshi samaraga 
erishadilar. 
Bunday 
ekspeditsiyalar 
o‘tkazishdan 
oldin 
muzey 
fondlaridagi materiallar bilan batafsil tanishilib, adabiyotlar o‘rganiladi, 
boshqa muassasalar: fanlar akademiyasi, qo‘shni resiublikalar akademiyalari ilmiy 
— tadqiqot institutlariga o‘xshash obro‘li muassasalar bilan zarur 
koordinatsiyalar 
amalga 
oshiriladi. 
Ekspeditsiyalar 
institug 
va 
muzey 
xodimlarining birgalikda ishtirok etishi uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantiradi, 
eksponatlarni puxta tanlash va ularga ilmiy yondoshishni o‘rgatadi, o‘zaro 
xamkorlik tajribasini xosil qiladi. 
Ekspeditsiya ~ yikuv ishi muzey tomonidan bir necha yilga mo‘ljallab 
oldindan puxta rejalashtiriladi. Bunday ish rejalari ekspozitsiya vazifalari, ilmiy 
tadqiqot va eng avvalo, fondlar axvolini xisobga olish bilan uzviy bog‘liq xolda 
tuziladi. Har bir ekspeditsiya oldidan u bajarishi lozim bo‘lgan ishlarning 
ilmiy rejasini aks etgiruvchi yig‘uv ro‘yxat — jadvali tuziladi. Etnografiya 


81 
kolleksiyalarini komplektlashda har bir eksponat ro‘yxatdan o‘tkazilib 
tekshirilayotgan xalq yoki elat tarixi xamda turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq 
xolda, muayyan vaziyatda o‘rganiladi. Har bir etnografik mavzu yoki 
xodisa (turar joy, kiyim —kechak, kasb-kor, oila va boshqalar) dala 
sharoiti jarayonida tarixan o‘rganiladi. 
Materialni qat'iy ilmiy asosda tanlash yig‘uv —to‘plov ishining majburiy 
shartidir. Dala sharoitida eksponat xaqida: predmet va uning ayrim qismlari 
nomlari (tayyorlagan odam tilidagi mahalliy nomi), nima uchun 
tayyorlanganligi va foydalanganligi, joylashgan rayoni, tayyorlangan vaqti 
singari barcha ma'lumotlar to‘planadi. Demak, dala sharoitida kolleksiya to‘plash 
ilmiy — tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Dala sharoitida yig‘uv ishining asosiy shakli bevosita kuzatish, 
axborot beruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazish va materialni ekspeditsion 
lavxa, kundalik fotosurat sifatida ro‘yxatga olishdan iborat. Axborot beruvchi yoki 
uning joylardagi yordamchilari tomonidan to‘ldirilgan anketadan yordamchi usul 
sifatida foydalaniladi. 
Muzey kolleksiyalarini to‘plash — ilmiy izlanish samarasidir. Buyumni 
majmuaga qo‘yish uchun inventar kitobiga yozish kerak. Ammo oldin uning 
nimaligini aniqlash, mazmunini bilish, xaqiqiyligiga ishonch hosil qilish, unga 
to‘liq nom berish lozim. Muzey fondlarida shunday buyumlar borki, ularni 
aniqlash va o‘rganish uchun yillab vaqt sarflanadi. Shuning uchun ko‘pincha 
muzey buyumlarini o‘rganuvchi fanni «buyumshunoslik» deb ataydilar. 
Buyumni inventar kitobiga yozishdan oldin uning muallifini, materiali va 
texnikasini, mazmuni, axvoli va qaerdan kelganligini bilish lozim 
Navbatdagi bosqich — ilmiy pasportlarni to‘ldirishdir. Bunda 
buyumlar xaqidagi ma'lumotlar kengaytirilib, tarixiy sharxlar beriladi. Namuna 
uchun bir necha ilmiy pasportni keltiramiz. 
Buyumning nomi — chopon.
Inventar nomeri 322,
qayd qilish kitobi nomeri 3—1.
Bo‘lim nomeri 111.
Saqlanadigan joyi — 34 —yashik.
Tasviri. Qumrang ip gazlamali erkaklar to‘ni, xunarmandchilik 
maxsuloti.
Asosi va arqog‘i ikki ipdan eshilgan gazlamadan iborat.
Choponning etagi, bari va yenglari yo‘l — yo‘l qizil matodan, yoqalari oq 
xoshiyali xavorang chitdan tikilgan. Yoqasining cheti, etaklari va yengining 
uchi binafsharang ipak jiyakdan iborat. yeng ichiga xam ana shunday jiyakning 


82 
parchasi tikilgan. Orqa etagi, bari va yeng qaytarmasi binafsharang ipak xamda 
qora ip bilan baxyalangan. Baxya yirik yirik qavilgan. Chopon qo‘lda 
tikilgan. Yoqasi mashina usulida fabrika ipida baxyalangan. 
O‘lchami: uzunligi 1,38,
yengi — 0,72,
qaytrmasi — 0,32,
etagi - 1,95 sm. 
Saqlanish darajasi: yangi. 
Olingan joyi va vaqti": O‘rta Osiyo muzeyi topshirig‘iga muvofiq 
M.F.Gavrilov tomonidan tuzilgan predmetlar ro‘yxati. To‘ldiriltan vaqti: 8.11.31 
y. Tuzuvchi: M.Bekjonova 
Buyumning nomi — chinni tovoq. 
Tasviri: shakli silindirsimon, qirrasi yuqoriga qarab bo‘rtgan. Oq fonga 
rangli emal bilan gul solingan. Yuqori qismi zangori naqshlar bilan bezatilgan. Ikki 
yonida ushlagich uchun ikki o‘yiq bor. Satxi qovoq xosili yig‘ish manzarasini aks 
etgiruvchi bezaklar bilan qoplangan; birinchi manzarada 3, boshqasida 4 
dexqon shakli, ular ustida uchayotgan kapalaklar. Quyi qirrasida zangori shakllar 
mavjud. Tovoq qopqog‘ining ustida it shakli va janr manzarasi aks etgan. Ikkinchi 
tovoq xam xuddi birinchisiga o‘xshaydi, lekin undagi janr manzaralari 
yaltiroq tasvirda berilgan. 
Har ikkala tovoq xam bir xil xajmda: balandligi 143, diametri 165, 
chuqurlik diametri 130 mm. 
Qopqoqlar hajmi har xil: birinchisining diametri 183 mm, balandligi 50 mm; 
ikkinchisiniki esa 180 mm, balandligi 50 mm. Tagida sulolaning qizil markalari 
(Daoutuan 1821 — 1851 yillar). 
Saqlanish darajasi: yaxshi. 
Olingan jotsi va vaqti: Toshkent, Murodovdan 40 so‘mga sotib olingan. 
Ma'lumotlar manbai: adabiyot materiallari va ko‘p yillik shaxsiy kuzatuvlar. 
Eslatma: yevropa bozorlariga chiqariladigan maxsulotlarning 
xarakterli namunasi. 
To‘ldirilgan vaqti: 10.03.1973 y. Tuzuvchi prof.G.N.Chabrov. Ilmiy pasportlar 
yozish — ilmiy kataloglarni nashrga tayyorlashning asosiy zaminidir. Bu — 
muzey ekspozitsiyasida predmetlarni ilmiy asosda namoyish qilish hamda 
etnografiya, 
san'atshunoslik, arxeologiya bo‘yicha tadqiqot olib 
boruvchilar uchun izoh xizmatini o‘taydi. 
Umuman muzey fondlarini komplektlash muzey faoliyatining asosiy 
ko‘rinishlaridan biri xisoblanadi. Bu ish tez yoki sust sur'atlarda butun muzey 
faoliyati jarayonida davom etadi. 


83 
Zamonaviy muzeyshunoslikda fondlarni komplekt — lashga muzeyning 
funksiyasi bo‘lgan sotsial axborotlarni to‘plash, jamiyat taraqqiyotini 
hujjatlashtirishning usuli sifatida qaraladi. Bu amal qilayotgan sotsial 
muxitdan turli davrga oid va turli maqsadlarga qaratilgan predmetlarni tanlab 
va ajratib, ularni muzey predmeti sifatida muzey to‘plamiga kiritish yo‘li bilan 
olib boriladi. 
Topib olingan muzey predmetlari muzey to‘plamining yadrosini — 
muzey fondi predmetini xosil qiladi, va muzeyning butun faoliyatining 
fundamentiga aylanadi. Bu fondning asosiy qismi mangu saqlashga mo‘ljallab 
tuziladi. 
Komplektlash jarayonida predmetlarning muzey uchun qimmati aniqlana 
boshlaydi. Buning uchun predmetlarning o‘z axborotlari va predmet amal qilgan 
muhitdan predmet haqida olingan yordamchi axborotlar o‘rganiladi. Bu 
predmetlar, yo‘ldosh, davrdosh axborotlar, ularning xayotiy aloqalarini, ular 
ortida turgan insonlarning o‘zaro munosabatlarini to‘laroq ochishga 
yordam beradi. 
Masalan, kumush samovar o‘zining ko‘rinishi bilan uning nima 
maqsadga mo‘ljallanganligi, yasalgan vaqti va joyi xdqida guvoxlik beradi, lekin 
uning amal qilish tarixi haqida, uning aynan qaysi oilaga tegishli ekanligi 
xaqida maxsus jalb qilingan qo‘shimcha manbalar ma'lumot beradi. 
Yo‘ldosh axborotlar avvaldan qayd qilingan bo‘lishi mumkin (biografik 
ma'lumotnoma, gazeta qirqimi); shuningdek, komplektlash paytida olinishi 
mumkin (tanlab olingan milliy kiyimning kiyilish usulini qayd qilish maqsadida 
suratga olish); yoki olingan materialni o‘rganish jarayonida qayd qilinishi 
mumkin (tanlab olingan predmetning an'anaviy joylashishi xaqida hikoya 
qiluvchi dexqon chaylasi intererining maketi). 
Yo‘ldosh axborotlarni tashib yuruvchi va muzey predmeti qimmatiga ega 
bo‘lmagan predmetlar, yordamchi — ilmiy materiallar fondini to‘ldiradi. Yo‘ldosh 
-vxborotlarning bir qismi og‘zaki formada tushadi (predmetlar egalarining, 
guvohlarning, avlodlarning ma'lumotlari va u kechiktirmasdan maxsus 
formadagi hujjatda yozma ravishda qayd qilinadi.) 
Aytilganlardan 
xulosa 
qilib 
muzey 
fondlarini 
komplektlashga 
quyidagicha ta'rif berish mumkin. 
Fondlarni komplektlash — muzey faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri, 
jamiyat rivojini hujjatlashtirish jarayonining muhim zvenosidir. U o‘tmishga 
va xozirgi kunga tegishli bo‘lgan xaqqoniy predmetlarni ajratib ollsh, 
ularni 
muzey 
predmetiga, 
davrining 
xujjatiga, 
mangu 
asrashga 
mo‘ljallangan muzey yodgorligiga aylantirish orqali amalga oshiriladi.Muzey


84 
fondlari — davlat mulkidir. Har bir muzeyning fondlaryni yuridik 
ximoyalash zarur. Bundan maqsad: — Ashyolarni tegishli muzeyga
qat'iy joylashtirish va buni qonunan kafolatlash; 
— Muzey fondidagi ashyolarning yuridik xolatini 
rasmiylashtirish; 
— Ashyolarni 
tegishli 
ilmiy 
xodimlarga 
biriktirish, 
chunki 
ular 
ashyolarning saqlanish darajasiga javob beradi; 
— Hali muzey fondlarida bo‘lmay vaqtinchalik saqlanayotgan 
ashyolarni rasmiylashtirish; 
— 
Muzey ichkarisida va zalida joylashgan ashyolarni ajratish; 
— Ashyolarning dastavval va xozir qanday ekanligini nazorat 
qilish; 
— 
Ashyolarning turar joylari to‘krisida tezda ma'lumotlar bilish 
va topishda imkoniyatlar yaratish; 
— Normativ hujjatlarga muvofiq muzey fondlaridan 
foydalanish qoidalarini ishlab chiqish va boshqalar. 
O‘zbekiston muzeylarida asosiy yuridik xujjatlar qabul qilish, topshirish, 
kirish va ilmiy inventar kitoblaridir. Yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar, 
ro‘yxatga olinadi va umrbod saqlashga beriladi. Ba'zi xujjatlar yuridik kuchga ega 
bo‘lmaydi. Masalan: xisob, topografik kartotekalar. 
Fondlarni 
hujjatlashtirishda asosan 
ularni 
klassifikatsiyalash 
va 
tizimga solish nazarda tutiladi. Fondni xujjatlashtirish tizimi qanchalik ilmiy va 
mustaxkam bo‘lsa ish shuncha yaxshi tashkil etilgan va qulay bo‘ladi. 
Fond xujjatlashtirilishi bir paytning o‘zida informatsion tizim xamdir. Alohida 
va guruxli muzey ashyolarini tadqiq qilish va ularni maqola va monografiya 
tarzida chop etish muxim masaladir. Umumdavlat muzey informatsion tizimini 
tashkil etish og‘ir masaladir. 
Muzey informatsion tizimi fond ishini rejalashtirish va rivojlantirishda 
ko‘rgazmalar tashkil etish, tanlashda katta axamiyatga ega. 
Fond informatsion tizimi xar bir mutaxassisga xam kerak bo‘lishi mumkin. 
Geograf, san'atshunos, filolog, medik, rassom, arxitektor, yozuvchi, rejissyor, 
aktyor va boshqalar. 
Fond informatsion tizimini tashkil etish eng og‘ir masalalardan biri 
bo‘lib, buni zamon talabiga javob berishi uchun EHM orqali avtomatlashtirish 
kerak. £, Fondlarni xisobga olish. 
Ashyolarni muzeyga qabul qilish mas'ul ishdir. Muzey yirimining 
sifati talabga javob berishi kerak. Bu ishni maxsus komissiya xal qilib, qaror 
chiqaradi. 


85 
Ashyo xali muzey fondiga o‘tkazilmay mutaxassislar uni o‘rganadi 
va xulosalarini komissiyaga taqdim qiladi. Muzeyga kelgan ashyolarni 
rasmiylashtirish uchun avvalo bu ashyoni topshirgan va qabul qilib olgan 
shaxs akt yoki kvitansiyalarni hujjatlashtirib imzo chekadi. Akt yoki 
kvitansiyaga rivoyat yoziladi. (qaerda ishlangan, qachon foydalanilgan, 
memorial axamiyati va b.) 
Ko‘plab ashyolarni qabul qilishda kolleksion opis yoziladi. 
O‘zbekiston muzeylarida ekspeditsiyada to‘plangan, sotib olishgan 
va sovg‘a qilingan ashyolar komissiya ko‘rguniga qadar aloxida joyda 
vaqtinchalik xisobda turadi. 
Bayonnomaga komissiyaning ashyoni muzeyga qabul qilish va uni umrbod 
saqlash to‘trisidagi qarori yoziladi. Bular eng kamida uch nusxada bo‘ladi. 
Ashyoning umrbod qabul qilinishi katta axamiyatga ega. Bundan ashyoning 
muzeyga tegishli ekanligi, yuridik mohiyati boshlanadi. Ashyoning qabul qilinish 
akti, imzolanadi, saqlashga ma'sullar imzo chekadilar. Akt direktor tomonidan 
tasdiqlanadi va muhrlanadi. Ashyolar dastlab ro‘yxatga o‘tgandan boshlab toki 
davlat mulki bo‘lgunicha hisobga olinadi. 
3 , Har bir ashyoga tartib nomeri muzey shifri bilan qo‘shib qo‘yiladi Masalan: 
Davlat tarixiy muzeyi (DTM) — A.T. 105809. Ashyolar soni tartib raqami 
bilan belgilanadi. MasalanD.T.M. A.T. — 1865 — 2020. Kirim (kniga 
postupleniy) kitobi — katta ahamiyatga ega bo‘lgan yuridik aktdir. To‘ldirilguncha 
xar bir varag‘i raqamlanadi, tikiladi, imzo chekiladi, muxr qo‘yiladi. 
Katta axamiyatga ega bo‘lgan hisob hujjatlari yuridik kuchga ega bo‘lib 
maxsus kitob va opislarga yoziladi. 
Umrbod, vaqtincha saqlashga berilgan ashyolarning aktlari va umrbod, 
vaqtincha saqlashga qabul qilingan ashyolarning aktlari 4 ta maxsus deloda 
saqlanib, yil oxirida raqamlanadi, tikiladi, muxrlanadi. 
1 yanvargacha har yili opis qo‘yildi. 
Muzey fondlarida ilmiy asoslangan katalog tuzish uning o‘z funksiyasini 
to‘g‘ri bajarilishiga xizmat qiladi. 
Muzey kataloglari — muzey ashyolarini xarakterlab beradi. Kataloglar 
tizimli va alfavitli bo‘ladi. Masalan «fan va madaniyat» bo‘limi T dan E 
xarfigacha qo‘yiladi (T — E) Masalan «xalq ta'limi» shoxobchasi «Fan va 
madaniyat» bo‘limiga kiradi, indeksi — T, Fan bo‘limi — U — 8 qo‘yiladi, 
ijtimoiy fanlarga 25—39 raqamgacha indeks qo‘yiladi. U 8 — 25 — 39. EHM 
muzey ishini yengillashtirishda va zamon talabiga javob berishda katta ahamiyat 
kasb etadi. 


86 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling