Namangan davlat universiteti “Madaniyatshunoslik” kafedrasi


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/32
Sana16.06.2023
Hajmi5.04 Kb.
#1514395
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Muzeyshunoslik

 
15-Mavzu: Muzey ekspozitsiyasi. 
Reja: 
1. Tarixiy muzeylar ekspozitsiyasi.
2. Ekspozitsiyani loyihalashning ilmiy asoslari. 
3. Muzey ekspozitsiyasining me'moriy-badiiy yechimi. 
Tarixiy ekspozitsiyalarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari shundan iboratki 
avvalo kishilarda Vatanga muhabbat tuygusini uyg‘otish tarixiy bilimlarni 


93 
keng targ‘ib qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ma'naviy, siyosiy, 
estetik tarbiyani kuchaytirishdir. Har bir davlatda tarixiy ekspozitsiyalar o‘z tarixi 
nuqtai nazaridan turlicha bo‘ladi. 
Muzey ekspozitsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari bor. Birinchidan, unda
umumiy voqyealar emas, predmetlar asosida ma'lum voqyelik yoritiladi,
bu esa insonga estetik zavq bag‘ishlaydi. 
Ikkinchidan, muzey ekspozitsiyasi asosida ilmiy konsepsiya yotadi. Bu konsepsiya 
ekspozitsiyaning g‘oyaviy mazmunini belgilaydi, muzey yig‘imidagi predmetlarni 
tanlash irinsiplarini, ularni guruxlashni, kompozitsiyasini, tadqiq qilishni, badiiy 
yechimini topishni o‘rgatadi. Ekspozitsiya kishilarga dam olishda, madaniy 
xordiq chiqarishda katta rol o‘ynamog‘i lozim. 
Ekspozitsiyani tuzishda muzey predmeti ekspozitsiya elementiga ya'ni 
muzey eksponatiga aylanadi. Ekspozitsiyaning doimiy yo‘ldoshi ko‘rsatkich 
yozuvlar bo‘lib, ba'zan uning o‘rnini fonomaterial bilan to‘ldiriladi yoki 
almashtiriladi. Bu barcha elementlar ekspozitsion materiallar deyiladi. Ilmiy 
konsepsiyaga mos holda ekspozitsiyaning vazifalari, mavzusi, badiiy — estetik 
yechimi talabga muvofiq guruxlashtiriladi, tashkil etiladi, bir —biriga bog‘lanadi. 
Ekspozitsion materiallar — ekspozitsion komplekslarni tashkil etadi. Ekspozitsion 
materiallar aniq, chegaralangan maydonda joylashib o‘zida mavzuiy va tomosha 
birligini mujassamlashtiradi. 
Ekspozitsiya materiallari turlicha guruxlashtiriladi. Muzey predmetlarini 
tuzishga yordamlashuvchi aniq tizimda bo‘lgan mexnat maxsuli, san'at predmeti, 
tabiat ob'ekti sifatida joylashtirish mumkin. Mazmunidan kelib chiqib ilmiy 
asoslangan holda guruxlashtirish, ekspozitsion materiallarni tashkil qilish 
ekspozitsiyaning qurilish uslubi deyiladi. Ekspozitsiyalar — «ekspozitsion zalda 
joylashtiriladi» har birining me'moriy badiiy yechimi bo‘lishi kerak. 
Muzey ekspozitsiyasi — muzey kommunikatsiyasining asosiy formasi bo‘lib 
hisoblanadi. Vaqtincha ekspozitsiya — muzey ko‘rgazmasi ham bo‘lishi mumkin. 
Ko‘rgazmalar — ma'lum siyosiy voqyealarga, yubileylarga atab tashkil etiladi. 
Hozirgi davr to‘g‘risida ma'lumot beradi. 
Tarixiy muzeylar ekspozitsiyalarining qurilish 
prinsiplari xolis 
yoritilishiga e'tibor qaratish kerak. 
Muzey predmetlari daliliy ashyo tarixiy faktning guvohidir. Ular tarixiy 
vaziyatni tushuntiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tomoshabin yangi 
ma'lumot va tushunchalar oladi. Muzey predmetlari orqali inson o‘tmishini 
ko‘radi, hozirgi zamon voqyealarini, turli mamlakatlarda bo‘layotgan voqyealarni 
o‘rganadi. Tarix muzeyi ekspozitsiyalarida jamiyat taraqqiyoti, uning turli sohalari, 
aniq tarixiy voqyelik qamrab olinadi. Ammo bu tarixni oyna kabi yoritib berishi 
degani emas. Tarixiy ko‘rgazmada avvalgi ijtimoiy hayot qandayo bo‘lsa 


94 
aynan shunday yoritilmaydi. Unda muzey ashyolari o‘ziga xos ilmiy til bilan 
voqyelikni so‘zsiz so‘zlab beradi, hayotning eng muhim jabxalari diqqat markazda 
turadi. 
Tarixiy yo‘nalishidagi ekspozitsiyalari xilma —xildir. Ularda 
mamlakatning 
butun 
tarixi, 
xozirgi 
davr 
urganishi 
aks 
etishi 
ham 
mumkin. biroq etnografik, amaliy san'at, san'at muzeyi va boshqa 
muzeylarda 
ekspozitsiyalar 
farqlanadi. 
Ba'zi 
muzeylarda 
davriy 
chegara xam bo‘lishi mumkin. (arxeologiya muzeylarida). Ko‘plab 
ekspeditsiyalarda 
ma'lum 
shahar 
tarixi, 
iqtisodi 
madaniyati 
xam 
yoritilishi mumkin. 
Kishilar sevib tamosha qiladigan muzeylardan biri 
bu— Tarixiy voqealar, qahramonlik, buyuk arboblarga atab bunyod etilgan 
memorial muzeylardir. Ekspozitsiya yaratishining tamoyillaridan biri ilmiylikdir. 
Unda jamiyat taraqqiyoti ilmiy asoslangan bo‘ladi. Bundan tarixiylik tamoyili 
kelib chiqadi. Ekspozitsiyalardan milliy g‘oya, milliylik yaqqol ifodalanib turishi 
kerak. Hozir tarix muzeylarida eski sinfiy qarashlarga asoslangan ekspozitsiyalar 
tuzilmaydi, 
balki 
jamiyatning 
oddiydan 
murakkabga 
rivojlanish 
qonuniyatlar xisobga olinib, kishilarda hamma ilmiy tasavvur qoldirish, ham dam 
olishni to‘g‘ri tashkillashtirish maqsad qilib olinadi. 
Ekspozitsiya yaratishda ikkinchi tamoyil — ashyoviylikdir. Bunda 
muzey soxasi e'tiborga olinmoqda. Ma'lumki muzey ashyolari —asl 
manbalari asosida ulardan bir —biriga bog‘langan ekspozitsiyalar tuziladi. 
Ekspozitsiyaning asosini ham muzey muzey ashyolari tashkil etar ekan, uning 
asl ashyo, ayni san'at asari ekanligiga ko‘tarilganligiga xam e'tibor qilinadi. 
Muzey ashyosi ekspozitsiyada ikki hil vazifani bajaradi. Birinchidan, u tarixiy 
voqyelikni tushuntiruvchi tarixiy faktni isbotidir.g‘, chunki u o‘sha 
davrning tilsiz guvoxi, mahsulidir. Bu esa tamoshabinni to‘lqinlantirishi tabiiy. 
Ikkinchidan tamoshabin muzeyda tarix bilan yuzma —yuz turadi, xozirgi zamonda 
turli davlatlarda sodir bo‘layotgan voqyealar, yutuqlar bilan tanishadi. Bu esa 
kishida uzoq o‘tmishdan habar beruvchi asl ashyolar emotsiyaonal 
tuyg‘ularni uyg‘otadi. Ekspozitsiya tuzishning yana bir tamoyili ommaviy 
komunikatsiya tamoyilidir. Chunki muzeyga xar —xil ijtimoiy tabaqalarga xos 
kishilar tashrif buyuradilar. Shuni nazarda tutgan holda ekspozitsiya o‘rtacha 
xolatda tuzilishi kerak. ekspozitsion materiallarni joylashtirishda xar —xil uslub 
va reja qo‘llaniladi. Birinchi rejada e'tiborni jalb qiladigan eksponatlarni 
joylashtirish mo‘ljallanadi. Ekspozitsiyalar zamonaviy qarashlar, yutuqlarga 
aks etish, zamon bilan hamnafas bo‘lishi kerak. Ekspozitsiyaning qurilishining 
uchinchi prinsipi ommaviy kommunikatsiya asosida qurishdir. Bu saviyasidan 
qat'iy nazar har bir tomoshabinga tushunarli bo‘lishi kerak. O‘rta saviyali 
tomoshabin ekspozitsiya uchun mavzu, fonoyozuv ishlab chiqariladi. Zamon bilan 
xamnafas ekspozitsiyalar tayyorlash kerak. 


95 
Har bir ekspozitsiya har qanday ilmiy ish kabi o‘zida o‘zaro boglangan va 
bir 
biriga
bo ‘ysunadigan
tizi mni
mujassamlashtiradi. 
Ya'ni 
ekspozitsiyaning butunligi, uning qismlarining qonuniy bog‘lanishini, ko‘rgazma 
natijasining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta'minlovchi aniq mavzuiy strukturaga ega 
bo‘lishi kerak. Ekspozitsiya ko‘rgazmasida uning asosiy jixatlari, ya 'ni 
ilmiy kansepsiya, ekspozitsiyaning g‘oyaviy yo‘nalishi va muzeyga xosligi 
aks etadi. Mavzuiy strukturani ishlab chiqish murakkab ish bo‘lib, uni ilmiy 
jixatlari nazarda tutiladi. 
Har bir tarix muzeylari o‘z vazifasi, fondi, davlatlar, region, 
shaxarlar o‘rtasidagi tutgan o‘rniga qarab o‘ziga mos keluvchi ekspozitsiya 
strukturasini ishlab chiqadi. Masalan umumtarixiy muzeylarda qadimdan to hozirgi 
kungacha bo‘lgan tarixiy jarayonlar qamrab olinadi. Masalan har bir davriy 
iqtisodiy —ijtimoiy o‘zgarish jihatdan davrlashtirishda avvalo tarixiylikka e'tibor 
berish kerak. Bo‘limlarda ichki formatsion ilmiy davrlashtirishga, keyin uning 
mavzulariga tarixiy jarayonlar rivojiga qarab o‘zaro borlanishini 
ta'minlashga e'tibor beridadi. 
Mavzu yoki uning ichidagi kichik mavzular bitga yoki bir nechta ekspozitsion 
komplekslardan tashkil topishi mumkin. Bu ashyolarga qarab tuziladi. Tarixiy 
jarayonlarni aks ettirishda muzeyning o‘ziga xosligi bilinib turishi kerak. 
Ekspozitsion mavzu tarixiy jarayonlarning rivojlanish holatini ishonarli 
holda muzey ashyolari orqali ochib berishi kerak. Bu esa tarixiy jarayonlarni 
yoritishda aniq yo‘nalishdir. Ekspozitsiyada uning ashyoviy salmog‘i yetarli va 
to‘liq bo‘lishi kerak. Masalan ijtimoiy —iqtisodiy mavzuda yashash tarzi, 
texnikasi, ishlab chiqarish maxsulotlari aks etsa, xarbiy tarixiy mavzuda esa - 
qurollar, xarbiylarning kiyimlari va boshqalarga e'tibor qaratiladi. 
Tarixiylik tamoyiliga kuchli e'tibor talab qilinadi. Bu tarixiy davriy tamoyil 
deyiladi. Ekspozitsiyalarni tarixiy — davriy va muammoviy qilib tuzii! xam 
mumkin, ammo bular ilmiy asoslangan holda tuziladi. 
Muzey ashyolari va boshqa ekspozitsion ashyolar tegishli mavzu orqali 
birlashtirilib ekspozitsion komplekslarni tashkil etadi. 
Ba'zan ekspozitsion zalni ekspozitsion kompleks xam deyiladi. 
Tomoshabinlarga uning farqi sezilmaydi. Ekspozitsion zalda dominanta 
aniqlanadi, ya'ni asosiy g‘oya va ko‘rinishga, mavzu, alohida eksponatlarga 
e'tibor beriladi. Qisqasi zalning ko‘rinishi, birinchidan tartibli ko‘rgazmalar 
tassurot qoldiradi. Bu yerda kenglik yechimga kompleks — zalni tashkil etish 
ahamiyatli bo‘lib, bunda rassom loyixachi asosiy rol o‘ynashi kerak. 
Bu ko‘gashcha ichki zal kompleksiga tegishli. 
Ekspozitsion 
mavzudan farqlanib 
ekspozitsion 


96 
komplekslarda turli masshtab va turli xarakterdagi voqyealiklar yoritiladi. 
Ekspozitsion kompleksni tashkil etish muzey yig‘imiga bogliq. Turli davr va 
voqyelikni yoritsa — da bir —biriga uzviy bog‘liqlik bo‘lishi kerak. 
Ekspozitsion komplekslarda barcha ashyolar olinmay, ichidan eng ishonarlisi 
tanlab olinadi. Ekspozitsion kompleksda hayotiy voqyelikning turli tomonlari 
yoritiladi. Hozirgi davrda kompleks — ansambllar alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
Bularda xayotiy komplekslar yadro hisoblanadi. 
Muzey ekspozitsiyasini yaratish murakkab jarayon bo‘lib, uning xo‘tri 
loyixalashish ishining yutug‘ini oshiradi. Ekspozitsiyani ilmiy tayyorlash muzey 
jamoasi, ma'muriyati, jamoat tashkilotlari, Muzey Ilmiy Kengashi, turli 
soxa olimlaridan katta bilim va tajriba talab etadi, Uning xar bir bosqichi direksiya 
yonida muxokama etiladi. Chunki bu jarayonga ekspozitsiya mualliflaridan 
tashqari jamg‘arma xodimlari, uslubiyatlari, tashviqot bo‘limlari boshliqlari, 
mutaxassis olimlar taklif etiladi. 
Eksiozitsion 
ko ‘rg az mali ish mu z e y faoli yati planlashtirishining 
eng asosiy ob'ektlaridan hisoblanadi 
Perspektiv va yialik rejalarda ekspozitsiya va ko‘rgazmalarning 
mavzui, navbati, tashkil etilishi vaqti aniq ko‘r s atiladi. 
Muzey ekspozitsiyasini yaratish ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
Loyixalash. 
Amalga oshirish. 
Loyixalash uch o‘zaro bog‘langan elemntdan tashkil topadi: 
Ilmiy. 
Badiiy. 
Texnik ish. 
Davr talabi va ehtiyojidan kelib chiqib ekspozitsiyaning umumiy 
mavzusi tanlandi. Bunda muzey tarmog‘i, ixtisoslashuvi, o‘ziga xos jixsgglzri 
e'tiborga olinadi. Mavzu muzey rahbariyati tomonidan tasdiqlandi. 
Manbalar o‘rganilib ekspozitsiya asoslari yaratildi. Natijada 
ekspozitsiyaning ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqiladi, bu esa o‘z navbatida 
ekspozitsiya fikrini tashkil etadi. Bu esa ekspozitsiya haqida eng umumiy 
tasavvurlarni beradi.Unda ekspozitsiyaning g‘oyaviy — siyosiy holati, 
ilmiy mohiyati, hamda me'moriy badiiy yechimining umumiy g‘oyalari 
ishlab chiqiladi. Ekspozitsiyani tashkil etish joyi aniqlanadi. Ekspozitsion zal ham 
hujjatda ko‘rsatiladi. Muzey ashyolari — tarixiy madaniy yodgorliklar, barcha
turdagi tarixiy manbalar. Bunga fotohujjatlar ham kiradi. 


97 
Muzey ashyolarini ishlab chiqarish — ekspozitsiyaga kiritlishi kerak bo‘lgan 
ashyo, aniq tartibda ishlab chiqiladi. 
Ekspozitsion ilmiy — yordamchi materiallar tarixiylikning aks 
ettiruvchi muzey ashyolarni tushuntirib beradi. 
4. Tekstlar va fonosharxlar. Bular eksponatlar xaqida tushunchalar beradi hamda 
ekspozitsiyaning g‘oyasini tushunishga yordam beradi. 
Ekspozitsiyada ko‘rsatkichlar xam joylashtiriladi. 
Mavzuning to‘laqonli ochib berilishi uchun ba'zi muzey ashyolarini ishlab 
chiqish ham mumkin. Yoki uni asl nusxasini o‘rnini bosuvchi ashyo ishlab 
chiqariladi. Muzey ashyosi asl nusxaga mos xolda ishlab chiqariladi. O‘lchami, 
rang, tayyorlash texnikasi va boshqalar aniq mos tushishi kerak, ekspozitsiya 
muzey yig‘imi asosida tashkil qilinarkan, annotatsiyada asl nusxa muzey fondida 
saqlanayotgani aytiladi. Asl nusxalar vaqtinchalik zalda qo‘yilib, ikkiligi bilan 
almashtirilib turilishi xam mumkin. 
Ekspozitsiya uchun maxsus muzeydan tashqari ob'ektlarining modeli yoki 
maketi tuzilishi mumkin. Bularga binolar va xajmi katta ashyolar 
kiradi.(Me'morchilik obidalari, shaxar qurilishi, monumentlar, sanoat korxonalari, 
memorial uylar, intererlar va boshqalar) Ekspozitsiyaga ashyoning ilmiy 
rekonstruksiyasi. Yozuvlar, rejalar tasvirlarning qayta ta'minlanganligi ham 
kiritiladi. Bung'a xujjatlar va ularning ikkiliklari ham qo‘shiladi. 
Ekspozitsiyada ashyoning ikkiligini qo‘llash muzey spetsifikatsiyaga 
ta'sir qilmaydi. Muzeyda yo‘q tasviriy ashyolarni ishlab chiqarish ham 
muximdir.Ekspozitsiya ahamiyatini oshirishda ilmiy yordamchi materiallar 
muxim rol o‘ynaydi. Ilmiy asosda ishlab chiqilgan yordamchi materiallar 
ekspozitsiyaning tarixiy mazmunini tushunishga yordam beradi. Kartalar, 
diagrammalar, sxemalar bunga misol bo‘la oladi. Kartalar u yoki bu holatning 
geografik tarqalishini diagrammalar orqali tarqalgan tasvirni taqqoslashni, 
sxemalar aloxida fakt va voqyealarni farqi va aloqasini tushuntiradi. Aloxida 
muzey ashyolarining qurilishini tushuntirish uchun ba'zan reja va chizmalar xam 
qo‘llaniladi. Tarixiy ekspozitsiyalarda ijtimoiy — iqtisodiy, etnogarfik, siyosiy, 
xarbiy —tarixiy, biografik kartalar ham tuzilishi mumkin. Original kartalar ilmiy 
asoslangan holda tuziladi va maxsus uslubni talab etadi. 
Diagrammalar (tayoqsimon, lineykasimon, doirasimon, sektorli) rivojlanish 
dinamikasini tushuntiradi. Masalan iqtisodiy va madaniy rivojlanishda bu qo‘l 
keladi. Davlat apparati, korxona strukturasi sxemalar asosida beriladi. Karta, 
diagramma yoki sxema bilan kombinatsiyalashgan xolatda ham qo‘llaniladi. 
Masalan, o‘lkaning eksport mahsuloti karta — sxemada, kartadiagrammada esa 
o‘lkaning ekin salmog‘ini aniqlash mumkin. Ekspozitsiya uchun raqam 


98 
tablitsalarini ham kiritish mumkin. Ular ashyo o‘rnini bosmasligi lozim. Shuning 
uchun xodim yordamchi materiallardan keng foydalanilmaydi. Ko‘rgazma rejasi 
materiallarni o‘rganish va tanlashga qarab bir necha usulda ishlab chiqiladi. 
1) Tematik — qisqa va keng.
2) Ko‘rgazma rejasi — chizmalar bilan eksponatlarning ro‘yxati, materiallarning 
barchasining joylashganligini ko‘rsatish, yangi eksponattlarni tushuntirish matni 
bilan ta'minlash. 
Tematik reja ko‘rgazmaning vazifasi va uning maqsadini shakllantiradi. Har 
bir eksponat boshqalar bilan bog‘liq suratda quriladi. O‘zaro bog‘liqlik maqsadga 
tobelik tematik rejaning zaruriy shartidir. Voqyea va hodisani ifodalash uchun 
eksponatlar turini tanlash ham, asl nus’halar va qo‘shimcha eksponatlar 
yordamida ko‘rgazma mazmunini ochib berish ham shu rejada o‘z aksini topishi 
kerak. Rejada butun bo‘lim va xar bir majmuaning yetakchi 
muammolarini ajratib ko‘rsatish lozim. Lekin rejani tuzayotganda uni 
xaddan ziyod batafsil majmualarga bo‘lib tashlash va o‘ta mufassallashtirish 
fikrini asosiy g‘oyadan chalg‘itadi. Shuning uchun g‘oyani mufassal bayon 
qiluvchi materiallarning bir qismini qo‘shimcha materiallar, albomlar yordamida 
yopiq rejada berish mumkin. Vazifa belgilab olingandan so‘ng kichik bo‘limlar 
majmualarining ro‘yxati tuziladi. Ular tezislar shaklida bo‘ladi.Ko‘rgazma 
strukturalari grafik usulda ifodalanadi. Bosh tematik reja muzeydagi barcha 
bo‘limlarning mazmunini xisobga olgan xolda tuziladi. 
Rejada maxalliy va markaziy materiallar nisbatini va hajmini belgilash 
nixoyatda muhimdir. Rejada bo‘limlar, majmualarning joylashishi, xonalarning 
uzunligi, kengligi, maydoni sxemali suratda ko‘rsatiladi va har qanday ko‘rgazma 
konkret xonaga mo‘ljallab loyixalashtiriladi. Keng tematik reja bo‘lajak ko‘rgazma 
mazmunini batafsil bayon etadi va shu bilan birga materiallarni uzul—kesil 
to‘plash uchun vazifa rolini o‘taydi. Maxsus kartotekalar tuziladi. Unda anotatsiya 
qilingan bibliografiya nashr qilingan manbalar va qo‘lyozma manbalarning 
ko‘chirma hamda konspektlar, gazetalardan qirqib olingan materiallar, jurnal, 
kitob va fototekalardan olingan bezak materiallar o‘rin oladi. Kartochkalar tematik 
rejaga muvofiq mavzular bo‘yicha joylashtiriladi. Agar ko‘rgaz ma uchun 
materiallarni bir necha tashkilotdan olish mo‘ljallangan bo‘lsa tashkilotlarda 
maslaxatchilarning manzillari, telefonlari va ismi— shariflari yozilgan kartotekalar 
tuziladi. Eksponatlar kartotekasida ularning xar birlari to‘g‘risida barcha 
ma'lumotlar to‘planadi. Materiallarni o‘rganish bilan bir vaqtda ilmiy — tadqiqot 
ishlari xam olib boriladi. Keng tematik rejada ko‘rgazma mazmuni yangi 
ma'lumotlar bilan chuqurlashtiriladi. 
Ilmiy asoslangan ekspozitsiya loyixalaridan quyidagicha maqsad 
ko‘zda tutiladi: 


99 
— oz fursatda ommaga ma'lumotlarni keng va ishonarli, xamda 
jonli yetkaza olish; 
— ilmiylikka, xolislikka, tarixiylikka asoslanish; 
— ommaning talab va extiyojini to‘g‘ri qabul qilish, ommabop 
ekspozitsiyalar tayyorlash; 
ekspozitsiyaning me'moriy — badiiy yechimini to‘tri topish; 
ommaga psixologik, pedagogik va falsafiy, xissiy ta'sir eta olish va boshqalar. 
Ekspozitsiyaning muvaffaqiyatli chiqishi avvaldan loyixalangan ilmiy 
uslubga bog‘liqki, bu jixat muzeyshunoslikda katta ahamiyat kasb etadi. 
Muzeylar ishining nechog‘li samarali bo‘lishi muzeylarda ishlab chiqilgan
me'moriy — badiiy loyixaga xam katta rol o‘ynaydi. Muzey san'at ashyolari 
saqlanadigan muassasa ekan, bunda go‘zallik, ilmiylik, tarixiylik, xolislikka 
katta e'tibor berishni talab etiladi. Ekspozitsiyaning me'moriy — badiiy 
yechimiga uslubiy asos qilib zamonaviy estetika fani yutuqlari olinadi. Ammo 
memoriy — badiiy yechim muzey ekspozitsiyasi mazmun va shaklig a mos 
tushishi kerak. Bu tamoyil buzilsa faqat shakl kelib chiqib asl manba -
ashyolarning mohiyati ochilmay qolishi mumkin. 
Zamonaviy ekspozitsiyaning eng optimal turlaridan biri bir —biri 
bilan bog‘liq ansambl (majmualar) yaratishdir. 
Shuni alohida ta'kidlash joizki, memoriy — badiiy yechim ashyolarining 
asosiy g‘oya va mohiyatiga mutlaqo mos tushishi kerak. Rassom voqyelikni, 
tarixni, tarixiy jarayonlarni chuqur bilishi kerak bo‘ladi. Shu asosda turli 
fantaziyalar yaratiladi. Bundan tashqari badiiy loyihalashda rassom psixologi va 
pedagogikani insonning psixofizik xolatlarini ham xisobga olishi kerak. 
Chunki asl ashyolar san'at asarlari bo‘lish bilan birga umuminsoniy 
qadriyatlar xamdir. Demak muzeyda ashyolarni «so‘zlatish» nafaqat 
o‘sha ashyoning mazmun va mohiyatini ochib berish, balki tarixiy 
jarayonlarni yetkazib berish, bu orqali kishilarda san'at va ma'rifatga 
muxabbat uyg‘otish xamda tarbiyalashdir. Muzey ekspozitsiyalarining zerikarli 
bo‘lmasligi ko‘proq me'moriy — badiiy yechimga bog‘liqdir. 
Yana shunisi muhimki, ekskursovod va filmlardan tashqari deyarli barcha 
ekspozitsiyalar ko‘z bilan ko‘rib, tushuniladi. Tomoshabin charchab 
qolmasligi, zerikmasligi uchun rassom turli uslublarni qo‘llashi kerak bo‘ladi. 
Ekspozitsiyalar yaratishda rassomning eng ilg‘or uslublaridan biri ijodiylik 
uslubidir. Agar rassomda izlanish, tadqiqot va malaka qancha kuchli bo‘lsa 
ekspozitsiya xam shunchalik chiroyli va ilmiy chiqadi. 


100 
Ekspozitsiyalar me'moriy — badiiy yechimda muzeyning joylashishi va 
qurilish uslubi, zaliga e'tibor beriladi. Bir muzeyga ishlangan me'moriy — badiiy 
yechim ikkinchi muzeyga mos tushmasligi mumkin. 
Me'moriy — badiiy yechim mavzuni to‘laqonli va zerikarsiz tushuntirish 
bilan birga kishilarda emotsional tuyg‘ularni, zavq oldirish hissini uyg‘otishni 
ham o‘z zimmasiga oladi. 
Ekspozitsion ansambl deganda biz ma'lum kenglikda joylashgan (bino 
ichida va ochiq osmon ostida ) ashyolarning rangi, yorug‘ligi, plastik va 
dramaturgik uyg‘unlashgan kompozitsiyasini tushunamiz. 
Ekspozitsion ansambl yaratishda asosiy, ishonchli ashyolarni tanlash, ikkinchi 
darajalilarni ajratish ortiqchalarini olib tashlash, tomoshabinga tushunish 
qiyin bo‘lgan ashyolarni tushunishning oson yo‘lini izlab topishga e'tibor 
qaratiladi.Bir so‘z bilan aytganda ashyolarni o‘zaro aloqalari, ichidagi eng asosiysi 
va majmuaviy bo‘lishini ta'minlash badiiy — ekspozitsion obraz yaratishning 
asosini tashkil etadi.Ekspozitsiyalarni turli zallarda joylashtirish uchun bosh 
yechim ishlab chiqiladi. Unda ashyolarning xususiyatlari, zallarning qurilish 
uslubi, yorug‘lik va boshqa jixatlar xisobga olingan bo‘ladi.Umuman aytganda 
tomoshabinlarda ilmiy malaka oshirish, dam oldirish, estetik zavq oldirish asosan 
me'moriy — badiiy yechimga bog‘liq 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling