Axborot tizimlaridagi boshqaruv tuzilmasining ahamiyati. Axborot tizimi jamiyat va har bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim: Axborot tizimining tuzilmasi va uning qo‘llanilish maqsadi, jamiyat va korxona oldida turgan vazifa bilan to‘g‘ri kelishi kerak. Masalan tijorat firmasida - foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarishi kerak. Axborot tizimi inson tomonidan Boshqarilishi va ijtimoiy etika prinsiplari asosida foyda keltirishi kerak. To‘g‘ri, kafolatli va o‘z vaqtida axborotlarni mijoz yoki tizimlarga yetkazishi lozim. Tashkilotni boshqarish tuzilmasi (tashkiliy, rejalash, hisobot, tahlil, nazorat, rag‘batlantirish va qaror qabul qilish funksiyalari). Axborot tizimini yaratish, tashkilotning Boshqaruv tuzilmasini tahlil qilishdan boshlanadi Boshqarish deganda quyidagi vazifalarni amalga oshirish funksiyasi bilan, qo‘yilgan maqsadga erishish tushuniladi: Tashkillashtirish - normativ hujjatlar kompleksi va tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish; shtat jadvali, bo‘limlar, laboratoriyalar va x.k. Hisobga olish - bu funksiya firma yoki tashkilot ko‘rsatkichlarining metod va formalarini ishlab chiqadi. Masalan; buxgalteriya hisoboti, moliyaviy hisobkitob, Boshqaruv hisoboti va boshkalar. Tahlil (analiz) - rejalashtirilgan vazifalarni qay darajada bajarilganligini aniqlaydi Tashkiliy tizim –boshqarish, shuningdеk, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag`batlantirish qoidalari mеzonlari uchun foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va tеxnik vositalarning ishlatilish tartibini bеlgilovchi qoidalar yig`indisidir. Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo`ljallangan. Oxirgisi ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar tеxnik vositalarning o`ziga xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim. Tizimda boshqaruv ob'еkti – bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq mahsulotni olishga yo`naltirilgan ishlab chiqarish opеratsiyalarini bajaruvchi vazirlik, idora, korxona, sеx, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim shaxslardir. Boshqaruv ob'еktining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog`idagi turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo`ysindirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |