Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


  9-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MEHNAT RESURSLARI VA

bet67/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

70 
9-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MEHNAT RESURSLARI VA 
ULARDAN FOYDALANISH 
9.1. Mehnat, mehnat resurslari tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi 
9.2. Mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari
9.3. Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari 
9.4.Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligini 
oshirish yo’nalishlari 
 
9.1. Mehnat, mehnat resurslari tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi 
Ishlab chiqarish jarayonining zaruriy qismi mehnatdir. Mehnat insonga xos xususiyat. 
Insonning jismoniy va aqliy faoliyati mehnat hisoblanadi. Ishni traktorlar, mashinalar, 
ishchi hayvonlar bajarishi mumkin. Mehnat esa faqat ongli faoliyat natijasidir. Ishlab 
chiqarishning samaradorligi ko’p jihatdan mehnatning holatiga bog’liq.
Iqtisodiy fan “mehnat resurslari”, “iqtisodiy faol aholi”, “iqtisodiyotda band bo’lgan 
aholi” kabi tushunchalarni bir biridan farqlaydi. Bu tushunchalar mohiyati va o’lchami 
bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Mehnat resurslari miqdoriy jihatdan iqtisodiy faol va 
iqtisodiyotda band bo’lgan aholiga nisbatan katta. Iqtisodiy faol aholi esa iqtisodiyotda band 
bo’lgan aholidan miqdor jihatdan katta.
Nafaqa yoshidagilar va mehnat qilish qobiliyatiga ega o’smirlar ham aholining 
kattagana qismini tashkil etadi. Lekin jamiyat uchun faol mehnat resurslari 16 yoshdan 55 
yoshgacha bo’lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar hisoblanadi. 
Iqtisodiy fan shu mehnat resurslaridan eng faoli bo’lganlarni, ya’ni 22 yoshdan 33 
yoshgacha bo’lgan kishilarni alohida o’rganadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari mehnat resurslari asosiy va yordamchi guruhlarga 
bo’linadi. Asosiy mehnat resurslariga 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 16 yoshdan 
60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, yordamchi mehnat resurslarga 14-16 yoshdagi o’smirlar va 
nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi. Ulardan asosan qishloq xo’jaligi yilining ayrim 
davrlarida foydalaniladi. 
Qishloq xo’jaligi mehnat resurslaridan foydalanish shu tarmoqning o’ziga xos 
xususiyatidan kelib chiqadi.
1. Eng avvalo qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy xarakterga ega. Natijada 
ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib, yilning ayrim davrlarida mehnat resurslarining 
bo’sh qolish holati yuz beradi.
2. Qishloq xo’jaligida yer asosiy vosita bo’lganligi uchun ishlab chiqarishni 
joylashtirish, ixtisoslashishni tanlashga ta’sir qiladi. 
3. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslari nisbatan past malakaga ega. Ularning bir 
yerdan ikkinchi yerga ko’chib o’tish darajalari ham juda past. Bu muammo ham ular bor 
joyda ishlab chiqarishni, turli xizmat turlarini imkoni boricha maksimal darajada tashkil 
etishni talab qiladi. 



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling