Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


 Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari

bet69/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

 
9.3. Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari 
Mehnat unimdorligi iqtisodiy kategoriya bo’lib, konkret sarflangan mehnatning 
natijaviyligi yoki samaradorligidir.
Aniq sarflangan mehnatning natijaviyligi mehnat unumdorligidir degan tushuncha 
mehnat unumdorligining mazmunini boshqalariga nisbatan aniqroq ifoda etadi. Vaqt birligi 
ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori mehnat unumdorligining asosiy ko’rsatkichini 
ifodalaydi. Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt miqdori ham mehnat 
unumdorligining ikkinchi ko’rsatkichini ifoda etadi.
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Bunda 
natural va qiymat ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Natural ko’rsatkichlarga vaqt birligi 
ichida ishlab chiqarilgan yalpi hosil va bir birlik mahsulot (natura shaklidagi) ishlab 
chiqarish uchun sarflangan vaqt miqdori kiradi.
Bir ishchi xodim hisobiga bir yilda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdori. Bu 
ko’rsatkich mehnat unumdorligining eng asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Bu, yil davomida 
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ishchi xodimlarning o’rtacha yillik soniga bo’lish 
yo’li bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkich sarflangan mehnatga nisbatan ham hisoblanadi. Bunda 
yalpi mahsulot uni ishlab chiqarilgan vaqt, kishi-soatlariga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. 
Mehnat unumdorligi kishi-soatlari bo’yicha aniqroq va to’g’riroq hisoblanadi. CHunki 
xodimlarning o’rtacha yillik soni haqiqatda sarflangan mehnatni kishi soatlaridek aniq 
belgilamaydi. Bir kishining 280 yoki 260 kun ishga chiqqani uning haqiqatda har kuni 
necha soat ishlaganini bildirmaydi.
Mehnat unumdorligining bu ko’rsatkichlarini hisoblaganda yalpi mahsulotni hisoblash 
usullari ham katta ahamiyatga ega. Amalda yalpi mahsulot joriy va solishtirma narxlarda 
hisoblanadi. Uzoq davrlarga mehnat unumdorligining dinamikasini ko’rganda solishtirma 
baholarda hisoblangan yalpi mahsulotni olish talab qilinadi. Bu ko’rsatkichlarning yildan – 
yilga oshgani ijobiy hisoblanadi.
1 yoki 100 yoki 1000 so’mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt 
mehnat unumdorligining ikkinchi iqtisodiy ko’rsatkichidir. Sarflangan mehnat kishi-
soatlarida o’lchanadi. Bu ko’rsatkich natijalari yildan – yilga kamayib borgani yaxshi. Ya’ni 
bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan kishi-soatlari miqdori kamayib 
borishi zarur. Bu iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling