75
10-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MODDIY-TEXNIKA RESURSLARI
10.1. “Agrosanoat majmuasi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning mohiyati
va ahamiyati
10.2. Qishloq xo’jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari
10.3. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari
10.4. Aylanma mablag’lar va ulardan foydalanish
10.1. “Agrosanoat majmuasi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning mohiyati
va ahamiyati
Agroanoat majmuasining moddiy – texnika resurslari deganda majmua tarmoqlarida,
uning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida
mavjud barcha asosiy fondlar, xo’jalik inventarlari
yig’indisi tushuniladi. Agrosanoat
majmuasi tarmoqlarining, ayniqsa, qishloq xo’jaligining
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash katta ahamiyatga ega.
Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi boshqa tarmoqlarnikidan farq qiladigan
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasining tarkibiga yer kiradi. Yer
qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etishi bizga ma’lum.
Yerning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda xo’jaliklarning
moddiy-texnika
bazasini rivojlantirish zarur.
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi tabiat qonunlariga boshqa
tarmoqlarnikiga nisbatan ko’proq bog’liq. Buning natijasida
turli mintaqalarda turlicha
texnika va boshqa resurslardan foydalanish zarurati kelib chiqadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: