Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
|
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.2. Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarini qo’llab-quvvatlash mexanizmi
Faktoring – korxonalar o’rtasida qarzlarni undirishda vositachilik faoliyatidir.
Faktoringda o’rtada turuvchi kompaniya (odatda, bank) qarz bergan korxonadan ma’lum bir komission to’lov evaziga qarzdordan mablag’ni undirish huquqini qo’lga kiritadi. Faktoring shartnomasi tuzilishi bilan korxona undirolmay turgan qarzning aksariyat qismini faktoring kompaniyasi (yoki bank) dan qo’lga kiritadi. So’ngra faktoring kompaniyasi debitor 105 korxonaga qarzni undirish bo’yicha da’vo qo’zg’atadi. Faktoringning afzalligi shundaki, u noto’lovlar muammosini qisman bo’lsada yechishga imkon beradi. So’nggi paytlarda moliyalashtirishning yangi shakllaridan biri sifatida overdraft kirib kelmoqda. Overdraft – qisqa muddatli kreditlash shakli bo’lib, banklar amaliyotida ishlatiladi. Uning mazmuni shundaki, bank o’z mijozining hisob raqamida vaqtincha mablag’ bo’lmagan holatda uning faoliyatini moliyalashtirish uchun overdraft shartnomasini tuzadi. Mijoz o’z hisob raqamida mablag’ paydo bo’lishi bilan overdraft shartida olgan qarzlarini bankka ma’lum bir foizlar evaziga qaytaradi. Overdraft, odatda, bankning eng ishochli mijozlariga nisbatan qo’llaniladi. 106 17 –BOB. YeVROPA HAMJAMIYaTINING YaGONA AGRAR SIYoSATI 17.1. Yevropa hamjamiyati yagona agrar siyosatining zarurati, ahamiyati va rivojlanishi 17.2. Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarini qo’llab-quvvatlash mexanizmi 17.1. Yevropa hamjamiyati yagona agrar siyosatining zarurati, ahamiyati va rivojlanishi Evropa Ittifoqi dunyo siyosati, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida muhim o’ringa ega mintaqa hisoblanib, aholisi 496 million kishini tashkil etadi. Dunyo yalpi ichki mahsulotining 22 foizidan ko’prog’ini ishlab chiqaradi. Dunyo xalqaro savdosining 40 foizini, eksportining 50 foizi Yevropa Ittifoqiga to’g’ri keladi. Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng yirik oltin-valyuta zahirasiga ega. Yevropa Ittifoqi yalpi ichki mahsulotining 0,4-0,5 foizi miqdorida rivojlanayotgan va bozor munosabatlariga o’tish davrini boshdan kechirayotgan davlatlarga yordam ko’rsatishga ajratmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston Respublikasi mustahkam siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalar o’rnatgan. O’zbekiston Respublikasining umumiy tashqi savdo aylanmasining 55 foizga yaqini Yevropa Ittifoqi a’zolari bo’lgan davlatlarga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasi Yevropa Ittifoqi bilan TASIS va TRASEKA dasturlari, qurilish, energetika, ta’lim va ekologiya munosabatlari bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi sohasida ham aloqalar o’rnatgan. Evropa Ittifoqi hozirgi holatga yetguncha juda murakkab va og’ir darvlarni boshdan o’tkazgan. Ikkinchi jahon urishidan keyin Yevropa davlatlari uchun integratsiyalashuv jarayoniga havfsizlikni ta’minlaydigan eng asosiy omil sifatida qarala boshlandi. SHu maqsadda 1948 yilda Yevropa Iqtisodiy Kooperatsiyasi Tashkiloti (EITS) tuzildi. Natijada Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg yagona bojxona ittifoqini vujudga keltirdilar. Yevropa davlatlarining iqtisodiy integratsiyalashuvida Marshal rejasida katta ahamiyat kasb etdi. Uning natijasida 1948-1952 yillarda AQSH va Kanada davlatlaridan Yevropaga 25 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. 1951 yilda Yevropa ko’mir va po’lat hamjamiyati vujudga keldi. Uning natijasida ko’mir va po’lat uchun bojxona to’lovlari, kvotalar va subsidiyalar bekor qilindi. Evropa davlatlari arzon import mahsulotlaridan himoyalanish va o’zlarining qishloq xo’jaligini mustahkam asosga qo’yishga kirishdilar. Bunday fikrlar natijasida 1957 yilda Yevropa davlatlaridan 6 tasi Rim shahrida Rim shartnomasini imzoladilar. Bu shartnoma Yevropa hamjamiyati tashkil etilishiga asos soldi. Rim shartnomasining 38- 47- moddalari Yevropa yagona agrar siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab beradi. Ushbu hujjat bo’yicha Yevropa yagona agrar siyosatining maqsadlari quyidagicha belgilandi: ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanish, qishloq xo’jaligining rivojlanishiga texnikaviy yordam ko’rsatish orqali qishloq xo’jaligshi mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish; qishloq joylarda yashaydiganlarga yaxshi turmush darajasida yaratish, ayniqsa, qishloq xo’jaligida mehnat qilayotganlar daromadini oshirish evaziga ularning turmush darajasini keskin oshirish; bozorni barqarorlashtirish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarining kafolatli ta’minotini vujudga keltirish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarining iste’molchilar uchun maqbul baholarini vujudga keltirish; 107 Evropa ittifoqi Vazirlar kengashi 1962 yilda don mahsulotlari uchun yagona Yevropa bozorini shakllantirish bo’yicha qator hujjatlar qabul qildi. Ushbu hujjatlarda yagona don bozorini tartibga solib turish mexanizmlari ishlab chiqarildi. Ular hozirgi kunda ham Yevropa agrar siyosatining asosini tashkil etadi. Bu mexanizimlar: maqsadli narxlar, interventsion narxlar, ostona narxlari, o’zgaruvchan import tariflari va eksport subsidiyalaridan iborat. Bundan tashqari yagona don bozorini moliyalashtirish tartibini ham joriy qildi. Yevropa yagona agrar bozorini o’rnatish bo’yicha qilingan katta ishlarga qaramasdan bu jarayon oson kechgan emas. Faqatgina yagona don bozori o’rnatish bo’yicha amalda kelishish 1967 yilda amalga oshdi.1962 yilda markazlashgan moliyalashtirishni amalga oshirish uchun tuzilgan Yevropa qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan va kafolat fondi (FEOGA)ga pul ajratish 1969 yildagina amalga oshiriladi. Natijada 1970 yilga kelib Yevropa yagona agrar siyosati unga a’zo davlatlar manfaatlari uchun xizmat qiladigan juda katta amaliy kuchga aylandi. 1972 yilda “Qishloq xo’jaligi -80” nomli Mansxold rejasi qabul qilindi. Ushbu rejaga binoan 1980 yilga kelib qishloq xo’jaligada band bo’lganlar sonini 5 mln. kishiga kamaytirish va fermerlarning o’rtacha xajmini oshirish vazifasini qo’yiladi. Albatta, bu ixtiyoriy ravishda yuz berishi kerak edi. Bu reja quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirishni belgilaydi: 55-65 yoshdan oshgan fermerlar o’z faoliyatini to’xtatgan holda ularga yiliga ma’lum miqdorda pul mablag’lari berilishini tashkil etish; Istiqbolli deb topilgan fermerlarga imtiyozli kreditlar va kredit kafolatlari berish; Fermerlar uchun axborot va maslahat xizmatlarini tashkil etish va ularni rivojlantirish; Marketing xizmatlarini rivojlantirish yuzasidan tashkil etilayotgan uyushmalarni va birlashmalarni qo’llab-quvvatlash; Qishloq xo’jaligiga yangi yerlarni jalb etishni cheklash. 1992 yilda Yevropa yagona agrar siyosatini rivojlantirish yuzasida yangi reja- Mak- SHerri rejasi qabul qilindi. Uning asosiy mazmuni quyidagilarda o’z ifodasini topdi: Dehqonchilik va qoramolchilik mahsulotlariga bo’lgan narx dunyo darajasiga yaqinlashtirilishi kerak (hatto, 90-yillarda ham Yevropa davlatlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish narxi AQSH va Kanadadagi darajadan ancha baland edi.); Fermerlarga narxlarni tushirganlari uchun zararni qoplaydigan to’lovlar to’lashni tashkil etish; Zararni qoplash to’lovlari ishlab chiqarishdan yerlarni ozod qilgan va 1 ga yerga chorva mollarining maksimal biriktirilishini ta’minlagan fermerlarga berish; Fermerlarning ekologik masalalarini to’g’ri hal etishda qatnashishlari, erta pensiyaga chiqishlarini qo’llab-quvvatlash. 1997 yilda Yevropa Hamjamiyati Komissiyasi “2000 yil kun tartibi: qishloq xo’jaligi” hujjatini e’lon qildi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling