Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining tarkibi
|
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк
18.2. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining tarkibi
110 Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi eng avvalo don ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Donning juda ko’plab turi yetishtiriladi ammo bug’doy va makkajo’xori yetakchi o’rinni egallaydi. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida katta miqdorda meva, uzum, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Amerika Qo’shma SHtatlarining janubiy hududlarida paxtachilik, tamakichilik, shakar qamish, tsitrusli mevalar, bog’dorchilikda bodom yetishtirish, uzumchilik rivojlantirilgan. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida chorvachilik ham yuqori darajada taraqqiy etgan. Asosan qoramolchilik, qo’ychilik, cho’chqachilik va parrandachilik intensiv rivojlantirilgan. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida yirik xo’jaliklari asosiy ishlab chiqaruvchilar sanaladi. 1 foizga yaqin yirik xo’jaliklari Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlarining 40 foizdan ortiqrog’ini yetishtiradi. Fan texnika revolyutsiyasi mamlakat agrosanoat majmuasini shakllantirdi. Amerika Qo’shma SHtatlarida agrosanoat majmuasi agrobiznes deb yuritildi. Amerika Qo’shma SHtatlari agrobiznesi qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birgalikda uni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, sotish va qishloq xo’jaligi mashinasozligi, mineral o’g’itlar, kimyoviy vositalar ishlab chiqarish kabi xizmatlari o’z nazratiga oluvchi tizimdir. Fan texnika tarqqiyoti qishloq xo’jaligi sanot tipidagi ishlab chiqarishga aylantira bordi. Natijada “donfabrikalari”, “broylerfabrikalari”, “paxtafabrikalari” degan tushunchalar yuzaga keldi. Natijada qishloq xo’jaligida fermkerlarning malakasi va bilimi, mehnat unumdorligi keskin oshdi. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida hosildorlik va mahsuldorlik Yevropa hamjamiyati davlatlaridagiga qaraganda past bo’lishiga qaramasdan, bir kishi hisobiga ishlab chiqarilga mahsulotning miqdori bo’yicha ustunlikka ega bo’ldi. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida bir kishi 50 kishiga yetarli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Amerika Qo’shma SHtatlari yer fondi (Alyaskasiz) 770 million gektarni tashkil etadi. SHundan haydaladigan yerlar 20 foizni, pichanzor va yaylovlar 50 foizni, mol boqilmaydigan 15 foiz zaxira yerlar qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun ajratilgan. Ayova shtatida haydaladigan yerlar fermer xo’jaliklari yerlarining 90 foizini tashkil etadi. Amerika Qo’shma SHtatlarida 17 million gektar sug’oriladigshan yerlardan foydalaniladi. SHuning 75 foizi g’arbiy shtatlarda joylashgan. Keyingi paytlarda namgarchilikni barqaror emasligi tufayli buyuk pasttekisliklarda joylashgan shtatlarda ham sug’orish ishlariga e’tibor kuchaymoqda. Jami ekin maydonlarining 65 foizi don yetishtirish uchun ajratilgan. Yem uchun don yetishtirish bug’doy yetishtirishdan 4 marta ko’p. Birgina makkajo’xori 30 million gektarga ekiladi. Uning hosildorligi o’rtacha 55-56 tsentnerni tashkil etadi. Makkajo’xorinnig 75 foizga yaqinini Ayova, Illinoys va Indiana va ularga yaqin shtatlar beradi. Makka soya, arpa va beda bilan almashlab ekiladi. Yiliga 25-30 million gektarga bug’doy ekiladi. Bug’doyning o’rtacha hosildorligi 20- 21 tsentnerni tashkil etadi. Soya 1920 yillardan ekila boshlagan va dunyoda yetishtirladigan soyaning 60 foizi Amerika Qo’shma SHtatlarida yetishtiriladi. Mamlakat aholisining moyga bo’lgan talabaning 65 foizi soya moyi sanaladi. Soya parranda va chorva uchun ozuqa sifatida ham ishlatiladi. 19 asrda paxta tolasi mamlakat eksportining asosiy tovari sanalgan. Kimyoviy tola ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi paxtachilikning keskin kamayishiga olib keldi. 111 Hozirda Missisipi daryosi bo’ylarida Texas, Kaliforniya, Arizona shtatlarida paxtachilik saqlanib turibdi. 5 million gektardan ortiqroq yerga paxta ekiladi. 2,6 million tonna paxta tolasi va 6,0 million tonna paxta chigiti yetishtiradi. Paxta chigiti moy olishda soyadan keyingi ikkinchi o’rinda turadigan mahsulot sanaladi. Amerika Qo’shma SHtatlari paxta tolasi eksportida birinchi o’rinda turadi. Amerika Qo’shma SHtatlari tamaki yetishtirida dunyoda birinchi o’rinda turadi. Tamaki og’ir mehnat bilan bog’liq bo’lganligidan unchalik Appalachi tog’oldi hududlarida (janubiy-sharqiy shtatlar) uncha katta bo’lmagan massivlarda, kichik fermalar tomonidan yetishtiriladi. Michigan, Florida, Luiziana shtatlarida shakar qamish yetishtirladi. Amerika Qo’shma SHtatlari o’zini shakar bilan ta’minlay olmaydi va uni Puerto-Riko, Fillipin va boshqa davlatlardan import qiladi. Kaliforniya va Flori shtatlari 70 foiz mevani beradi. Apelsin va limonni 100 foizi shu shtatlarda yetishtirladi. Men va Yangi Angliya shtatlarida lalmi kartoshka, Aydaxoda sug’oriladigan yerda yetishtiriladi. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi tovar mahsulotda chorvachilikning ulushi 55 foizdan ortiqroq. CHorvachilikda go’sht yo’nalishi asosiy sanaladi. Buyuk tekislik shtatlarida (g’arbiy shtatlar) makka bilan jo’xori (sorgo) yetishtirish ko’paydi va omuxta yem ishlab chiqarish rivojlandi. Bu esa agrobiznesda “go’shtfabrikalari”ning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. CHo’chqachilik go’shti yog’li bo’lganligi sababli qoramol go’shtiga nisbatan talab past. Makka poyasida rivojlangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin parrpandani go’shtga sanoat asosida boqish (broyler) keskin rivojlandi. Uning 90 foizi Jorjiya, Alabama, SHimoliy va Janubiy Karolina shtatlarigato’g’ri keladi. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida bozorda talabning o’zgarishiga qarab, cheklovlarni qo’llab turadi. Bu esa raqobatni keskinlashuviga olib keldi. Natijada kuchli, yirik, ixtisoslashgan xo’jaliklar bozorda o’z o’rnini saqlab turibdi. Ixtisoslashgan xo’jaliklar odatda 50 foizdan ortiq daramodlarini bir turdagi mahsulotni sotishdan oladigan xo’jaliklardir. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling