Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
19- BOB. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligi
|
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19.2. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining tarkibi
114
19- BOB. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligi 19.1. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati 19.2. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining tarkibi 19.3. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligini rivojlantirish yo’nalishlari 19.1. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati Mustaqil hamdo’stlik davlatlariga Sobiq Iqtifoq tarkibiga kiruvchi (boltiqbo’yi dalvtlaridan tashqari) davlatlar kiradi. Ularning deyarli barchasida qishloq xo’jaligi eng muhim tarmoqlaridan bir sanaladi. Mustaqil hamdo’stlik davlatlarining barchasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Tabiiy iqlim sharoiga hamda tarixiy rivojlanish natijasida shakllangan iqtisodiyoga qarab har bir mamakat qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirishga ixtisoslashganligini ko’ramiz. Mustaqil hamdo’stlik davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining ulushi yalpi ichki mahsulot 11 foizdan 26 foizni tashkil etadi. Mustaqil hamdo’stlik davlatlari qishloq xo’jaligida iqtisodiy faol aholining 12-28 foizi band. Mustaqil hamdo’stlik davlatlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ichki talabni qondirish darajasida 56 foizdan 96 foizni tashkil etadi. 19.2. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining tarkibi Mustaqil hamdo’stlik davlatlari qishloq xo’jaligida mustaqillik yillari davrida katta o’zgarishlar yuz berdi. Eng avvolo bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonini boshidan kechirdi. Bozor munosabatlariga mos qonunlar va me’yoriy huquqiy asoslar o’zgartirildi. Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlar o’zgarib, xususiy mulk hal qiluvchi kuchga ega bo’ldi. Bu o’zgarishlarga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari ham o’zgardi. Qishloq xo’jaligi kooperativlari, agrofirmalar, jamoa xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari yuzaga keldi. Mustaqil hamdo’stlik davlatlari ichida qishloq xo’jaligi nisbatan yaxshi rivoj topgan dallatlardan bir Rossiya Federatsiyasi sanaladi. Qishloq xo’jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2014 yilda 4,8 foizni tashkil etdi. Band bo’lganlarning 10 foizi qishloq xo’jaligi ishlaydi. Tarixan don yetishtirish bilan shug’illangan. Revolyutsiyagacha don ekinlari maydoni jami ekinzorlarda 88 foizdan ortiqroqni tashkil etgan. Don asosiy eksport tovarlaridan biri hisoblangan. Sobiq Itifoq davrida 145 millon gektardan ortiq yerda dehqonchilik qilingan. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2008 yilga kelib 1990 yildagi darajaning 87 foiziga yetdi. O’simlikchilik 130 foizni, chorvachilik 60 foizni tashkil etdi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 56 foizi o’simlikchilik va qolgan 44 foizi chorvachilika to’g’ri keladi. Yetishtirilgan yalpi mahsulotning 48-50 foizini aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari, 43 foizga yaqinini qishloq xo’jaligi korxonalari va 8 foizga yaqinini fermer xo’jaliklari ishlab chiqaradi. Yer yuzidagi jami haydaladian yerlarning 10 foizi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi. Bo’g’doy eksporti bo’yicha dunyoda 3 o’rinda (AQSH va YeIdan keyin) turadi. 84 ta davlat Rossiya bug’doyi va unini import qiladi. 115 2006 yilda “APKni rivoji” dasturi qabul qilindi. Dastur ustun darajada chorvachilikni rivojlantirishga, qishloq xo’jaligini raqobatbardoshligini oshirishga, kambag’allika qarshi kurashishga, qishloq xo’jaligida kichik biznesni rag’batlantirishga qaratilgan. Har yili qishloq xo’jaligini qo’llab-quvvatlashga 140 milliard rubl otrofida mablag’ davlat byudjetidan sarflanmoqda. 2010 yilda Braziliya, Rossiya, Xindiston va Xitoy (BRIK) o’zaro qishloq xo’jaligi bo’yicha delaratsiya imzolashdi. Uning mohiyati qishloq xo’jaligi sohasi bo’yicha hamkorlik qilish, qishloq xo’jaligi bo’yicha ma’lumotlar bazasini yaratishdan iboratdir. Qozoqiston Respulikasi qishloq xo’jaligi rivojlangan davlatlardan biri sanaladi. Qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladigan yer maydoni 222,5 million gektarni tashkil etadi. SHundan, 24,1 million gektari (10,8%) haydaladigan yerlarni, 5 million gektari (2,2%) pichanzorlarni va 189 million gektari (85%) yaylovlarni tashkil etadi. Respublika qishloq xo’jaligida bug’doy, arpa, sabzavot, poliz, kungaboqar, len, tamaki, paxta, qand lavlagi, sholi, meva va uzum yetishtiriladi. CHorvachilikda qo’ychilik, otchilik, tuyachilik va qoramolchilik asosiy tarmoqlar sanaladi. Keyinga paytlar parrandachilik ham tez rivoj topmoqda. 1954 yilda qo’riqni (tselena) o’zlashtirish boshlandi. 1954-1959 yillarda qo’riqni o’zlashtirishga 20 milliard rubl sarflandi. Qishloq xo’jaligi aholisi 7,3 millon kishi. Yiliga juda kam, ya’ni 150-320 mm yomg’ir tushadi. Mamlakat qishloq xo’jaligi shakar, o’simlik moyi, parranda go’shti, sabzavot va mevalar bilan o’zini ta’minlay olmaydi. Jun, teri, paxta tolasi va bug’doy eksport qiladi. 90 foizdan ortiq chorva mollar uy xo’jaliklarida joylashgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling