Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

bet117/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

Bozor infratuzilmasi – bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini 
ta’minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui. Bozor infrastrukturasining asosiy unsurlar 
quyidagilar: birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy 
rasmiylashtirilgan vositachiligi; kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari 
tashkiliy vositachilik shakllari; kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya 
banklari; aholi bandligini boshqarish tizimi; davlat va nodavlat bandlikka yordam ko’rsatish 
markazlari (mehnat birjalari); axborot texnologiyalari va ishbilarmonlik aloqalari vositalari; 
soliq tizimi va soliq inspektsiyalari; tijorat-xo’jalik xatari sug’urtasi tizimi va sug’urta 
kompaniyalari; maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot 
vositalari agentliklari; savdo palatalari, bojxona tizimi; o’rta va oliy iqtisodiy ta’lim tizimi; 
auditorlik va konsalting kompaniyalari; va h.k. 


193 
Bozor kon’yukturasimuayyan davrdagi bozor holati; bozorda muvozanatning 
mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarkterlanadi. SHunga ko’ra bozor kon’yukturasi ijobiy 
va salbiy, qulay yoki noqulay bo’lishi mumkin. 
Birja – mahsulotlarni sotish tizimlaridan biri. Talab va taklifga qarab mahsulotlar 
narxi birjada muvozanatlashib turadi. 
Veksel (nemischa Wechsel - ayirboshlash) – ko’rsatilgan muddatda muayyan 
miqdordagi pulni to’lash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat
qimmatli qog’oz. 
Daromadlar - hisobot davrida aktivlarning ko’payishi yoxud majburiyatlarning 
kamayishi. 
Davlat buyurtmalari – davlat tomonidan muayyan mahsulot turini (hozirgi kunda 
paxta va g’allani) yetkazib berish bo’yicha qishloq xo’jaligi korxonalari bilan tuzilgan 
shartnoma-topshiriq. 
Dividend — sof foydaning soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar to’langanidan keyin 
shirkat xo’jaligi (aktsiyadorlar jamiyati) ixtiyorida qoladigan va a’zolar o’rtasida 
taqsimlanishi lozim bo’lgan qismi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling