Dehqon xo’jaligi - oilaviy mayda tovar xo’jaligi, oila a’zolarining shaxsiy mehnati
asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan
tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
Dehqonchilik tizimi - dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish uchun yerdan to’la
foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan, o’zaro bog’liq va bir-birini
to’ldiradigan tashkiliy-agrotexnik tadbirlar yig’indisi.
Davlat buyurtmasi - davlat talabi bilan (shartnoma yoki kelishuv asosida) korxona,
tashkilot, xo’jaliklarga muayyan mahsulot turini belgilangan muddatlarda ishlab chiqarish
va yetkazib berish, davlat ehtiyojlari uchun tegishli xizmatlar ko’rsatish, shuningdek ishlab
chiqarish, noishlab chiqarish va ilmiy texnikaviy ishlarini bajarish va boshqalar.
Davlat byudjeti – davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun mo’ljallangan pul
daromadlari va xarajatlari majmui.
Daromad – keng ma’noda kirim bo’lgan har qanday pul mablag’lari yoki pul
qiymatiga ega bo’lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o’z faoliyati natijasiga
ko’ra oladigan pul va tovar – moddiy tushum.
Dehqonchilik – o’simlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy o’simliklar
(qishloq xo’jalik ekinlari)ni yetishtirish; qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri.
Dehqonchilik tizimi – yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va
oshirish, ekinlardan yuqori hosil olishga qaratilgan, o’zaro bir-biriga bog’liq texnologik
(agrotexnik), meliorativ va tashkiliy iqtisodiy tadbirlar majmui.
Dotatsiya (lotincha dotaio – tuhfa) – 1) ma’lum xarajatlarni qoplash uchun
iqtisodiyotning bir sub’ekti tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul
mablag’lari berilishi. Dotatsiya odatda davlat byudjeti tomonidan beriladi. 2) muayyan
fuqaro va tashkilotlarga ko’rilgan zararni qoplash yoki belgilangan maqsadlar uchun davlat
tomonidan pul mablag’laning ajratilishi (berilishi).
Download Do'stlaringiz bilan baham: |