194
Ixtisoslashtirish – mavjud tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar va boshqa omillar ta’sirida u
yoki bu mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashuv.
Investitsiya – bu foyda olish maqsadida moliyaviy resurslarni (kapitalni)
iqtisodiyotning tarmoqlariga uzoq muddatga qo’yishdir.
Kichik biznes – manfaat (foyda) olish maqsadida ishlab chiqarishni,
asosan xususiy
tadbirkorlikni kichik miqdorda va shakllarda, tashkil etish.
U ishlab chiqarish, xizmat
ko’rsatish, savdoning ma’lum shakl va turlarida rivojlanadi. Xususiy tadbirkor o’z
faoliyatini ma’lum xatar (raqobat tavakkalchiligi) asosida yuritadi.
Motivatsiya (sababni asoslash) – real
mehnat hulqini tushuntirish, asoslab berish
uchun sabablar (mulohazalar) tanlashga qaratilgan og’zaki xati-harakatdir.
Mehnat bozori – ishchi kuchlarining mehnatga bo’lgan qobiliyatini
sotish va sotib
olish tizimi. Mehnat bozorining uchta sub’ekti mavjud. Bularga: o’z ishchi kuchini
sotuvchilar, ish beruvchilar va davlat kiradi.
Mehnat resurslari – aholining mehnat qilish qobiliyatiga (jismoniy va aqliy
faoliyatga) ega bo’lgan qismi.
Mehnat unumdorligi – Konkret sarflangan mehnatning samaradorligi,
natijaviyligidir. Mehnat unumdorligi vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: