Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


Агросаноат мажмуаси тармоқлари учун ишлаб чиқариш

bet50/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

Агросаноат мажмуаси тармоқлари учун ишлаб чиқариш 
воситалари ишлаб чиқарувчи (биринчи) соҳаси 
1. Қишлоқ хўжалиги машинасозлиги (трактор, комбайн, ер ҳайдовчи, қазувчи ва 
текисловчи машиналар, махсус транспорт воситалари, прицеплар, уруғни 
экиш машиналари ва х.з.)
2. Кимёвий маҳсулотлар ишлаб чиқариш саноати (азотли, фосфорли ва калийли 
минерал ўғитлар ишлаб чиқарувчи заводлар, ўсимликларни ҳимоя қилиш 
воситалари ишлаб чиқариш саноати, чорва молларини касалликлардан ҳимоя 
қилувчи воситалар ишлаб чиқариш саноати, ўсимлик ва чорва молларини 
ўсишини рағбатлантирувчи моддалар ишлаб чиқариш саноати ва х.з.) ,
3. Омухта ем ишлаб чиқариш саноати,
4. Микробиология саноати 
5. Қишлоқ хўжалигининг бир қисми (уруғлик, мева, узум кўчатларини ишлаб 
чиқариш, наслли молларни ишлаб чиқариш ва х.з.).
6. Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини қайта ишлаш саноати учун асосий ишлаб 
чиқариш воситалари ишлаб чиқариш саноати 
7. Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини сақловчи омборхона, музхоналар, учун 
ишлаб чиқариш воситалари ишлаб чиқариш. 
8. Агросаноат мажмуаси маҳсулотларини истеъмолчиларга етказиб берувчи 
соҳага ишлаб чиқариш воситалари ишлаб чиқариш саноати.


49 
yaxshilaydi va uning turmush darajasini oshiradi. Bir so’z bilan aytganda mamlakatning 
iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaydi. 
Rivojlangan davlatlarda YaIMda sanoatning ulushi o’rtacha 32-38% ni, qishloq 
xo’jaligi 2-4 foizni, xizmat ko’rsatish sohasi – 55-60 foizni tashkil etadi.
1990 yilda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida sanoatning ulushi 14,0 foizni, 
qishloq xo’jaligi 36,1 foizni tashkil etgan edi. 2015 yil yakunlariga ko’ra sanoatning ulushi 
33,5 foizni va qishloq xo’jaligining ulushi 16,7 foizni tashkil etdi. 
Kelajakda sanoatning ulushini 40 foizga yetkazish va qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
ishlab chiqarish hajmini ko’paytirilgan holda uning ulushini mamlakat yalpi mahsulotida 10 
foizdan past bo’lishini ta’minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mamlakat sanoatining asosiy qismi agrosanoat majmuasi bilan bog’liq. Agrosanoat 
majmuasi yaxshi, samarali ishlashi uning 1-sohasining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. 
Agarda mamlakatda agrosanoat majmuasining 1- sohasi yaxshi rivojlangan bo’lmasa, zarur 
ishlab chiqarish vositalarini, texnikalarni tashqaridan sotib olish zarurati tug’iladi. Bu esa 
har yili katta miqdordagi moliyaviy resurslarni sarflanishini talab qiladi. Eng yomoni, 
mamlakat agrosanoat majmuasining muvaffaqiyatli faoliyati boshqa davlatlardan kerakli 
ishlab chiqarish vositalarini olib kelishga bog’liq bo’lib qoladi. Bunday bog’liqlik, odatda, 
salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Sohaga kiruvchi tarmoqlarning rivojlantirilishi iqtisodiyotni sanoatlashtiradi. 
Agrosanoat majmuasining birinchi sohasiga kiruvchi tarmoq korxonalarining rivojlanishi 
mamlakat mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashni yaxshilaydi. Sanoatda ish bilan 
ta’minlangan mehnat resurslarining malakasi yuqori bo’ladi. Natijada mehnat resurslarning 
sifati yaxshilanadi va raqobatbardoshligi oshadi. Qolaversa, sanoatda yuqori malakali
intensiv mehnat bo’lganligi uchun unga to’lanadigan haq ham yuqori. Bu bir tomondan 
aholining turmush darajasini oshiradi, uning mahsulot va xizmatlarni sotib olish qobiliyatini 
yaxshilaydi. Ikkinchi tomondan esa davlat byudjetiga to’laydigan daromad soliqlari miqdori 
ham yuqori bo’ladi. Bu davlat byudjetining mustahkamlanishiga, iqtisodiy – ijtimoiy 
masalalar yechimining yaxshilanishiga olib keladi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling