Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


Qishloq xo’jaligida yer fondlaridan foydalanish darajasi va samaradorligini

bet65/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

8.2. Qishloq xo’jaligida yer fondlaridan foydalanish darajasi va samaradorligini 
ifodalovchi ko’rsatkichlar 
 
Qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan, undan qanday 
(samarali, samarasiz, yaxshi yoki yomon) foydalanayotganligimizni bilishimiz zarur. 
Yerdan foydalanishning darajasi, samaradorligini aniqlashning usullari olimlar tomonidan 
yetarli darajada chuqur o’rganilgan. Iqtisodiy fan qishloq xo’jaligida yerdan foydalanish 
holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni ikki guruhga bo’lib o’rganadi. Birinchi guruhga yerdan 
foydalanish darajasini ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar kiradi: 
1). Yer fondining tarkibi (strukturasi). Jami yer maydonida qishloq xo’jaligiga yaroqli 
(qishloq xo’jaligiga tayin etilgan) yerlarining salmog’i, (foizlarda ifodalanadi). Bu 
ko’rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
100
.
.
.
.
.
.
.
х
м
ер
Ж
ер
тэ
Кх
сал
ер
Кх

 
Bunda: Qx yer sal. – qishloq xo’jaligiga yaroqli yer salmog’i, % 
J. yer m. - jami yer maydoni, ga 


67 
Qx. Te. Yer. - qishloq xo’jaligi uchun tayin etilgan yer maydoni, ga 
Bu ko’rsatkich mavjud (mamlakatda, regionda, xo’jalikda) yer maydonlarining qancha 
qismi qishloq xo’jaligi uchun yaroqli (yoki qishloq xo’jaligiga tayin etilganligini) ekanligini 
bildiradi. Turli xo’jaliklarning, mamlakat va regionlarning umumiy yer maydonlari bir 
miqdorda bo’lishiga qaramasdan qishloq xo’jaligida foydalanishga yaroqli bo’lgan 
maydonlari turlicha bo’lishi mumkin. Qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yerlari kam 
miqdorda bo’gan davlatlar, region va xo’jaliklar bu masalaga alohida qarashlari zarur. Ular 
har bir gektar yerni avaylab asrashi va qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqlarga o’tib 
ketishini juda qattiq nazoratga olishlari zarur bo’ladi. Mamlakat, mintaqa (hudud) va 
xo’jaliklarda yerlarni qishloq xo’jaligidan boshqa tarmoqqa o’tib ketishi faqatgina davlat 
zarurati, imkonsiz hollarda yoki juda katta samara keltirishi mumkin bo’lgan holatlardagina 
amalga oshirilishi kerak.
2). Qishloq xo’jaligi yerlarining tarkibi. Bu ko’rsatkich qishloq xo’jaligiga yaroqli 
yerlar tarkibini ko’rsatadi. Jumladan, jami qishloq xo’jaligi yerlarida haydaladigan yer 
salmog’i quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
100
.
.
.
.
.
.
.
.
х
м
ер
х
Жк
турлари
ер
Кх
тар
ер
Кх

Bunda: Qx yer tarkibi – qishloq xo’jaligi yerlarining tarkibi, % 
Qx yer turlari - qishloq xo’jaligiga yaroqli yer maydoni, ga 
Jq.x. yer m. - jami qishloq xo’jaligi yer maydoni, ga 
3). Yerdan foydalanish koeffitsienti (martaliligi). Bu ko’rsatkich quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi.
га
м
э
Ж
га
Хэм
к
Ерф
.,
.
.
,
.
.

Bunda: Yer f.k. – yerdan foydalanish koeffitsienti, marta 
H e m. - haqiqatda ekilgan ekin maydoni, ga
J.e.m - jami ekin maydoni, ga 
Er fondidan foydalanish ko’rsatkichlarining ikkinchi guruhiga iqtisodiy samaradorlik 
bilan bog’liq ko’rsatkichlar kirib ularning o’zi natural va qiymat ko’rsatkichlarga bo’linadi. 
Natural ko’rsatkichga qishloq xo’jaligi ekin turlarining hosildorligi kiradi. Hosildorlik 
quyidagicha aniqlanadi. 
га
Эм
Ях
Х
.,

Bunda: H – ekin turlarining (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) hosildorligi, ts/ga
Yah - yalpi (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) hosil, ts
Em - ekin (paxta, bug’doy, makka, uzum, meva...) maydoni, ga 
Erdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko’rsatkichlar yordamida 
aniqlash maqsadga muvofiq: 
1). Yer maydoni birligi hisobiga olingan yalpi mahsulot, so’m. Bu ko’rsatkich 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
га
м
э
Ж
сўм
Ям
с
Ерф
.,
.
.
.,
.
. 
Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so’m 
Ya.m. – yalpi mahsulot, so’m 
Jem - jami ekin maydoni, ga 
2). Yer birligi hisobiga olingan foyda miqdori, so’m. Bu ko’rsatkich quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi. 


68 
га
м
э
Ж
сўм
ф
Ж
с
Ерф
.,
.
.
.,
.
.
.

Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so’m 
J.f. –jami olingan foyda (yoki sof foyda), so’m 
Jem - jami ekin maydoni, ga 
Ushbu ko’rsatkich natijalari ham o’sib borgan holdagina ijobiy sanaladi. Yer birligi 
hisobiga olingan foyda miqdoriga ta’sir qiladigan omillar juda ko’p. 
Albatta, yerdan ajratmagan holda suv resurslaridan foydalanishni ham o’rganish lozim. 
Ayniqsa, mamlakatimiz uchun suv resurslarining ahamiyati katta. SHu sababli 1 metr kub 
suv hisobiga olingan mahsulot miqdori undan foydalanishning samarasini bildiradi. Bu 
ko’rsatgichlarni natura va qiymat holida hisoblash mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling