Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


  8- chizma. Ishchi kuchlari bozori tarkibi va uni tartibga solish mexanizmi

bet71/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

74 
8- chizma. Ishchi kuchlari bozori tarkibi va uni tartibga solish mexanizmi 
 
 
Меҳнат бозори 
Меҳнат 
ресурслари 
Иқтисодий 
фаол аҳоли 
Бандлар 
Ишсизлар 
Давлатнинг 
бандлик хизмати 
Тартибга солиш 
механизмлари 
Ишсизларни 
рўйхатга олиш 
Нафақалар тўлаш 
Ишчи кучини 
ёллашга 
кўмаклашиш 
хизмати 
Қайта тайёрлаш 
ва малака 
ошириш 
хизматлари 
Меҳнат ва 
ижтимоий 
қонунчилик 
Жамоавий 
шартнома
муносатлари
Индивидуал 
шартномалар 
Арбитраж ва 
суд ҳукмлари 
Давлат ва 
маҳаллий 
бюджетлар 
Иш жойларини 
кўпайтириш 
Кадрлар 
тайёрлаш 


75 
10-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MODDIY-TEXNIKA RESURSLARI 
 
10.1. “Agrosanoat majmuasi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning mohiyati 
va ahamiyati 
10.2. Qishloq xo’jaligida asosiy fondlar va ulardan foydalanish ko’rsatkichlari 
10.3. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llari 
10.4. Aylanma mablag’lar va ulardan foydalanish 
10.1. “Agrosanoat majmuasi moddiy-texnika resurslari” tushunchasi, uning mohiyati 
va ahamiyati 
Agroanoat majmuasining moddiy – texnika resurslari deganda majmua tarmoqlarida, 
uning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida mavjud barcha asosiy fondlar, xo’jalik inventarlari 
yig’indisi tushuniladi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining, ayniqsa, qishloq xo’jaligining 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash katta ahamiyatga ega.
Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi boshqa tarmoqlarnikidan farq qiladigan 
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasining tarkibiga yer kiradi. Yer 
qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etishi bizga ma’lum. 
Yerning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda xo’jaliklarning moddiy-texnika 
bazasini rivojlantirish zarur.
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi tabiat qonunlariga boshqa 
tarmoqlarnikiga nisbatan ko’proq bog’liq. Buning natijasida turli mintaqalarda turlicha 
texnika va boshqa resurslardan foydalanish zarurati kelib chiqadi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling