Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari
|
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк
9.3. Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari Mehnat unimdorligi iqtisodiy kategoriya bo’lib, konkret sarflangan mehnatning natijaviyligi yoki samaradorligidir. Aniq sarflangan mehnatning natijaviyligi mehnat unumdorligidir degan tushuncha mehnat unumdorligining mazmunini boshqalariga nisbatan aniqroq ifoda etadi. Vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori mehnat unumdorligining asosiy ko’rsatkichini ifodalaydi. Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt miqdori ham mehnat unumdorligining ikkinchi ko’rsatkichini ifoda etadi. Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Bunda natural va qiymat ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Natural ko’rsatkichlarga vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan yalpi hosil va bir birlik mahsulot (natura shaklidagi) ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt miqdori kiradi. Bir ishchi xodim hisobiga bir yilda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdori. Bu ko’rsatkich mehnat unumdorligining eng asosiy ko’rsatkichlaridan biridir. Bu, yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ishchi xodimlarning o’rtacha yillik soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkich sarflangan mehnatga nisbatan ham hisoblanadi. Bunda yalpi mahsulot uni ishlab chiqarilgan vaqt, kishi-soatlariga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Mehnat unumdorligi kishi-soatlari bo’yicha aniqroq va to’g’riroq hisoblanadi. CHunki xodimlarning o’rtacha yillik soni haqiqatda sarflangan mehnatni kishi soatlaridek aniq belgilamaydi. Bir kishining 280 yoki 260 kun ishga chiqqani uning haqiqatda har kuni necha soat ishlaganini bildirmaydi. Mehnat unumdorligining bu ko’rsatkichlarini hisoblaganda yalpi mahsulotni hisoblash usullari ham katta ahamiyatga ega. Amalda yalpi mahsulot joriy va solishtirma narxlarda hisoblanadi. Uzoq davrlarga mehnat unumdorligining dinamikasini ko’rganda solishtirma baholarda hisoblangan yalpi mahsulotni olish talab qilinadi. Bu ko’rsatkichlarning yildan – yilga oshgani ijobiy hisoblanadi. 1 yoki 100 yoki 1000 so’mlik yalpi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt mehnat unumdorligining ikkinchi iqtisodiy ko’rsatkichidir. Sarflangan mehnat kishi- soatlarida o’lchanadi. Bu ko’rsatkich natijalari yildan – yilga kamayib borgani yaxshi. Ya’ni bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan kishi-soatlari miqdori kamayib borishi zarur. Bu iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling