Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
104 
imkoniyati mavjud emas. Faqatgina sarf-xarajatlarga doir hatti-harakatlar mavjud. Bunday 
vaziyatga ommaviy tovarlar ishlab chiqarish sohasida duch kelish mumkin.
Bunday sohalarda ko’pgina hollarda bozordagi ulush va daromad o’rtasida qarama-
qarshi munosabatlar mavjudligi kuzatiladi. Sohadagi yana bir guruhda raqobat shu qadar 
intensiv ravishda bo’ladiki, o’rta me’yordan yuqori daromad olish uchun sohada diqqatni 
jamlash yoki diffenrenitsatsiya qilishga to’g’ri keladi. Va nihoyat, past ko’rsatkichli sarf-
xarajatlar differentsiatsiya yoki diqqatni jamlash bilan qo’shilib ketishi mumkin yoki sarf-
xarajatlarning kamaytirishga bozorda yuqori ulushga ega bo’lmasdan erishish mumkin.
Murakkab, biroq samarali omillar kombinatsiyasiga Hyster korxonasi faoliyati misol 
bo’la oladi. Dunyoda yuk tashish mashinalarini ishlab chiqarishda ikkinchi o’rinda turuvchi 
ushbu korxona, aynan shunday mahsulotni ishlab chiqaruvchi kichik firmalarga (Allis-
Chalmers, Eaton) qaraganda birmuncha daromadbaror hisoblanadi. Kichik firmalar esa past 
sarf-xarajatlar ko’rsatkichiga erishish uchun na bozorda yetarli ulushga, va na xarajatlar 
darajasini qoplovchi mahsulotlarning yetarli differentsiatsiyasiga egalar.
Daromad hamda bozordagi ulush o’rtasida yagona munosabat mavjud emas, chunki 
soha va bozor bir hil ta’rifga ega emas: ba’zi birlar uchun bu tor sohadagi bozorda yuqori 
ulushli faoliyati markazlashtirilgan yoki differentsiatsiya qilingan firmalar nazarda tutilsa, 
boshqalar esa bunga keng doiradagi bozorda yuqori ulushga ega yetakchi firmalar nuqtai 
nazaridan qaraydilar (odatda, ular o’z bozorini har bir tor segmentda o’zgartirmaydilar). 
Hattoki sohaning muayyanligini o’zgartirish ham nima uchun butun bir soha doirasida 
differentsiatsiyaga erishga korxonalar sohadagi yetakchi firmalarga qaraganda bozordagi 
ulushi kam bo’lishiga qaramasdan yuqori daromadga erishishlarini izohlab bera olmaydi.
Biroq, eng muhim jihat shundaki, sohaning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan 
holda uch asosiy strategiyaning firmaga munosibligi belgilanadi. Ushbu tanlov firmaning 
eng kuchli jihatiga tayangan hola, raqiblar tomonidan kam foydalaniladigan strategiyaga 
asoslangan bo’ladi.
Faoliyat strategiyasini to’g’ri tanlashda strukturaviy tahlil printsiplari as qotadi, 
shuningdek tahlilchiga har qanday aniq sohaning bozordagi ulushi hamda daromadi 
o’rtasidagi munosabatni izohlash va tahmin qilishga imkoniyat beradi.

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling