Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Strategiyaning asosiy variantlarida xavf tushunchasi


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Strategiyaning asosiy variantlarida xavf tushunchasi
Aslida strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish ikki turdagi xavf bilan 
kuzatiladi: birinchidan, strategiyani muvaffaqiyatsiz tanlanishi va uni saqlab qola olish 
xavfi; ikkinchidan soha rivoji natijasida yuzaga keluvchi raqobat borasidagi ustunlikni 
buzilishi xavfi. Torroq nuqtai nazar bilan qaraydigan bo’lsak strategiyaning 3 turi raqobat 
kuchlaridan himoyalanishning turli hil ko’rinishlariga asoslanadi va shuning uchun ular turli 
hildagi xavflarga duch keladi.
Sarf-xarajatlar borasida mutlaq ustunlikdagi xafv tushunchasi
Sarf-xarajatlarda ustunlikka ega bo’lish korxonaga qator majburiyatlarni yuklaydi va 
bu o’z navbatida uning mavqeyni saqlab qolishda as qotadi. Ushbu majburiyatlar 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: zamonaviy uskunalarga mablag’lar ajratish, eskirgan 
aktivlardan voz kechish, ishlab chiqarishda ixtisoslikni kengaytirishdan tiyilish hamda 
texnologik takomillashuvni e’tibordan qochirmaslik.
Ishlab chiqarish xajmi kengayishi bilan sarf-xarajatlarning pasayishi avtomatik tarzda 
ro’y bermaydi, shuningdek, keng ko’lamda iqtisod qilish ham alohida mashaqqat talab etadi.
Sarf-xarajatlardagi ustunlik ishlab-chiqarish hajmiga yoki sohadagi tajribaga bog’liq 
bo’ladi. Quyidagilar ana shunday xavflar qatoriga kiradi:
 
avvalgi investitsiyalar yoki tajribaga zarar yetkazuvchi texnologik o’zgarishlar; 


Biznesni tadqiq etish usullari 
105 
 
sohaga qaytadan kelgan kompaniyalar yoki unlarga turdosh korxonalar tomonidan 
sohada orttirilgan tajribani o’rganish yoki yangi texnologiyalarni kiritish orqali sarf-
xarajatlarni sekin-asta pasaytirish imkoniyatiga ega bo’lish; 
 
korxonaning sarf-xarajatlarni kamaytirish muammosiga haddan ziyod e’tibor qaratib 
mahsulot yoki bozordagi muhim o’zgarishlarga baho bera olmasligi; 
 
differentsiatsiya qilishda raqib korxonalarning ustunligi va ularning brendlari 
nufuzini saqlab turuvchi va korxonaning narxlardagi tafovutni saqlab qolish imkoniyatini 
pasaytiruvchi sarf-xarajatlar inflyatsiyasi. 
1920 yillardagi Ford Motor Company kompaniyasi faoliyatini sarf-xarajatlarlardagi 
ustunlik xavflariga misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Ford kompaniyasi modellari 
sonining cheklanganligi va ularning modifikatsiyasi, ishlab-chiqarish bosqichlaridagi faol 
vertikal integratsiyasi, ishlab chiqarishni yuqori darajada avtomatlashtirilishi va chiqimlarni 
pasaytirish omillarini chuqur o’rganish natijasida sarf-xarajatlar borasida mutloq ustunlikka 
erishgan edi.
Ishlab chiqariluvchi modellarda o’zgarishlar kuzatilmagani sohani o’rganishda qo’l 
keldi. Biroq, shaxsiy avtomobilga ega kishilarning daromadlari oshgan sari yangi 
modeldagi, o’zgacha dizayn va qulayliklarga ega avtomobil sotib olishga talab kuchayib 
bordi va ular ochiq kuzovli avtomobilga qaraganda yopiq kuzovli avtomobillarni afzal 
ko’rishlarini va bu avtomobillarni qimmatroq narxlarda xarid qilishga tayyor ekanliklarini 
bildirdilar.
Turli hildagi modellarga ega bo’lgan General Motors kompaniyasi bunday vaziyatdan 
unumli foydalandi. Ford kompaniyasi esa eskirgan modellarni ishlab chiqarishda sarf-
xarajatlarni kamaytirishga yirik investitsiyalar kiritgani sababli o’z faoliyatini yangi 
strategiya bo’yicha olib borish uchun katta mablag’larni ajratishiga to’g’ri keldi.
Maishiy elektrotexnika vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Sharp kompaniyasi 
faoliyatini sarf-xarajatlar bo’yicha ustunlikka ega bo’lish xavfi misolida ko’rishimiz 
mumkin. Sarf-xarajatlar borasida uzoq vaqt davomida ustunlikka ega bo’lgan Sharp 
kompaniyasi oldida o’z faoliyati va brendini yanada takomillashtirish vazifasi paydo bo’ldi. 
Sarf-xarajatlarning oshishi, shuningdek AQSHning dempingga qarshi qonunchiligi 
kompaniya mahsulotlarini Sony va Panasonic kompaniyalariga nisbatan arzonroq narxlarda 
sotish imkoniyatini yo’qqa chiqardi va uning strategik pozitsiyasi faqatgina sarf-xarajatlarda 
ustunllikka qaratilgani uchun yomonlashdi.

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling