Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rta pog’onada turib qolmoq
Biznesni tadqiq etish usullari
102 faoliyatining tez sur’atlarda o’sishi hamda daromadbardorlikka erishishi, sohada kompaniyaning o’rta me’yordan anchayin o’sganini ko’rsatadi. Diqqatni jamlash strategiyasi umumiy bozorda o’z ulushiga ega bo’lishi bilan bog’liq ba’zi bir to’sqinliklarga uchraydi. U serdaromadlilik va savdo xajmidan birini tanlash zarurligini taqozo etadi. Differentsiatsiya strategiyasida bo’lgani kabi, bu yerda ham sarf- xarajatlar borasida ustunlikka erishishning alternativ pozitsiyasi yuzaga kelishi mumkin. Lekin muqarrar emas. O’rta pog’onada turib qolmoq Strategiyaning uch umumiy varianti raqobat kuchlariga qarshi tura olishning turli hil yondashuvlarini o’zida namoyon etadi. Boshqa tomondan esa, tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, agar firma o’z faoliyatida hech qanday strategiyaga tayanmagan holda ish olib borsa, ya’ni «o’rta pog’onada turib qolsa», juda mushkul strategik vaziyatga tushib qolishi mumkin. Bunday firmalar o’zining bozordagi ulushidan, mablag’lar investitsiyasidan mahrum bo’lgan holda, sarf-xarajatlarni qisqartirish borasida yoki soha doirasida alternativ differentsiatsiya qilish imkoniyatini yo’qotadi O’rta pog’onada qotib qolgan har qanday korxona yaxshi daromad ko’ra olmasligi aniq. Bu orqali korxona arzon narxda yirik partiyadagi mahsulotlar uchun xaridorlarni yoqotadi, yoki arzon narxlarda tovarlarini sotuvchi raqiblaridan o’z biznesini himoya qilish uchun daromad ko’rishdan voz kechgan holda mahsulotlari narxini arzonlashtirishi lozim. SHu bilan bir qatorda, korxona faoliyati to’liq differentsiatsiyasiga erishgan yoki maqsadli yo’nalishlarda ish olib boruvchi firmalarga imkoniyatni ko’lgan boy bergan holda, biznesning serdaromad turlarini ko’zdan qochiradi. Bundan tashqari, o’rta pog’onada turib qolgan korxonalar mujmal korporativ madaniyat va boshqaruvga oid ziddiyatlardan aziyat chekadi. Yuk tashish avtoulovlarini ishlab chiqaruvchi hamda AQSH bozorlarida o’zining salmoqli o’rniga ega Clark Equipment faoliyatini o’rta pog’onada qotib qolgan korxonalar sirasiga kiritish mumkin. Toyota va Komatsu kabi ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi yapon korxonalar faoliyatida esa yirik bozor segmentlariga xizmat ko’rsatish strategiyasiga tayangan bo’lib, yapon po’latini arzon narxlarda qo’lga kiritish va bu orqali transport xarajatlarini foydasi bilan qoplash imkoniyatiga ega bo’lindi va ishlab chiqarishdagi sarf- xarajatlarning kamayishiga erishildi. Ishlab chiqarish tarmoqlarining kengligi va bozorda salmoqli ulushga bo’lishiga qaramasdan (jahonda 18% va AQSHda 33%) Clark Equipment korxonasi sarf-xarajatlar borasida yetakchi hisoblanmaydi. Ushbu korxona o’z keng ko’lamdagi assortimenti va ishlab chiqarish texnologiyalariga yetarlicha e’tibor qaratmagani bois Hyster korxonasi darajasida mahsulotlar differentsiatsiyasiga va texnologik mavqeyga ega bo’la olmadi. Hyster korxonasi faoliyati sohaga mukammal modellar tadbiq etishga qaratilgan bo’lib, o’z mablag’larining salmoqli qismini tadqiqotlar olib borish va yangi g’oyalar ishlab chiqishga yo’naltirgan. Natijada Hyster korxonasiga nisbatan Clark Equipment korxonasining daromad olish ko’rsatkichlari birmuncha past. O’rta pog’onada qotib qolgan korxonalar oldida fundamental strategik qaror qabul qilish zaruriyati yotadi. Korxona sarf-xarajatlar borasida yetakchilikka erishish uchun muhim qadam qo’yishi yoki birhillikka erishishi lozim. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarishni modernizatsiyasi uchun mablag’lar kiritilishini talab etadi. Ba’zi hollarda esa korxonadan bozordagi ulushi ko’rsatkichini kengaytirilishi, yoki faoliyatini maqsadli yo’naltirilishi (diqqatni jamlash) yohud kamyob mahsulotining ishlab chiqarilishini (differentsiatsiya) talab etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling