Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Biznesni tadqiq etish usullari 
99 
Bozor ulushining yuqoriligi ta’minot sohasida iqtisod qilish va shu bilan bir qatorda 
sarf-xarajatlarning sekin-asta pasayishiga imkon tug’dirishi mumkin. Agar past darajadagi 
sarf-xarajatlarga erishilgan bo’lsa, u holda u yuqori sof daromad ko’rsatkichini ta’minlaydi 
va sarf-xarajatlarga oid ustunlikni ushlab turish uchun yangi zamonaviy uskunalarga 
nisbatan qayta investitsiyalash mumkinligini ko’rsatadi. Qayta investitsiyalash past 
darajadagi sarf-xarajatlar pozitsiyasini saqlab turishda qo’l kelishi mumkin.
Sarf-xarajatlarga oid ustunlikka erishish strategiyasi kam quvvatli benzin dvigatellari 
ishlab chiqaruvchi va dunyo bo’yicha ushbu sohada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 
50 foizini tashkil etuvchi «Briggs and Stratton» va elektr payvandi uchun uskunalar ishlab 
chiqaruvchi «Lincoln Electric» kompaniyalari uchun hal qiluvchi omil ekanligi aniqlandi. 
Ushbu strategiyani muvaffaqiyatli joriy etgan kompaniyalar qatoriga Emerson Electric, 
Texas Instruments, Black and Decker va Du Pont kompaniyalarini kiritish mumkin.
Ba’zi hollarda sarf-xarajatlar sohada haqiqiy tub o’zgarishlarni sodir etishga qodir 
bo’ladi. Bunday hollarda an’anaviy raqiblik printsiplariga tayangan raqiblar ham iqtisodiy 
ham ruhiy jihatdan o’z sarf-xarajatlarini kamaytirishga oid kerakli tadbirlarni amalga 
oshishga tayyor bo’lmaydilar.
1979 yilda Harnischfeger firmasi tomonidan ko’tarma kranlar ishlab chiqarishning 
boshlashi ana shunday dadil qo’yilgan qadamlardan bo’ldi. Firma mavjud kranlarni qayta 
ishlash, alohida modellarni qo’llagan holda materiallar chiqimini kamaytirish, ishlab 
chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasini yengillashtirishga erishdi. SHuningdek, soha uchun 
noodatiy texnologiyalarni joriy etgan holda firma faoliyatga yig’ish konveyerlari va 
yig’ishning oraliq bosqichlarini tatbiq qildi. Kompaniya iqtisod qilish maqsadida kerakli 
ehtiyot qismlarini katta partiyalarda sotib oladi. Bularning hammasi kompaniya uchun sifatli 
mahsulot ishlab chiqarish hamda ularning narxlarini 15%ga pasaytirish imkonini yaratdi.
Natijada kompaniyaning bozordagi ulushi 25%gacha oshdi va ushbu ko’rasatkich 
o’sishi davom etmoqda. Kompaniyaning gidravlik uskunalar boshqarmasi boshlig’i Uillis 
Fisher shunday deydi: «Biz sifatli mahsulot yaratishni emas, ishlab chiqarishda yanada 
oddiyroq va yanada arzonroq texnikani ishlab chiqishni maqsad qilgan edik». Raqiblar esa 
past daromad hisobiga Harnischfeger firmasi bozordagi ulushni qo’lga kiritgan degan 
to’xtamga kelishgan, biroq u buni rad etmoqda.

Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling