Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 96
jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-
sharoitlarni yaratishdir; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi “Biznes yuritish” hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda bu yo’nalishda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan o’zaro hamkorlik qilish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Quyidagilar: Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O’zbekiston Respublikasining ko’rsatkichlarini yaxshilash bo’yicha “Yo’l xaritasi” 1- ilovaga muvofiq; islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O’zbekiston Respublikasining reyting ko’rsatkichlarini yaxshilash uchun mas’ul bo’lgan davlat organlari va tashkilotlarning ro’yxati tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi: Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi O’zbekiston Respublikasining ko’rsatkichlarini yaxshilash bo’yicha “Yo’l xaritasi”da Biznesni tadqiq etish usullari 96 nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o’z vaqtida va lozim darajada bajarish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni; “Biznes yuritish” hisobotidagi O’zbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar bilan o’zaro amaliy hamkorlikni; Jahon banki guruhi ekspertlari va “Biznes yuritish” jamoasi bilan O’zbekiston Respublikasining o’rnini asoslash bo’yicha muzokaralar o’tkazish uchun har yili idoralararo ishchi guruhni Vashington shahriga (AQSH) yuborishni; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeini chuqur o’rganishni; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda tegishli xalqaro reytinglarda O’zbekiston Respublikasining mavqeini yaxshilash bo’yicha aniq takliflar tayyorlashni ta’minlasin. Ushbu qaror asosida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda har yili: fevral-mart oylarida “Biznes yuritish” hisobotini tayyorlash doirasida Jahon banki ekspertlari tomonidan yuboriladigan savolnomalarni o’rganilayotgan yo’nalishlarda amalga oshirilgan islohotlar va qonun hujjatlari normalarini inobatga olgan holda sifatli va o’z vaqtida to’ldirishni; 15 noyabrga qadar e’lon qilingan “Biznes yuritish” hisoboti natijalarini o’rganishni hamda u bo’yicha keyinchalik Jahon banki va “Biznes yuritish” jamoasiga taqdim etish uchun o’rganilayotgan har bir yo’nalish kesimida asoslantirilgan dalillar va statistik ma’lumotlardan iborat sharhlarni tayyorlashni ta’minlasin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda: O’zbekiston Respublikasining ko’rsatkichi reyting tuzish metodologiyasi talablariga muvofiqligini baholagan holda “Biznes yuritish” hisobotlarini tanqidiy o’rganib borsin va har yili 1 dekabrga qadar “Biznes yuritish” hisobotida respublikaning alohida ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida ishbilarmonlik muhiti va qonunchilikni yanada takomillashtirish bo’yicha “Yo’l xaritasi”ni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritish topshirildi. O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini hamda “Biznes yuritish” hisoboti yo’nalishlari yuzasidan qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini xolisona baholash uchun har yili tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida, shu jumladan, ularning murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash, ko’rib chiqish va takliflarini muhokama qilish bo’yicha maxsus portal orqali so’rovlar o’tkazishi belgilandi. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling