Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Raqobat strategiyasining asosiy variantlari
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 98
- Sarf-xarajatlar borasida mutlaq yetakchilik
4.4. Raqobat strategiyasining asosiy variantlari Raqobat strategiyasi asosiy variantlarning 3 xil turi (varianti) mavjud: Raqobatning asosiy besh tamoyiliga qarshi turish hamda sohaning boshqa firmalariga qaraganda ijobiy ko’rsatkichlarga erishish uchun muvaffaqiyat keltirishi muqarrar bo’lgan uchta asosiy strategik yondashuvni ajratib ko’rsatmoq zarur. Bular: Sarf-xarajatlar borasida mutlaq yetakchilik Differentsiatsiya Diqqatni jamlash (Fokusirovanie) Biznesni tadqiq etish usullari 98 Kamdan kam yuz bersada, ammo ba’zi hollarda firma bittadan ko’p yondashuvni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishi mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan strategining asosiy variantlardan har qaysisini amalga oshirish uchun, odatda ko’pchilikning birgalikdagi sa’y- harakatlari va aniq maqsadga yo’naltirilgan tashkiliy choralar talab etiladi. Strategiyaning asosiy variantlari sohaning boshqa vakillariga nisbatan birmuncha yuqori natijalarga erishishning asosiy vositasi hisoblanib, bir soha doirasidagi barcha firmalar uchun yuqori darajadagi umumiy daromadni anglatishi mumkin. Bunday hollarda, boshqa sohalardagi kabi strategiyani amalga joriy etish faqatgina maqbul daromadni qo’lga kiritishdagina zarur bo’ladi. Sarf-xarajatlar borasida mutlaq yetakchilik Tajriba egri chizig’i sharofati bilan 1970 yillarda keng tarqalgan strategiyaning birinchi varianti aynan sarf-xarajatlar borasida sohada yetakchilikka erishishga qaratilgan qator iqtisodiy choralar asosida shu borada mutlaq yetakchilikka erishishdan iborat. Sarf- xarajatlar borasida yetakchilikka erishish uchun iqtisodiy effektiv ko’lamda ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish; tajriba to’plash asosida sarf-xarajatlarni kamaytirishga intilish, ishlab- chiqarish va qo’shimcha xarajatlarni qat’iy nazorat qilish, mijozlar bilan mayda operatsiyalar o’tkazishdan tiyilish, tadqiqot, ilmiy ishlanmalar, xizmat ko’rsatish, mahsulotni sotish tizimi reklama va shunga o’xshash boshqa sohalarda chiqimlarni kamaytirish talab etiladi. Buning hammasi menejment tomonidan sarf-xarajatlar ustidan nazorat kuchaytirilishiga alohida ahamiyat qaratish kerakligini ko’rsatadi. Raqiblarga nisbatan kamroq xarajat qilish butun strategiyaning asosiy g’oyasi bo’lishi mumkin, ammo mahsulot sifati va xizmat ko’rsatish saviyasini va boshqa sohalarni ham ko’zdan qochirmaslik darkor. CHiqim xarajatlarini kamaytirishga erishish kuchli raqobat muhitida ham firmaga shubhasiz foyda olib keladi. Firmaning ana shunday darajaga erishishi uni raqib firmalardan himoya qiladi, chunki raqib kompaniyalarga bunday darajaga yetishish imkoniyatidan mahrum bo’lgan sharoitda ham unga daromad olish uchun qulay imkoniyat yaratiladi. Sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishgan firmalar yirik xaridorlardan ham himoyalana oladi, chunki bunday xaridorlar narxlarni faoliyati sustlashgan raqib firmalar narxlariga tenglashtirishga urinadilar. SHuningdek, kamchiqimlilik kiritilayotgan resurslarning narxini oshirishda firmaga qo’l keladi hamda yirik yetkazib beruvchi tashkilotlardan ham himoya qiladi. Past darajadagi sarf-xarajatlar pozitsiyasini ta’minlovchi faktorlar, shuningdek, masshtabga oid iqtisodiyot yoki sarf-xarajatlarga oid ustunlikka bilan bog’liq yuqori monelikni yuzaga keltirishi mumkin. Natijada, past darajadagi sarf-xarajatlar pozitsiyasi firma uchun raqiblarga qaraganda substitutlarga nisbatan qulay shart-sharoitni yaratadi. SHunday asnoda, sarf-xarajatlarning past ko’rsatkichi kompaniyani barcha besh raqobat kuchlaridan saqlab qoladi, chunki bozorga oid faktorlar daromadni pasaytirishda to raqibning daromadi nolga teng bo’lib qolmagunga qadar harakat qilishda davom etadilar. Past sarf-xarajatlarga erishish uchun bozorda yuqori ulushga ega bo’lish yoki boshqa ustunlikka, masalan, xom-ashyo materiallarini to’g’ridan-to’g’ri olish imkoniyatiga ega bo’lishni talab etadi. SHuningdek, bunday vaziyat ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirish uchun mahsulotni aynan o’zini o’zgartirish, chiqim xarajatlarini yoyib tashlash maqsadida o’xshash turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiqni kengaytirishda keng is’temolchilar guruhiga xizmat ko’rsatishni taqazo qilishi mumkin. Past sarf-xarajatlarga erishish, o’z navbatida yangi uskunalar uchun oldindan yirik xajmda mablag’lar kiritilishini, agressiv tarzda mahsulotlar bahosini belgilashni, bozorda o’z ulushiga ega bo’lish uchun boshlang’ich ziyon yoki zarar ko’rishni ham talab etishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling