Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 94 4.2-rasm. O’zbekiston va unga qo’shni mamlakatlarning «Doing Business» 2018 yildagi ko’rsatkichlari 42
Biznesni tadqiq etish usullari
93 4.1-rasm. O’zbekistonning «Doing Business» 2018 yildagi ko’rsatkichlari 41 Ta’kidlab o’tish kerakki, so’ngi yillarda biznesni tashkil etish tartib-taomillarini tubdan soddalashtirish bo’yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida bugun O’zbekistonda odamlar o’z biznesini ochish uchun SHveytsariyadagidan 1,8 marta, Germaniyadagidan - 1,9 marta, Yaponiya va Rossiyadagidan - 2 marta, Isroildagidan - 2,2 marta, Gretsiya va Ispaniyadagidan - 2,3 marta, Hindistondagidan - 4,7 marta, Xitoydagidan - 5,5 marta va Braziliyadagidan 14,5 marotaba kam vaqt sarflamoqda. 41 Jahon banki ma’lumotlari asosida tuzildi. Biznesni tadqiq etish usullari 94 4.2-rasm. O’zbekiston va unga qo’shni mamlakatlarning «Doing Business» 2018 yildagi ko’rsatkichlari 42 Reytingdagi yana bir muhim yaxshi ko’rsatkich elektr tarmog’iga ulanish yo’nalishi bo’yicha qayd etildi (83-o’rin, 29 pog’ona yuqori), bu elektr energiyasini yetkazib berish barqarorligining o’sishi va elektr energiyasiga bo’lgan tariflarni shakllantirishning ochiq- oshkoraligi bilan bog’liqdir. Zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, aksiyadorlar huquqlari va rolini oshirish bo’yicha keng ko’lamli islohotlar “Minoritar investorlarni himoyalash” ko’rsatkichi bo’yicha mamlakatimiz reytingining sezilarli darajada yaxshilanishiga hissa qo’shdi (70-o’rin, 18 pog’onaga o’sish). Aktsiyadorlik jamiyatlari to’g’risidagi axborotlarning oshkoralik darajasini oshirish va aksiyadorlik kapitaliga egalik qilish tizimini yanada takomillashtirish orqali minoritar investorlar huquqlarini kuchaytirishga qaratilgan yangi normalar va mexanizmlarning joriy etilishi ushbu yo’nalishdagi reytingning yaxshilanishiga xizmat qildi. Davlat xizmatlari ko’rsatishning “yagona darcha” tamoyilining joriy etilishi tufayli davlat organlariga tadbirkorlik sub’ektlaridan boshqa davlat tashkilotlarida mavjud bo’lgan hujjatlar va axborotni, shu jumladan, soliq qarzdorligi yoki kommunal to’lovlar bo’yicha qarzlarning mavjud emasligi to’g’risidagi ma’lumotnomalarni, shuningdek, ta’sis hujjatlarini, litsenziyalar va ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar nusxalarini talab qilish man etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida”gi farmoni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo’l qo’yilmaslik davlat siyosatining muhim ustuvor yo’nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangani bu boradagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilganidan dalolat beradi. Mazkur farmon bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar dasturida Jahon bankining “Biznesni yuritish” hisobotida O’zbekiston reytingini kelgusida ham oshirib borish imkonini beruvchi biznes yuritish shart-sharoitlarni yanada soddalashtirish va arzonlashtirish, ruxsat berish tartiblaridan o’tish tizimini takomillashtirish va davlat xizmatlari ko’rsatishning ochiqligini oshirishga yo’naltirilgan muayyan chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling