Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 90 4.1-rasm. Mamlaktning raqobat jihatdan usunligini tashkil etuvchi unsurlar (M.Porterning raqobat ustunliklari rombi).
Biznesni tadqiq etish usullari
89 M.Porter mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi uning resurslar bilan yaxshi taminlanganligigagina bog’liq emasligini, raqobat ustunligini shakllantirish, ta’minlab turish mumkinligini ko’rsatib berdi va unga mamlakat firmalarining raqobatbardoshligini ta’minlash orqali erishiladi degan fikrni ilgari surdi. Raqobatbardoshlikni shakllantirish va rivojlantirishning M.Porter kontseptsiyasiga ko’ra mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari “milliy romb”ni tashkil etuvchi to’rtta unsurdan iborat. Quyida “Milliy romb” ni tashkil etuvchi unsurlarga qisqacha tavsif beramiz. 1. Mehnat, material, bilim, pul, infratuzilma resurslari bilan ta’minlanganlik mamlakatningraqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu resurslarning ba’zilari oldindan mavjud bo’lsa, ayrimlari yaratiladi va rivojlantiriladi. 2. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki va tashqi bozorlardagi talabning hajmi, tarkibi va ularning o’zgarishi milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu mahsulotlarga talab hajmining oshishi milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshiradi va aksincha. Biznesni tadqiq etish usullari 90 4.1-rasm. Mamlaktning raqobat jihatdan usunligini tashkil etuvchi unsurlar (M.Porterning raqobat ustunliklari rombi). 3. Raqobatbardosh hamkor tarmoqlarning mavjudligi murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, qimmat resurslarni mamlakat ichidan topish, mahsulot yetkazib beruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, yangiliklarni joriy qilishga ko’maklashish imkonini beradi. Minglab butlovchi qismlarni talab etuvchi avtomobillarni ishlab chiqarishda raqobatbardosh bo’lish shu qismlarning aksariyatini mamlaktda ishlab chiqarilishini yo’lga qo’ymasdan mumkin bo’lmaganidek, kimyoviy tolalar, tugmalar va sifatli bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mamlakatda mavjud bo’lmasa, birgina paxta xomashyosining mo’l-ko’lligi ko’ylak ishlab chiqarishda raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun yetarli bo’lmaydi. 4. Firmani boshqarishda raqobatning xususiyatlari e’tiborga olinadi. Bunda turlicha strategiyalar va maqsadlar ishlab chiqiladi. Ichki bozorda keskin raqobatning mavjudligi firmalarni o’z faoliyatini takomillashtirishga, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun tashqi bozorlarga chiqishga undaydi. Kuchli ichki raqobat muhitida toblangan firmalar tashqi bozorlarda ham osonroq muvaffaqiyatga erishadi. SHu sababli, hukumatning mamlakat ichida erkin raqobat muhitini yaratish, monopollashuvga qarshi kurashish kabi chora- tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Ushbu to’rtala unsurga hukumatning faoliyati va tasodifiy holatlar ta’sir ko’rsatadi. Tasodiflar jumlasiga mamlakatni rivojlantirishning umumiy shart-sharoitlari bilan bog’liq bo’lmagan, yuzaga kelishiga firma ham, davlat ham ta’sir ko’rsata olmaydigan hodisalar kiradi.Ularga ixtirochilik, yirik texnologik yutuqlar, resurslar narxining keskin ko’tarilishi, jahon moliyaviy bozorlari konyukturasi vaalmashinuv kurslarining keskin o’zgarishi, tashqi talabning keskin o’zgarishi, chet el hukumatlarining siyosiy qarorlari, urushlar va tabiiy ofatlarni kiritish mumkin. Hukumat milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini har to’rt unsurga ta’sir ko’rsatish orqali shakllantiradi va o’zgartiradi. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling