Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4. Firma faoliyati tahlilida nisbiy va o’rtacha miqdorlarni hisoblashusullaridan foydalanish
Biznesni tadqiq etish usullari
85 б) Kiymat ko’rsatkichlarini mos kelmasligi. (mahsulot hajmini o’zgarishini o’rganish uchun kiymat ko’rsatkichi ta’sirini neytirallashtirish lozim); в) Sifat omilini mos kelmasligi. (ayrim hollarda mahsulot umumiy hajmini uning hajmini ko’p aytirish yoki kamaytirish yo’li bilan standart sifatga keltirib olish - sutni bazis yeglilik darajasiga keltirib olish); г) Tuzilmaviy omillarni mos kelmasligi. (sifatni bazis darajasini yo’qligi va u olingan mahsulot sortlar bo’yicha taqsimlanganda). д) Vaqt oraligini yoki fursatni mos kelmasligi. (Vaqt oralig’ini mos kelmasligini korrektirovka qilish bilan to’g’rilash mumkin, lekin fursat mos kelmasa uni faqat almashtirish mumkin). Yuqorida aytilgan kamchiliklarni,ya’ni ayrim mos kelmasliklarni bartaraf qilishda ba’zan mutloq miqdorlar o’rniga nisbiy yoki o’rtacha miqdorlardan foydalanish, to’g’rilash koeffitsentlarini ishlatish, qayta hisoblash metodi va shu kabilardan foydalanish mumkin. 3.4. Firma faoliyati tahlilida nisbiy va o’rtacha miqdorlarni hisoblashusullaridan foydalanish Marketing faoliyatini tahlilida o’rganiladigan hodisa va jarayonlar miqdoriy o’lchamga ega bo’lib ular mutloq va nisbiy miqdorlar bilan ifodalanadi. Mutloq miqdorlar iqtisodiy hodisa va jarayonlarni hajmi, miqdorini, o’lchami va darajasini ifodalaydi. Nisbiy miqdorlar bir mutloq miqdorni ikkinchi mutloq miqdorga bo’lish natijasida olingan hosilani ifodalaydi. Nisbiy miqdorlar turli shaklda: koeffitsentlarda (taqqoslash bazasi 1), foyizlarda (taqqoslash bazasi 100), promillarda (taqqoslash bazasi 1000) va promillarda (taqqoslash bazasi 10000) ifodalanishi mumkin. Rejani bajarish nisbiy miqdorlari haqiqatda erishgan daraja bilan reja ko’rsatkichlari orasidagi nisbatni tavsiflaydi va rejani bajarilish darajasini baholaydi. Dinamika nisbiy miqdorlari iqtisodiy ko’rsatkichlarni vaqt ichida nisbiy o’zgarishini tavsiflaydi. Odatda bu ko’rsatkichlar bazis va zanjirli usulda hisoblanadi. Tuzilmaviy nisbiy miqdorlar o’rganilayotgan to’plamning ayrim birliklarini uning umumiy hajmiga nisbatini tavsiflaydi va to’plamni tarkibini o’rganish imkonini beradi. Koordinatsiya nisbiy miqdorlari to’plam ichidagi ayrim birliklarni o’zaro nisbatlarini tavsiflaydi. Intensiv nisbiy miqdorlar turli nomdagi lekin o’zaro bog’langan ko’rsatkichlarni o’zaro nisbatini tavsiflaydi. Obektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari bir xil nomdagi lekin turli ob’ekt yoki hududlarga ta’luqli bo’lgan ko’rsatkichlarni o’zaro nisbatini tavsiflaydi. Samaradorlik nisbiy miqdorlari - bu samara va resurs yoki xarajatlar orasidagi nisbatni tavsiflaydi. Marketing faoliyatini iqtisodiy tahlil amaliyotida mutloq va nisbiy miqdorlar bilan bir qatorda o’rtacha miqdorlardan ham keng foydalaniladi. Marketing faoliyatini iqtisodiy tahlil jarayonida o’rtacha miqdorlarning qator turlari foydalaniladi: o’rtacha arifmetik miqdorlar; o’rtacha gormonik miqdorlar; o’rtacha geometrik miqdorlar; o’rtacha xronologik miqdorlar; o’rtacha kvadratik miqdorlar. Tahlil jarayonida o’rtacha miqdorlar o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib tavsif berishini inobatga olish zarur. Uning afzalligi ham kamchiligi ham anashunda. Ko’pchilik hollarda shunday ham bo’lishi mumkin: yaxshi raqamlar ortida yomon natijalar va aksincha. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling