Biznesni tadqiq etish usullari
83
Dinamik dasturlash - ekstremal masalaning yechimi bir necha bosqichlardan iborat
bo’lib, har bir oldingi bosqichning yechimi keyingi bosqichlar uchun boshlang’ich
ma’lumotlar sifatida foydalaniladi.
Balans yoki muvozanat holatidagi modellar ishlab chiqarish topshiriqlarini belgilashga
ba’zi masalalarni hal etishga yordam beradi. Mahsulotning ayrim ishlab chiqarish tarmog’i
bilan bog’liqligini aniqlash modellari, tarmoqlararo bog’lanishlarni ifodalaydigan
modellar,
mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash modellari, kapital jamg’arma
balanslari kabi
modellar shular jumlasidandir.
Bu modellarda ishlab chiqarishning optimal maqsadi topilmaydi,
ulardan mehnat,
moddiy va tabiiy resurslarning ishlab chiqarishga aniq sarflanishi asoslab berish uchun
foydalaniladi.
Optimal modellar, ishlab chiqarishni tashkil qilish da ularning optimal variantini
topishga xizmat qiladi.
Boshqacha qilib aytganda, ular optimallik mezonlari bo’yicha
maqsad funktsiyasiga maksimal yoki minimal qiymat bera oladi.
Optimallashtiruvchi modellari ikki qismdan iborat:
1)
cheklanishlar tizimlari yoki iqtisodiy tizim o’zgarishini shart-sharoitlari;
2)
optimallik mezoni (maqsad funktsiyasi). Bu mezon iqtisodiy tizim mumkin bo’lgan
holatining samaradorlik darajasini aniqlash, taqqoslash va undan eng qulayini tanlash uchun
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: