Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy modellar va ideal modellar
Biznesni tadqiq etish usullari
80 2.1.-rasm. Talab va taklif muvozanati grafigi. 35 Albatta, bu yerda ko’p muammolar tug’iladi. Masalan, modelni qanchalik darajada soddalashtirish mumkin. O’ta soddalashgan model qo’yilgan talablarga javob bermasligi mumkin va uning yordamida qilingan hisob-kitoblar noto’g’ri chiqishi mumkin. O’ta murakkab model, masalani yechish jarayonida ko’p qiyinchiliklar tug’diradi. SHuning uchun modelga faqat ob’ektni eng asosiy xarakterli, muhim omillarini kiritish zarur. II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga tajribalar qilish uchun keng maydon tug’iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o’zgartirib, ob’ektni faoliyatini eng optimal holatini aniqlab, undan keyin hayotda qo’llash mumkin. Real ob’ektlar ustida tajriba qilish ko’plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. III. Model, noshakl tizimni, matematik formulalar yordamida shakllantirishga imkoniyat beradi va EHMlar yordamida tizimni boshqarishga yordam beradi. IV. Modellashtirish o’rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish uchun ob’ekt har tomonlama o’rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so’ng, uning yordamida ob’ekt to’g’risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. SHunday qilib, ob’ekt to’g’risidagi bilish jarayoni to’xtovsiz jarayonga aylanadi. 3.2. Model turlari. Iqtisodiy-matematik masalalarning tasnifi Modellashtirish usuli istalgan tabiatli ob’ektlarni tekshirish uchun qo’llanilishi mumkin bo’lganidek, o’z navbatida istalgan ob’ekt modellashtirish vositasi bo’la oladi. Iqtisodiy jarayonlar va ko’rsatkichlarni modellashtirishda turli xil usullardan foydalaniladi. Ushbu usullar yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo’lish mumkin: Moddiy modellar va ideal modellar. Moddiy modellar real ob’ektlarni tabiiy va sun’iy materiallar yordamida aks ettiradi: bo’r bilan doskada, karton bilan maket tuzish, qalam bilan formula yozish, metalldan aviamodel yasash. Ideal modellar odamni fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog’langandir. Bunday modellar bilan operatsiyalar miyada amalga oshiriladi. Misol qilib, hayvonlarning harakatini keltirish mumkin. Moddiy modellar o’z o’rnida fizik va belgili modellardan iborat. 35 John E. Hanke, Arthur G. Reitsch, Dean W. Wechern. Business forecasting. Seventh edition. 2010 by Pearson Education, Inc.p. 49 John E. Hanke, Arthur G. Reitsch, Dean W. Wechern. Business forecasting. Seventh edition. 2010 by Pearson Education, Inc.p. 45 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling