Biznesni tadqiq etish usullari
78
Korxona iqtisodiyotini kompleks o’rganish ko’rsatkichlarni tizimlashtirishni taqazo
qiladi, chunki ko’rsatkichlar majmui ular qanchalik tugallangan bo’lmasin,ularni o’zaro
bog’liqliklarini,o’zaro
buysunganligini hisobga olmasa, xo’jalik faoliyati samaradorligi
xaqida haqiqiy tasavvurni bera olmaydi.
Fokus-guruhlarga tayanib mahsulot yaratish haqiqatda juda ham
murakkab, insonlar o’zlariga nima kerakligini ko’p holda bilishmaydi,
uni o’zingiz ko’rsatmaguningizcha.
Stiv Jobs.
3-MAVZU. BIZNESNI TADQIQ ETISH USULLARINI TANLASH
3.1. Biznes faoliyatini tahlil etish va prognozlashda turli xil modellarni qo’llashning
afzalliklari hamda kamchiliklari, ularning xususiyati.
3.2. Model turlari. Iqtisodiy-matematik masalalarning tasnifi.
3.3. Ko’rsatkichlarni qiyosiy ko’rinishga keltirish
3.4. Firma faoliyati tahlilida nisbiy va o’rtacha miqdorlarni hisoblashusullaridan
foydalanish.
3.5. Biznesni tadqiq qilishda axboratlarni guruhlash usullari
3.6. Biznesni tadqiq qilishda balans usulidan foydalanish
Tayanch iboralar: model, modellashtirish, omillarni tanlash, stoxastik, dinamik
modellar, balans modellar
3.1. Biznes faoliyatini tahlil etish va prognozlashda turli xil modellarni
qo’llashning afzalliklari hamda kamchiliklari, ularning xususiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish o’ziga xos
xususiyatlarga ega. CHunki, birinchidan, bozor tavakkalchilik va noaniqlik elementlariga
ega;
ikkinchidan, resurslarning chegaralanganligi; uchinchidan,
ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar o’rtasida raqobatning mavjudligi; to’rtinchidan, iqtisodiy ko’rsatkichlarni
istiqboldagi holatini oldindan ko’ra bilish va boshqalar. Iqtisodiy jarayonlar turli xil va bir-
biridan aniq bir belgilari bilan farqlanadi.
Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida tabiatda
va jamiyatda ro’y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar
hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to’g’risida dastlabki tushunchalar hosil bo’ladi. Bu
tushunchalar oddiy so’zlashuv tilida,
turli rasmlar, sxemalar, belgilar,
grafiklar orqali
ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar
model deb aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: