Biznesni tadqiq etish usullari
76
Ma’lumki, har bir iqtisodiy hodisa yoki jarayon ko’pincha bitta, ajralgan alohida
ko’rsatkich
bilan emas, balki bir nechta o’zaro bog’lagan ko’rsatkichlar tizimi bilan
aniqlanadi. SHu munosabat bilan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni
aks ettirish uchun
ko’rsatkichlar tizimini tanlash va asoslash iqtisodiy tahlilning muhim uslubiy masalasi
hisoblanadi.
Biznes faoliyatini tahlil qilishda qo’llanadigan juda ko’p
miqdordagi, turli
ko’rsatkichlarni guruhlash va tizimlashtirish muxim ahamiyat kasb etadi. Ko’rsatkichlarni
bir qator belgilar bo’yicha turkumlash mumkin (2.8-chizma):
1) O’zining mazmuni bo’yicha ular miqdoriy va sifat ko’rsatkichlariga bo’linadi;
2) Qo’llanadigan sohasiga qarab ular umumiy va maxsus ko’rsatkichlarga bo’linadi;
3) Sintez darajasi bo’yicha ko’rsatkichlar umumlashtiruvchi, xususiy va
yordamchi
ko’rsatkichlarga bo’linadi;
4) Olish usuli bo’yicha ko’rsatkichlar mutloq va nisbiy ko’rsatkichlarga bo’linadi;
5) Sabab-oqibat munosabatlarini o’rganishda ko’rsatkichlar omilli va natijaviy
ko’rsatkichlarga bo’linadi;
6) SHakllanish
usuliga qarab normativ, reja, hisobot va analitik ko’rsatkichlarga
bo’linadi.