Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldindan ko’ra bilish
- Rejalashtirish
- Biznesni tadqiq etish usullari 71
Oldindan aytib berish - bu kelgusidagi muammoni hal qilishning mumkin bo’lgan
yoki istalgan istiqbolda holatini bayon qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, oldindan aytib berish - kelgusida bo’ladigan ma’lum jarayonlarning holati haqidagi ishonchli fikrni bildiradi. Oldindan ko’ra bilish - tizimni rivojlantirishning qonuniyatlariga asoslangan, haqiqatni, oldindan aks ettirishdir. Bu narsa tizimning kelgusidagi holati haqida ma’lum xulosa chiqarish imkonini beradi. Istiqbollash (bashorat) - bu ehtimol yo’nalishlar, ob’ektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu ob’ektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir. Rejalashtirish - bu aniq belgilangan maqsad, uni amalga oshirishning yo’llari va tadbirlari, belgilangan xom ashyolar bilan ajralib turadi. Reja - yakka yagona, ijrosi majbur bo’lgan direktiv hujjatdir. Biznesni tadqiq etish usullari 71 SHunday qilib rejalashtirish, prognozlash, oldindan aytib berish, oldindan ko’ra bilish - kelajakni baholashning ishonchlilik darajasiga qarab biri biridan farq qiladi. 2.4.-rasm. Ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarining chizmasi 33 Avvalo iqtisodiy tizimni rivojlanishini maqsadi aniqlanadi. Quyidagi maqsadga kelajakda bo’lishi mumkin holatlari o’rganilib prognoz qilinadi. Eng samarali tanlangan rivojlanish variantlari, kompleks dasturlarni tuzilishiga informatsion baza sifatida qo’llanib, prognoz qilingan holatga tizim erishish uchun, qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerakligini dastur ko’rinishida to’zib olinadi. Istiqbollash jarayoni ob’ektni tahlilidan boshlanadi. Bu tahlil ob’ektni tanlash, prognozlash maqsadida, ob’ektga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, uning tarkibi, boshqarish usullarni o’rganishdan iborat. Iqtisodiy tizim juda katta va murakkab bo’lgani uchun uni o’rganishda tizimli tahlil usuli qo’llanadi. Bu usulni asosiy tamoyillari quyidagicha: 1. Murakkab tizim juda ko’p elementlardan iborat. Bu elementlar bir-biri bilan bog’langan bo’lib, murakkab strukturani tashkil etadi. 2. Murakkab tizim yaxlitlik xususiyatiga ega. Bunday tizimlar har doim maqsadga intilgan bo’ladi, samarali holatga erishishga harakat qiladi. 3. Tizim kirish va chiqish yo’llari orqali tashqi muhit bilan bog’langan. X t Y t Faraz qilaylik tizim holatini aniqlaydigan 3 vektor ma’lum bo’lsin. X t = (X 1 , X 2 ,...,X m ) t S t = (S 1 , S 2 ,…, S k ) t Y t = (Y 1 , Y 2 ,...,Y n ) t 33 Xotamov I., Sa’dullaev X. Marketing faoliyatini tahlil qilish va istiqbollash. Darslik. 2012y., 32-bet. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling