Biznesni tadqiq etish usullari
67
Iste’molchilar va marketing tadqiqotlari
1.1.-rasm. Marketing o’lchami: korxonaning markazida marketing
30
Prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognozlash deyiladi.
Prognozlashning asosiy yo’nalishlaridan biri iqtisodiy prognozlash hisoblanadi.
“Biznesni tadqiq etish usullari” - bu, ilmiy - iqtisodiy fan bo’lib, uning ob’ekti
iste’molchilar, ishlab chiqarish jarayoni, predmeti esa ishlash mumkin bo’lgan
iqtisodiy
ob’ektlarning qonuniyligi va iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish yo’lidagi izlanishlardir.
“Biznesni tadqiq etish usullari” jamiyat rivojlanishi qonuniyligi sohasidagi iqtisodiy
fan yutuqlariga va bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va fan - texnika
taraqqiyoti tendentsiyalarining aniqligiga asoslanadi.
“Biznesni tadqiq etish usullari”
ning rivojlanishida, ishlab chiqilayotgan
prognozlarning ishchanligini oshirishda har xil ob’ektlarning
prognozlarini tuzish qonun-
qoidalarini o’rganadigan fan- “Ekonometrika”, uning bir qismini tashkil etadigan «Iqtisodiy
prognostika» fani katta rol o’ynaydi. SHundan kelib chiqib,
iqtisodiy prognozlarga
quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Iqtisodiy prognozlash – bu, iqtisodiy jarayonlarni bilishning ilmiy usullari hamda
prognozlashning barcha usul va yo’llari yig’indisini qo’llash orqali
iqtisodiy prognozlarni
ishlab chiqishidir.
Iqtisodiy prognozlashning nazariy muhim muammolaridan biri prognozlar turlarining
tuzilishi hisoblanadi. Turlar - har xil mezonlar va belgilariga asoslanib qurilishi mumkin.
30
Paul W. Farris, Neil T. Bendle, Phillip E. Pfeifer, David J. Reibstein. Marketing Metrics.Second edition.2010 by
Pearson Education, Inc.p. 5.