Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich.
- To’rtinchi bosqich.
- Beshinchi bosqich
- 2.5. Kompleks tahlil o’tkazish uslubiyati
Biznesni tadqiq etish usullari
73 Birinchi bosqich. Tadqiqotning bu bosqichida ob’ekt ma’lum bir tizim,deb qaraladi va buning uchun dastavval tizimni elementlari sifatida qaraladigan alohida qismlari ajratib olinadi. SHuningdek, tizimni rivojlanish maqsadi, hal qiladigan vazifalari, boshqa tizimlar bilan aloqalari,alohida elementlari orasidagi o’zaro bog’lanishlari,har bir elementni va butun tizimni ishlashi belgilab olinadi, Ikkinchi bosqich. Bu bosqichning asosiy maqsadi tizimning barcha elementlariga, ularning o’zaro (tashki va ichki) bog’lanishlariga,uning mavjudligi sharoitlariga tula va sifatli tavsif beradigan ko’rsatkichlarni tanlashdir. Uchinchi bosqich. O’rganilayotgan tizimning umumiy chizmasini ishlab chiqish bu bosqichni asosiy maqsadini tashkil qiladi. Grafik ko’rinishda bu alohida -alohida tuzilgan bloklardan tashkil topgan bo’lib,bunda har bir elementga alohida blok mos keladi. Alohida bloklar ular orasidagi bog’lanishlar mavjudligini va yunalishini tavsiflovchi strelkachalar bilan bog’lanadi. To’rtinchi bosqich. Bu bosqich tizimning umumiy ko’rinishdagi Iqtisodiy matematik modelini tuzishga bagishlanadi.Bunda sifat tahlili yo’li bilan tizimning bircha tenglama va tengsizliklarining matematik shakildagi ifodasi aniqlanadi. Beshinchi bosqich. Bu bosqichda "model bilan ishlash" amalga oshiriladi. Model bilan ishlashni SHEHM yordamida dilog rejimida o’tkazish tavsiya kilinadi. Model bilan ishlashda, bizning fikrimizcha imitatsion modellardan foydalanish maqsadga muvofikdir. 2.5. Kompleks tahlil o’tkazish uslubiyati Biznesda iqtisodiy tahlil metodidan foydalanish analitik tadqiqotlarning bir qator aniq uslubiyatlari orqali yuzaga chiqadi. Bu xo’jalik faoliyatini alohida tomonlarini tadqiq qilish uslubiyati ham bo’lishi mumkin, yoki kompleks tadqiq qilish usuli ham bo’lishi mumkin. SHuni takidlash lozimki, tahlilning har bir turiga o’zining uslubi tugri keladi. Umuman uslub deganda u yoki bu ishni bajarishning usullari, eng maqsadga muvofik koidalari majmuasi tushiniladi. Iqtisodiy tahlilda uslub deganda, tahlil maqsadiga erishish uchun ma’lum ko’rinishda buysundirilgan, korxona iqtisodiyotini tadqiq qilishning analitik usullari va tartiblari tushiniladi. Iqtisodiy tahlil uslubini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va xususiy uslablarga.Umumiy uslub - bu milliy iqtisodning turli tarmoklarining turli ob’ektlarini o’rganishda bir xilda foydalanadigan tadqiqot tizimidir. Xususiy uslub - umumiy uslubni iqtisodiyotning ma’lum tarmog’i, ishlab chiqarishning ma’lum turi yoki ma’lum tadqiqot ob’ektiga karab aniqlashtiriladi. Kompleks marketing tahlili (KMT)ning o’tkazish, albatta uning tartibini aniqlab olishni taqazo qiladi. KMTni bajarishda qo’yidagi bosqichlar ajratilib ko’rsatiladi: Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling