Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Структурали моделлар
- Динамик
- Fizik modellar
- Belgili modellar h
Biznesni tadqiq etish usullari
81 Иқтисодий-математик моделлар ўз ўрнида функционал ва структурали бўлиши мумкин. Функционал моделлар кириш ва чиқиш параметрларини боғланиш функцияларини акс эттирадилар. Структурали моделлар мураккаброқ бўлиб, тизимни ички структурасини ифодалаб, ички алоқаларни акс эттиради. Моделлар Чизиқли моделларда мақсад мезони чизиқли функция кўринишда бўлади, унинг экстремал қийматлари орасидаги муносабат чизиқли тенгламалар ва тенгсизликлар орқали ифодаланади Динамик моделларда эса иқтисодий кўрсаткичлар нинг вақт давомида қандай ўзгариши кузатилади ва уларга қайси омиллар таъсир этиши ўрганилади. Статик моделларда иқтисодий жараёнлар ва кўрсаткичларнинг маълум бир вақтдаги ҳолати ўрганилади. Fizik modellar real ob’ektni fizik tabiatini aks ettiradilar va asosan fizik xossalarini ifodalaydilar. Ular ko’proq texnika fanlarida qo’llaniladi. Iqtisodiyotda fizik modellar asosan iqtisodiy tajriba sifatida qo’llaniladi. Masalan, bitta korxonada o’tkazilgan tajriba natijalari butun tarmoqka ko’chiriladi. Lekin, fizik modellashtirishni imkoniyatlari chegaralangan, chunki tizimni bitta elementiga mos kelgan natija butun tizimga mos kelavermaydi. Belgili modellar har xil tillarda ifodalanishi mumkin: so’zlashuv tilida, algoritmik, grafik, matematik tilda. Iqtisodiyotda eng keng qo’llaniladigan modellardan biri - bu iqtisodiy-matematik modellardir. Matematik modellashtirish - iqtisodiy jarayonlarni tenglamalar, tengsizliklar, funktsional, logik sxemalar orqali ifodalash deb tushuniladi. Matematik modellashtirish keng ma’noda o’z tabiatiga ko’ra turli, lekin o’xshash matematik bog’lanishlar bilan tasvirlanuvchi jarayonlarni o’rganuvchi tekshirish va izlanishlar usulidir. Zamonaviy ilmiy-texnik revolyutsiyasi sharoitida matematik modellashtirish va uning muhim iqtisodiy usullari rejalashtirish va boshqaruv tajribasida eng asosiy o’rinni egallaydi. O’z rivojining yangi bosqichida matematik modellashtirish bilan uzviy bog’langandir. Ob’ektning matematik modeli aniq matematik masala («model- masala») kabi kamida 2 guruh elementlarini o’z ichiga oladi: 1) aniqlash kerak bo’lgan ob’ekt xarakteristikasi (noma’lum kattaliklar) - y = (y i ) vektor komponentlari; 2) modellashtirilayotgan ob’ektga nisbatan hisoblanadigan tashqi o’zgaradigan shartlar xarakteristikasi - x = (x i ) vektor komponentlari. “Model-masala” ob’ekt ichki parametrlari yig’indisiA ni ham o’z ichiga oladi. X vaA bilan belgilanuvchi shart va parametrlar ekzogen (ya’ni, modeldan tashqarida aniqlanuvchi) Y vektorni tashkil etuvchi kattaliklar esa endogen (ya’ni, model yordamida aniqlanuvchi) deb qaraladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling