Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish


Sizning eng asosiy o’rganishingiz lozim bo’lgan manbangiz – bu omadsiz


Download 6.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/178
Sana04.11.2023
Hajmi6.63 Mb.
#1747565
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   178
Bog'liq
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК

Sizning eng asosiy o’rganishingiz lozim bo’lgan manbangiz – bu omadsiz 
mijozlaringizdir. 
Bill Geyts. 
 
4-MAVZU. BIZNESDA RAQOBAT USTUNLIGINI TA’MINLASH 
KONTSEPTSIYaSI 


Biznesni tadqiq etish usullari 
88 
4.1. Biznesda raqobat ustunligi, raqobat ustunligiga erishish yo’llari. 
4.2. Biznes yuritish muhiti va biznes muhiti ko’rsatkichlari. 
4.3. Raqobat ustunliklari kontseptsiyasi. 
4.4. Raqobat strategiyasining asosiy variantlari 
4.5. Differentsiatsiya strategiyasining maqsadi. 
4.1. Biznesda raqobat ustunligi, raqobat ustunligiga erishish yo’llari 
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi turli shakllarda va darajalarda namoyon bo’ladi. 
Bular:
- mamlakat korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi;
- mamlakat korxonalarining (firmalarining) raqobatbardoshligi; 
- mamlakt iqtisodiyoti tarmoqlarining raqobatbardoshligi;
-milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi;
- mamlakatning raqobatbardoshligi. 
Ayrim mutaxassislar raqobatbardoshlikning keltirilgan oxirgi ikki shaklini 
birlashtirib ta’riflaydilar, hamda bu tasnifga xodimlarning raqobatbardoshligini ham 
qo’shadilar. 
Mahsulotning raqobatbardoshligi uning sifati va narxiga ko’ra shu turdagi boshqa 
ishlab chiqaruvchilarning mahsulotidan ustunligi bilan belgilanadi. 
Firmalarning raqobatbardoshligi esa turdosh, raqobatlashuvchi korxonalarga 
nisbatan bir xil yoki o’rnini bosuvchi mahsulotlarni iste’mol xarakteristikalari bo’yicha 
sifatli va pastroq narxlarda ishlab chiqarish hamda yetkazib berish imkoniyati bilan 
belgilanadi. 
Firmalarning raqobat ustunliklarini bir qator omillar belgilab beradi. Bularni ikki 
guruhga ajratish mumkin: 
1) milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi; 
2) makroiqtisodiy biznes muhitning sifati
38

SHveytsariyaning Davos shahrida har yili bo’lib o’tadigan Jahon iqtisodiy 
forumining ishtirokchilari ma’ruzalarida firmalar darajasidagi raqobatbardoshlik to’rtta 
asosiy omil bilan bog’lanadi: 
-resurslar (mamlaktda korxona mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi uchun 
resurslarning mavjudligi,hajmi va sifati); 
-tashqi raqobat; 
-talab; 
-tarmoqlararo aloqalar. 
Xuddi shunday ta’rifni kengaytirilgan holda tarmoqlarning raqobatbardoshligiga ham 
bersa bo’ladi. 
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi – halol raqobat sharoitida jahon bozori 
talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o’sish va turmush sifatini oshirishni ta’minlaydigan 
tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, hamda o’rta va uzoq muddatga iqtisodiy 
o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyatidir. 
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi masalasi doimo iqtisodchi olimlarning 
diqqat markazida bo’lib kelgan. Ushbu masaladagi zamonaviy nazariyalarning ko’piga asos 
bo’lgan fikrlar M.Porterning izlanishlarida yoritilgan. 
38
O’zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muammolari:nazariya va amaliyot/ mualliflar jamoasi: 
R.O.Alimov, A.F.Rasulev, A.M. Qodirov va boshq. –T.:Konsauditinform-Nashr. 2006,14-b. 



Download 6.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling