Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Biznes yuritish muhiti va biznes muhiti ko’rsatkichlari
Biznesni tadqiq etish usullari
92 Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir” - deb yozadilar 40 . Bu muxim amaliy axamiyatga ega bo’lgan jihatlarni yoritib berish mazkur bobning asosiy vazifasi xisoblanadi. Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muxim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish, unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat, tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadilar. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat oxir- oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir. Resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat, o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yukori baholarda sotish uchun boradi. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlarini rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorkin namoyon bo’ladi. Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga xarakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga kuproq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. SHunday qilib raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. 4.2. Biznes yuritish muhiti va biznes muhiti ko’rsatkichlari O’zbekiston Jahon banki Guruhining tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo’yicha “Biznes yuritish-2018” («Doing Business» 2018) reytingida uchinchi bor dunyoning yetakchi O’nta davlati qatoridan O’rin oldi. Joriy yilgi mavzusi “Ish o’rinlarini yaratish uchun islohotlar qilish” bO’lgan yangi hisobotda O’zbekiston O’tgan yilgi 87-O’rindan 13 pog’ona yuqorilab, 74-O’rinni band etdi. Reyting tuzuvchilari mamlakat reytingini yaxshilashga xizmat qiluvchi biznes sohasidagi beshta islohotni qayd etadi. Biznesni ro’yxatga olish, qurilish uchun ruxsatnoma olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqqa tortish va elektr ta’minoti tizimiga ulanish sohalaridagi O’zgarishlarni baholaydi. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatga olish uchun yangi platforma ishga tushirilishi tufayli biznesni boshlash osonlashdi, bunda jarayonlar 4 tadan 3 taga kamaytirildi. Mazkur kO’rsatkich bo’yicha O’zbekiston global reytingda 11-O’rinni egallaydi. 15 yil muqaddam yangi biznesni ro’yxatga olish 10 ta jarayon, 28 kun va aholi jon boshiga daromadning 14 foizini (u 2220 AQSH dollariga baholanadi) talab qilgan bO’lsa, ayni paytda bu kO’rsatkich 3 ta jarayon, 5 kun va aholi jon boshiga daromadning 3 foizini tashkil etmoqda. Ayni paytda O’zbekiston reytingda xalqaro savdo indikatori va qurilishga ruxsat olish mezonlarida ortda qolmoqda. Joriy yildagi ruxsat olishni yengillashtirishga yO’naltirilgan islohotlarga qaramasdan, bu jarayon hamon 17 ta jarayon va 246 kunni talab qilmoqda. 40 Karimov I.A. Bank tizimi pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida. – T.: «O’zbekiston» 2005 yil. 211 – bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling