Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 91
Ўзаро боғлиқ ва
тўлдирувчи тармоқлар Фирмалар стратегияси, таркиби ва рақобатчилик муҳити Омиллар билан таъминланган- лик Талаб параметрлари Biznesni tadqiq etish usullari 91 Demak, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasi uning tabiiy resurs salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati (malaka darajasi), ishlab chiqarishning texnik-texnologik modernizatsiyalashganlik darajasi, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining takomillashganligi va diversifikatsiyalashganligi, biznes yuritish uchun yaratilganshart- sharoitlarning qulayligi, mamlakat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo’lgan talab hajmi, davlatning iqtisodiy rivojlanish hamda islohotlar strategiyasi qay darajada ilmiy asoslanganligi va o’zgarishlar jarayonlarini hisobga olganligi hamda boshqa bir qancha omillarga bog’liq deb xulosa qilish mumkin. Bugungi kunda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi tushunchasi bilan bir qatorda mamlakatning raqobatbardoshligi atamasi ham qo’llanilmoqda. IMD (Lozannadagi Menejmentni rivojlantish instituti) tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra mamlakatning raqobatbardoshliligi- millatning raqobatbardosh biznes yuzaga keladigan muhitni yaratish va ta’minlab turishiga qodirligidir. Menejmentni rivojlantirish instituti bergan ushbu ta’rif keng qamrovli bo’lib, unda dalatning raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi roli kattaligi va faol bo’lishi zarurligi o’z aksini topgan. CHunki siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, faol monetar va fiskal siyosat olib borish, iqtisodiyot va moliya sohasini tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uni modernizatsiyalash, infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh qilish raqobatbardosh biznes yuzaga kelishining hal qiluvchi omillaridir. “Zamonaviy raqobat kurashida so’z, birinchi navbatda, resurslar, moddiy boyliklarga egalik to’g’risida emas, balki yangiliklarni joriy eta olish qobiliyati to’g’risida boradi”. 39 Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish, zamonaviy texnologik uskunalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning ilg’or usullarini amaliyotga kiritish, yangi bozorlarga kirib borish orqaligina global o’zgarishlar sharoitida raqobatbardoshlikni ta’minlab turish mumkin. Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish borasida qilingan ishlarni ijobiy baholagan holda bu boradagi chora-tadbirlar ko’lamini uzluksiz tarzda kengaytirish zarur ekanligini qayd etishiiz zarur. Hozirgi zamon iqtisodiyotida raqobatbardoshlik darajasini oshirish masalasiga innovatsion yondoshish talab etiladi. Innovatsion texnologiyalarni, zamonaviy ilmiy yutuqlarni sanoat tarmoqlariga jadal joriy qilish orqali jahon xo’jaligi tizimida milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuvini kengaytirish va sanoat ishlab chiqarishi tarkibini diversifikatsiya qilish imkonini beradigan yangi raqobat ustunliklarini yaratish zarur. Sifati va narxi bo’yicha jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish va yangi mahsulotlar turlarini o’zlashtirishga katta miqdordagi investitsiyalarni jalb etish hamda o’zlashtirish orqaligina erishiladi. Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish hususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo’lishini taqozo qiladi. SHu bilan birga bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko’rsatib, “Raqobat bo’lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. 39 O’zbekiston:jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, innovatsion taraqqiyot va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish /O’zR FAIqtisodiyot instituti; A.F.Rasulevning tahriri ostida, - T.:KONSAUDITINFORM-NASHR, 2011. 6-b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling