Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Raqobat ustunliklari kontseptsiyasi
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 97
4.3. Raqobat ustunliklari kontseptsiyasi
Boshqaruv hisobining uslublariga raqobat razvedkasi va marketing tadqiqotlarining uslublari ham kiritilishi kerak. Ularga tayanib, odatiy boshqaruv hisobidan “21 asr hisobi”, ya’ni hozirgi zamon boshqaruv hisobiga o’tish imkoniyati yaratiladi. Raqobat kuchayib, “megakonkurentsiya” darajasiga yetgan hozirgi sharoitda korxonalarda hisob-analitik ishlarini avvalgidek tarqoq holda tashkil etish kerak emas. Bunday sharoitda turli tarqoq ma’lumotlarni umumlashtirishga ehtiyoj ortib bormoqda. Bu Biznesni tadqiq etish usullari 97 ehtiyoj qondirilmas ekan, korxona menejmenti va mulk egalariga mas’uliyatli boshqaruv qarorlari qabul qilish sohasida to’g’ri yo’l ko’rsatish o’rniga ular teskari yo’l ko’rsatadigan hisob-analitik ma’lumotlari berila boshlanadi. Masalan, eskirgan mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni samarali kamaytirish haqidagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari samarali baho raqobatining imkoniyati haqida ma’lum bir ijobiy tasavvurni tug’dirishi mumkin bo’lsa, shu mahsulotga talabning pasayish tendentsiyasi haqidagi marketing tadqiqotlarining ma’lumotlari esa baho raqobatining samaradorligini kuchli shubha ostiga qo’yadi. Bundan tashqari, raqobatchilar razvedkasini asosiy raqiblarning mo’ljali haqidagi ma’lumotlari yaqin kunlarda ular tomonidan bozorga yangi mahsulot chiqarilishi va natijada korxonaning eskirgan mahsuloti bozordan siqib chiqarishi mumkinligini anglatadi. Hozirgi kunda qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish uchun boshqaruv hisobining amaliyotdagi faoliyat doirasini kengaytirish maqsadga muvofiq. Mazkur kengaytirish boshqaruv hisobining tarkibiga hozirgi kun uchun o’ta muhim bo’lgan tashqi ma’lumot manbalarini qo’shish hisobiga bo’lishi kerak. Bu ma’lumotlar manbasiga, avvalo, marketing tadqiqotlari va raqqobat razvedkasi ma’lumotlarini qo’shish mumkin. Bunda marketing tadqiqotlari va raqobat razvedkasi ma’lumotlari hisob ma’lumotlariga qo’yiladigan talablarga javob bermasligining unchalik ahamiyati yo’q. Undan tashqari, boshqaruv hisobiga qo’yiladigan o’ziga xos talablarga zamonaviy boshqaruv hisobiga hamda u bilan chambarchas bog’liq boshqaruv tahlili ma’lumotlari doirasiga firmani qurshab turgan yaqin va uzoqda raqobatchilar xaqidagi ma’lumotlarni kiritish kerak. Bunga birinchi navbatda boshqaruv sohasini axborot ta’minotida raqobat razvedkasi va marketing tadqiqotlari ma’lumotlaridan kompleks foydalanish orqali erishish mumkin. Hozirgi kunda raqobat razvedkasi va tahlilining bosh maqsadi raqobat kurashida korxonani o’ziga xos raqobatni yutib chiqishda kerak bo’ladigan yutuqlarini o’z vaqtida aniqlash va ulardan tez hamda samarali foydalanish hisoblanadi. Korxonani boshqaruv, ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha xatti-xarakati uning asosiy raqobatchilaridan butunlay farq qiladigan xususiyatlari (ishlab chiqaradigan mahsuloti, ko’rsatadigan xizmati)ga qaratilishi kerak. Raqobat tahlilining o’ta muhimlari quyidagilardan iboratdir: - raqobatchilarni bo’lajak strategiyasi va rejalarini aniqlash; - korxonani strategik tashabbuslariga raqobatchilar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan javob harakatlarini oldindan aniqlash; - raqobatchilarning strategiyasini ularning haqiqiy imkoniyatiga qanchalik mos kelishini aniqlash; - raqobatchilarning zaif tomonlarini aniqlash va ulardan firma tomonidan foydalanish imkoniyatini baholash. Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling