Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
-MAVZU. BIZNES JARAYoNINI TAHLIL QILISHDA AXBOROT
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznesni tadqiq etish usullari 107 5.1. Biznesni boshqarishda axborot texnologiyalarning roli
5-MAVZU. BIZNES JARAYoNINI TAHLIL QILISHDA AXBOROT
TIZIMLARI 5.1. Biznesni boshqarishda axborot texnologiyalarning roli. 5.2. Axborot tizimlarini tashkil qilish va boshqarish. 5.3. Biznesda axborotlarning turkumlanishi, ularni yig’ish, qayta ishlash, uzatish va qarorlar qabul qilish uchun tayyorlash bosqichlari. 5.4. Yangi bozorlar, bozor segmentlari to’g’risida axborotlar yig’ish, axborotlar banki va undan foydalanish. 5.5. Korparativ informatsion tizimlar bozoridagi yangi tendentsiyalar. 5.6. Global axborot tizimlari. Biznesni tadqiq etish usullari 107 5.1. Biznesni boshqarishda axborot texnologiyalarning roli Biznesda axborot bu - o’z mohiyatiga ko’ra turli xil bozor ko’rsatkichlarining aks ettirilishi bo’lib, u ilmiy-axborot va tijorat faoliyatining natijasi hisoblanadi. Axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash, tarqatish va undan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish bugungi raqobat sharoitida mashinasozlik sanoati eksport salohiyatini yuksaltirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Marketing axboroti qiymat xususiyatiga ega, chunki uni yaratish uchun ma’lum bir mehnat sarflanadi. Axborotning qiymati to’g’ri qaror qabul qilish ehtimolining o’sishida namoyon bo’ladi. Axborotdan foydalanishning iqtisodiy samarasi uni olish uchun sarflangan xarajatlardan katta bo’lishi lozim. Bu umumiy mezon axborot olish va qayta ishlashning maqsadga muvofiqligini belgilab beradi. Marketing tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda mashinasozlik mahsulotlari bozorida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning aksariyati MAT ga ega emas yoki uni yaratish haqidagi qarorni faqat modaga amal qilib, ko’pchilikka ergashgan holda qabul qiladi. Bu korxonalar rahbariyati ushbu tizim korxonaga keltirishi mumkin bo’lgan iqtisodiy foyda haqida o’ziga hisobot berib o’tirmaydi. SHuning uchun MAT samaradorligining mashinasozlik mahsulotlariga moslashtirilgan usulini baholash, bizningcha, eng dolzarb hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, korxonada MAT joriy qilishdan iqtisodiy samara uchta tarkibiy qismdan iborat: tashkiliy (E t ) – tanlab olish va ishlab chiqish bosqichlari uchun, ekspluatatsion (E e ) –joriy qilish va ekspluatatsiya bosqichlari uchun va marketing (E m ) — kelgusida marketing qarorlarini ishlab chiqishda MATdan foydalanish bosqichlari uchun. Korxonada marketingni boshqarish nuqtai nazaridan marketing tarkibiy qismini baholash eng katta qiziqish uyg’otadi. Korxonada MAT joriy qilishdan iqtisodiy samarani baholashning uslubiy asosi yuqorida sanab o’tilgan tarkibiy qismlarni atroflicha tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi asosida shakllanadi. Korxonada MAT joriy qilishdan iqtisodiy samarasi quyidagi formula asosida hisoblanadi: E = E t + E e + E m - (Z L + Z o + Z ad + Z n ), bunda E t – MAT joriy qilishdan iqtisodiy samaraning tashkiliy tarkibiy qismi; E e -MAT joriy qilishdan iqtisodiy samaraning ekspluatatsion tarkibiy qismi; E m — MAT joriy qilishdan iqtisodiy samaraning marketing tarkibiy qismi; Z L – MAT joriy qilish bahosi; Z o –korxona xodimlarini MAT ekspluatatsiyasiga o’qitish xarajatlari; Z ad - tizimni moslashtirish va MAT oxirigacha ishlash imkoniyati; Z n – MAT dasturiy ta’minoti versiyalarini yangilash xarajatlari. Tashkiliy tarkibiy qismni hisoblashda MAT joriy qilishdan iqtisodiy samarani aniqlash uchun muhim bo’lgan quyidagi omillar ajratiladi: 1. Elektron hujjat aylanmasiga o’tish. 2. Ishlab chiqarish funktsiyalarini tugatish va qayta taqsimlash. 3. Korxona mutaxassislarining tizimni ishlab chiqish, moslashtirish va joriy qilishda ishtirok etishi. Ekspluatatsion tarkibiy qismni hisoblashda MAT joriy qilishdan iqtisodiy samarani aniqlashda quyidagi omillar ajratiladi: 1. MATning tarmoq xususiyatlariga mosligi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling