Biznesni tadqiq etish usullari
15
O’QUV KURSINING PROSPEKTI
(2021/2022 o’quv yili)
O’quv kursining to’liq
nomi:
Biznesni tadqiq etish usullari
Mutaxassislik nomi va
shifri
5A230102
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
O’quv kursining statusi
Tanlov o’quv kursi
Dastlabki tayyorgarlik:
Kurs
“Makroiqtisodiyot”,
“Mikroiqtisodiyot”,
“Ekonometrika”, “Statistika”, “Innovatsion iqtisodiyot”
fanlaridan o’zlashtirilgan bilimlarga asoslanadi.
Kursning predmeti va mazmuni: – talabalarga biznes faoliyatini tahlil qilishning
murakkab bo’lgan usullari orqali
turli raqobat jarayonlari, kon’yunkturaviy o’zgarishlarni
yoritib berish, shu bilan bir qatorda iste’molchi xulq-atvorini modellashtirish, tovarning sifati
uning raqobatdoshligini ta’minlash, firmaning bozordagi strategiyalarini to’g’ri tanlashning
nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishga yo’naltirilgan.
Kursni o’qitishning maqsadi va vazifalari: Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga
biznes faoliyatini tahlil qilishning murakkab bo’lgan usullari orqali turli raqobat jarayonlarini,
kon’yunkturaviy o’zgarishlarni
yoritib berish, shu bilan bir qatorda biznes muhitini tashkil
etish, iste’molchi xulq-atvorini modellashtirish,
tovarning sifati, uning raqobatdoshligini
ta’minlash, firmaning bozordagi strategiyalarini to’g’ri tanlash bo’yicha yo’nalish profiliga
mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sog’lom
raqobatni
ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlarini, bozor kon’yunkturasini tahlil qilish yo’llari va
usullarini, turli iqtisodiy matematik modellar yordamida tahlil qilish va prognozlashni amalga
oshirish yo’llarini, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bozorida vujudga kelishi mumkin
bo’lgan turli vaziyatlarni mantiqiy evristik va iqtisodiy matematik modellar orqali tahlil qilish
amalga oshirish, firmaning bozor strategiyasini tanlash bo’yicha turli holatlarni tahlil qilish va
qarorlar qabul qilishni o’rgatishdan iboratdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yidagi talablar qo’yiladi.
Talaba:
- biznes jarayonining tahlili
nazariy va uslubiy asoslarini; biznesni tadqiq etish
modellarini; biznes jarayonining empirik tahlili usullarini;
xalqaro va ichki bozorni
segmentlash, baholarni shakllanishi va iste’molchilarga servis xizmat ko’rsatish
strategiyalarini; biznes jarayonini prognozlash; tovar va xizmatlar sotilishini kengaytirish
imkoniyatlari va uni raqobatga bardosh bera olish usul va yo’llarini
bilishi va ulardan
Do'stlaringiz bilan baham: