Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Biznesda axborotlarning turkumlanishi, ularni yig’ish, qayta ishlash
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqariladigan ko’rsatkich
- Boshqaruvchi ko’rsatkich
- Biznesni tadqiq etish usullari 113
- Sohani chegaralash qoidasi
5.3. Biznesda axborotlarning turkumlanishi, ularni yig’ish, qayta ishlash, uzatish va qarorlar qabul qilish uchun tayyorlash bosqichlari Prognozlashda ishlatiladigan axborotni funktsional belgi, ya’ni prognozlash maqsadida u yoki bu ko’rsatkich nima sifatida foydalanishiga qarab tasniflash mumkin. Bu holda axborot boshqarilmaydigan, boshqariladigan va boshqariluvchi bo’lishi mumkin. Boshqarilmaydigan axborot - bu, tabiiyki, ham butun iqtisodiyot uchun, ham alohida modellar uchun to’g’ri bo’lgan ekzogen axborotdir. Ekzogen axborot esa boshqariladigan va boshqaradigan bo’lishi mumkin. Boshqariladigan ko’rsatkich – bu, uni belgilovchi omillarning o’zgarishiga qarab kelajakda (prognozda) o’zgarishi mumkin bo’lgan ko’rsatkichdir. Masalan, agar aholining uzoq muddatli iste’mol tovarlariga talabi aholi daromadlari va soliqqa tortish darajasining funktsiyasi sifatida modellashtirilsa, prognozlashtirilayotgan ehtiyoj boshqariladigan ko’rsatkichdir. Bunda talab modelidagi omillar ham boshqariladigan, ham boshqaruvchi bo’lishi mumkin. Agar «aholi daromadi» ko’rsatkichi ushbu model doirasida boshqa omillarning funktsiyasi sifatida aniqlansa, u - boshqariladigan axborot, hukumat uchun federal soliqlar darajasi esa boshqaruvchidir. Boshqaruvchi ko’rsatkich – bu, davlat siyosatining, milliy iqtisodiyot va uning ob’ektini davlat tomonidan tartibga solish vositasi bo’ladigan har qanday ko’rsatkichdir. Prognozlashning instrumental o’zgaruvchilari deb milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladigan boshqaruvchi ko’rsatkichlarga aytiladi. Prognozlashning instrumental taxminiy ro’yxati quyidagilarni o’z ichiga oladi: - ekologik andazalar tizimi; Biznesni tadqiq etish usullari 113 - bilvosita soliqlar; - bevosita soliqlar; - amortizatsiya ajratmalari; - korxonalarning byudjetdan tashqari fondlarga transfert to’lovlari; - minimal ish haqi; - nafaqaning minimal miqdori; - ishsizlik bo’yicha nafaqaning minimal miqdori; - davlat byudjetining umumiy xarajatlari; - davlat byudjetining umumiy tarkibi; - pul-kredit siyosatining instrumentlari: hisob stavkasi, minimal zahiralar me’yori; - davlat korxonalari va tabiiy monopoliyalar mahsulotining narxi; - bojxona bojlarining umumiy darajasi; - bojxona bojlarining tarkibi; - soliqlar bo’yicha imtiyozlar; - kreditlar bo’yicha imtiyozlar. Aniqlik va ishonchlilikda yo’qotishlarni kamaytirish uchun 2 ta qoidadan foydalaniladi: 1.Sohani chegaralash qoidasi - bir-biriga u yoki bu darajada parallel ravishda o’zgaradigan o’zgaruvchilarni agregatlash mumkin. 2.Ekvivalent natijalar qoidasi - natija ko’rsatkichlariga tahlil yoki prognozning ta’siri bir xil bo’lgan o’zgaruvchilarni agregatlash mumkin. Sohani chegaralashga misol: jahon bozorida qandaydir tovarga bo’lgan narx har doim bir xil nisbatlarda o’zgaradi. Ekvivalent natijalarga misol: qurilish yoki import litsenziyalarni berish. Agar davlat tomondan beriladigan litsenziyalarning umumiy summasi belgilangan bo’lsa, ularni olishning yo’llari ko’p. Agarda litsenziyalanadigan qo’rinishning barcha turlari bir xil makroiqtisodiy natija bersa, ya’ni ularning YaMM, bandlik va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sir darajasi bir xil bo’lsa, bir ko’rsatkich - umumiy summa bilan foydalanish mumkin Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling